132 ekskavatorlar bilan grunt qazish texnologiyalari abdualiyev Elyor Begali o‘g‘li Mustafoyev Eldor Ilhom o‘g‘li Ozodjonov Javohir Tursunnazar
Download 93.89 Kb. Pdf ko'rish
|
Abdualiyev Elyor Begali o‘g‘li
K
n - cho‟michini to‟lish koeffitsiyenti (0,9-1.2); K n = q'/q q'- cho‟michdagi yumshatilgan gruntning hajmi; K d - ekskavatordan vaqt bo‟yicha foydalanish koeffitsiyenti (0,65 + 0,8); K yu -gruntni yumshatish koeffitsiyenti (1,1-1,4); p -bir soatlik ishdagi sikllar soni; T ts - bitta siklni davomiyligi, s; p = 3600 / T i T ts = t K + t bb + t b + t 3 6 bu yerda: t K -qazish: t bb - bo‟shatishiga burish: t b - bo‟shatish: t 3.b -qazishga qaytish vaqtlarining davomiyligi, s: To„g„ri kurakli ekskavatorning zaboyda joylashuvi va asosiy texnologik o„lchamlari 3.7-rasmda keltirilgan. Rasmda ko„ringanidek, grunt qazishda cho„mich o„zgaruvchan kesimdagi qatlamni kesib yuqoriga harakatlanadi. 137 Ekskavator dastagi gorizontal holatni egallaganda, kesish qatlami va gruntni kesish kuchi maksimumga yetadi. Odatda ushbu holatda cho„mich to„laligicha grunt bilan to„ladi. Shu sababli uning ushbu holatdagi balandligi qazish (to„ldirish) balandligi deyiladi va Нн bilan belgilanadi. Kerak hollarda cho„mich ko„tarilishini ekskavator konstruksiyasiga muvofiq aniqlanadigan eng yuqori qazish balandligigacha Нкн davom ettirish mumkin. To„kish balandligi Н рн muhim parametr hisoblanadi. Cho„michni to„ldirishdagi zaboy balandligi gruntni qazish qiyinligiga bog„liq bo„lib, ekskavator cho‟michi hajmi 0,5-2,5 m 3 bo„lganida I, II guruhdagi gruntlarda 2- 3 m, III guruh uchun 3,5-4,5 m, IV guruh uchun 5- 6 m oralig„ida bo„ladi. Zaboy balandligi kam bo„lganida arqonli yuritmali ekskavator cho„michi bitta harakatda t o„lishiga ulgurmaydi, shu sababli ish unumdorligi kamayadi. Dastgohida cho„mich burilishi mexanizmga ega gidravlik ekskavatorlar ushbu kamchilikdan bekam- ko„st. Pioner transheyalarni qazishda ekskavtor bilan grunt massasini o„yib kesishga to„g„ri keladi, yani turish sathiga nisbatan pastroq qazishga to„g„ri keladi. Ushbu ishlarni bajarishdagi ekskavator xarakteristikasi qazish chuqurligi hk bo„ladi. Arqonli-blokli yuritmali ekskavatorlar uchun qazish chuqurligi 1,5- 2,0 m oralig„ida bo„lib ekskavator ish unumdorligi normal holatda ishlashiga nisbatan tahminan uch baravar pasayishiga olib keladi. Shu sababli transheyaning boshlang„ich uchastkasi ekskavator ishlashiga tayyorlanishi mumkin, masalan buldozer bilan. Xuddi shunday hollarda qazish chuqurligi 3,5-5, 0 metrga ega bo„lgan gidravlik ekskavatorlar ish unumdorligi kamaymaydi. Portlatish usuli bilan yumshatilgan gruntlarni ortishda zaboyning eng katta balandligi 1,5H кн teng qilib qabul qilinadi. Balandliklardan tashqari ekskavator burilish platformasi vertikal aylanish o„qidan bo„lgan radiuslar katta ahamiyatga ega. Ularga quyidagilar kiradi: qazish radiusi R кр – cho„mich kesish qirrasining eng uzoq nuqtasigacha bo„lgan masofa; bo„shatash radiusi Rрн – cho„michni bo„shatish teshigi markazigacha bo„lgan masofa. Ushbu radiuslarga ekskavator o„qi va dastgohi gorizontal holatga yaqin bo„lib maksimal surilgandagi eng katta qiymati ko„rsatiladi. Bo„shatish eng katta radiusiga mos ravishda bo„shatish balandligi Нрс to„g„ri keladi va u Нрн dan kichik bo„ladi. Qazish eng kichik radiusi R ко bo„lib, u ekskavator turish sathidagi qazish radiusidir. Ekskavator kuch qurilmalari zo„riqishini optimallashtirish nuqtai nazardan eng katta qazish radiusida ishlash foydali emas, shuning uchun qazish ishchi radiusi R р odatda R ро dan 15-20% kam bo„ladi. Qazish radiusi ushbu qiymatdan oshganda 138 ekskavator zaboy tomon L пэ masofaga siljiydi, uni cho‟mich sig„imiga q э muvofiq quyidagicha aniqlash mumkin √ Bunda qazish frontining to„la burchagi (3.5-rasm) 160 0 ni tashkil etadi va hosil bo„lgan transheya yuqori qismi quyidagicha aniqlanadi √ Ekskavatorlarning cho‟michi odatiy sig„imida o„lchami 12 dan 25 metrgacha bo„ladi va bu avtosamosvalni yuklash uchun burilishiga yetarli hisoblanadi. Burilish burchagini kamaytirish uchun zaboyning ekskavator ishlov berib turgan tomoniga avtosamosval yuklashga beriladi. Buning sababi ekskavator ishchi sikli vaqtining ⅔ qismi uning yuklash uchun burilishlariga sarflanadi. Ekskavator platformasi orqa qismi va avtosamosval orasidagi masofa yarim metrdan kam bo„lmasligi kerak. Platforma orqa qismi radiusi Rx bilan belgilanadi. Shu radius asimmetrik transheya kengligini aniqlashda qo„llaniladi. Uni ishlov berishda ekskavator Rx + 0.8 teng bo„lgan masofaga siljiydi. Bu holda qazish fronti burchagi tahminan 1000 ni, transheya kengligi esa quyidagicha aniqlanadi √ Agar avtosamosval burilishi uchun transheya kengligi yetarli bo„lmasa, unda zaboydan 100 metrdan ko„p bo„lmagan masofada ekskavator yordamida transheya devorida burilish uchun xaltasimon o„yiq kesiladi. Ekskavatorlar bilan o„ymani qazishni loyihalashtirish butun massiv bo„ylab ro„pora va yondama proxodkalarni joylashtirishdan iborat. Proxodkalar bo„ylama profildagi o„ymalarni qazish usuliga muvofiq yaruslar bo„yicha paralel yoki nurli shaklida loyihalashtiriladi. Paralel yaruslar bir xil balandlikdagi zaboylarni hosil qilish imkonini yaratadi, ammo ekskavator va avtosamosvallarning tik qiyaliklarda ishlash murakabliklari vuju dga keladi. Nurli yaruslar proxodka bo„ylama qiyaligi tobora kamayib borganligi uchun qulay hisoblanadi. Gruntlarni ikki tomonlama tashishda shu kabi proxodkalar joylashtiriladi. Yer sathi shakliga muvofiq ma‟lum bir masofada proxodka paralel, boshqa qismida nurli shaklida bo„lishi mumkin. Teskari kurak va greyfyerlar ekskavator uskunalarining turlaridan hisoblanib, ularning texnologik xossalarini yuritma tipidan ayri holda ko‟rib chiqish mumkin emas. 139 Arqon yuritmali teskari kurak – bu asosan transheya qaziydigan ekskavator bo‟lib, u ko‟p kovshli bo‟ylama qaziydigan ekskavatorlardan farqli o‟laroq nafaqat tor (kovsh kengligidagi), balki yuqori qismining o‟lchami R kn gacha bo‟lgan yetarlicha enli transheyalarni ham ishlashga qodir. Bunda grunt ekskavatorning yon tomonida joylashgan o‟zi to‟kkich avtomobillarga ortiladi. Shuningdek tuproqni otvalga ag‟darish ham mumkin. Biroq otvallar sig‟imi shartiga ko‟ra bunda transheyaning eni, odatda, 0,5 R kn dan ortmaydi. Teskari kurakli ekskavatorlardan kotlovanlarga ishlov berishda ham foydalanadilar. Bunda ishlov byerilayotgan devordagi transheya- “cho‟ntak” eni yetarlicha katta bo‟lishi mumkin, ammo strelasi eng quyi darajaga tushirilgan ekskavatorning burilishiga ishlanayotgan devor chekkasi va mashinaning yurish qismlari halaqit beradi. Natijada kotlovanlarga ishlov berishda teskari kurakning maksimal kavlash chuqurligi nisbatan tor transheyalarni qazishga nisbatan kichikroq bo‟ladi. Teskari kurak bu holda bir to‟xtash joyidan ikkinchisiga zaboydagi harakatlanishga nisbatan ko‟ndalang yo‟nalishda xuddi draglayn ko‟ndalang qaziganida siljigani kabi siljib boradi. Tuproq ekskavator bilan bir darajada ishlayotgan va orqa tarafdan keladigan (bunda katta burilish burchaklariga ega bo‟lish talab etiladi) transportga, yoki kotlovan tubi bo‟ylab harakatlanayotgan avtomobillarga ortiladi. Tuproq to‟kish paytida kovsh o‟z tutqichi bilan birga burilgani sababli, tuproq ortish radiusi va balandligi o‟zgarib, shuning uchun texnologik tavsiflar qatoriga boshlang‟ich va yakuniy radiuslar qiymati va tuproq ortish balandligi kiritiladi. Kichik va o‟rtacha gidravlik ekskavatorlar uchun teskari kurak – eng keng tarqalgan va universal uskuna turidir. Ko‟pincha uch qismdan iborat strela- tuqichning biriktirish mexanizmi cheklovsiz pasport chuqurliklariga, katta kesish kuchini qo‟llagan holda, kovshning to‟lishini, devorini mashinaning bevosita tayanch bazasiga yaqinlashtira olinadigan zaboyning tik traektoriyasini ta‟minlash imkoniyatini beradi. ba‟zi teskari kuraklar tutqichni silindrlar bilan birga rejada strelaga nisbatan o‟ng yoki chap tarafga ma‟lum burchakka burish imkonini beradi. Qazish o‟qi o‟zgartirilgan bunday ekskavatorlar o‟ta tor va noqulay sharoitda: bino devorlari, poydevorlar tagida transheya qazish imkonini beradi Download 93.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling