132 ekskavatorlar bilan grunt qazish texnologiyalari abdualiyev Elyor Begali o‘g‘li Mustafoyev Eldor Ilhom o‘g‘li Ozodjonov Javohir Tursunnazar
Download 93.89 Kb. Pdf ko'rish
|
Abdualiyev Elyor Begali o‘g‘li
cho’michi to’g’ri joylashgan - ekskavator turgan o‟rnidan yuqorida
joylashgan gruntlarni, ya‟ni kotlovandan gruntlarni qazib olish va uni transport vositasiga yuklash. 134 cho’michi teskari joylashgan - ekskavator turgan o‟rnidan pastga joylashgan gruntlarni xandaqlarda, kotlovan va rezervlardan qazib olib, uni avtotransport yoki yerga to‟kish imkoniyatiga ega. draglayn - ekskavator turgan sathdan pastda joylashgan gruntlarni, shuningdek namligi yuqori bo‟lgan gruntlarni ishlash uchun mo‟ljalangan. greyfer - quduqlar, kichik chuqur kotlavanlarni qazishda, shuningdek suv sathidan pastda joylashgan gruntlarni kavlash, shag‟al va qumni suv ostidan qazib olishda keng qo‟llaniladi. teleskopik jihozli - qiyaliklarni tekislash, kotlovan, xandaq, ariqlar ichini tozalash uchun qo‟l keladi. Bir cho‟michli ekskavatorlar mexanik va gidravlik yuritmali tarzda ishlab chiqiladi. Ch o‟michning hajmi 0,5 m 3 gacha bo‟lgan ekskavatorlar ish hajmi ozroq va tarqoq qishloq xo‟jalik, fuqaro va sanoat inshootlari qurilishida keng qo‟llaniladi. Ch o‟michning hajmi 0,65…3,2 m 3 gacha bo‟lgan ekskavatorlar, turarjoy, sanoat, suv inshootlari va boshqa qurilishlarda keng qo‟llaniladi 63 . Hozirgi kunda ko’p maqsadli gidravlik yuritmali ekskavatorlar ko‟p qo‟llanilmoqda. Chet elning eng ilg‟or ekskavator ishlab chiqaruvchi firmalari (Fransiya, AQSH, Italiya, Angliya, Yaponiya, Finlandiya) da almashuvchi jihozlar 5…10 tagacha bo‟lgan gidravlik ekskavatorlar ishlab chiqarilmoqda, ularga: cho‟michi to‟g‟ri, cho‟michi teskari, greyfer, ilgichli osilgan, yumshatgichli, girya bolg‟ali, girya burg‟uli, yumshatgichli cho‟michli, yo‟l qoplamalarini ko‟chiruvchi, paket holdagi, quvur, xo dani ko‟taruvchi va x.k. jihozlar kiradi. Quyidagi rasmda ko‟p maqsadli ishchi jihozlar almashuvchan ekskavator jihozlari keltirilgan. Ekskavatorlarning ish sxemasi ikki: transportsiz va transportli turga bo‟linadi transportsiz sxemada ekskavator ishlaganda u gruntni kavlab yerga to‟kadi. U ham o‟z navbatida ikkiga, ya‟ni grunt cho‟michdan to‟kilgandan so‟ng joyida qoladi, yoki uni yana qayta ekskavator yordamida olib boshqa joyga to‟kiladi; transportli sxemada ekskavator gruntn i kavlab olib, avtoag‟darma mashinaga yuklaydi Yer pоlоtnоsini qurishdа cho‟michining hаjmi q=0,65†1,6 m 3 va 2,5 m 3 bo‟lgаn ekskаvаtоrlаr tаvsiya etilаdi. Qоyatоshli gruntlаrdа cho‟michining hаjmi q ≥ 1 m 3 ekskаvаtоrlаrdаn fоydаlаnish lоzim. Ekskаvаtоrlаrni tаnlаshdа cho‟michining hаjmi yer ishlаri hаjmi bilаn quyidаgi jаdvаldаgi nisbiylikdа bo‟lishi tаvsiya etilаdi: 135 Hаjmi jаdvаldаgi hаjmlаrdаn kаm bo‟lgаn uchаstkаlаrdа bu ekskаvаtоrlаrdаn fоydаlаnilgаndа kоmplеktlаrni ko‟chirishdа sаrf–xаrаjаtlаrning оshib bоrishi e‟tibоrgа оlinishi zаrur. Trаktоrli frоntаl yuk ko‟tаrgichlаrni yumshоq vа аvvаl yumshаtilgаn gruntlаrdа ishlаtish tаvsiya etilаdi. Bаrхаnli qumlаrdа yer pоlоtnоsini qurishdа quyidаgilаrgа e‟tibоr bеrish zаrur: − ko‟tаrmа zахirа (rеzеrv) dаn bаrpо etilishidа vа grunt ishlоv bеrilgаn o‟ymаdаn kаvаlyеrgа tаshlаnishidа аsоsiy yer qаzish mаshinа dеb cho‟michini hаjmi q=0,8 m 3 vа q=1,2 m 3 ekskаvаtоr-drаglаynlаr tаnlаnаdi; − tаshish mаsоfаsi 150 m gаchа bo‟lgаndа grunt zахirаdаn ko‟tаrmаgа vа o‟ymаdаn ko‟tаrmаgа tаshilishidа buldоzеrlаrni ishlаtish tаvsiya etilаdi; qumlаr kuz, qish vа ertа bаhоrdа yog‟in-sоchinlаr tufаyli nаm bo‟lgаn dаvridа yer ko‟tаrmаsini qurish, аyniqsа nоtеkis bаrхаnlаrning bаlаndligi kаttа jоylаrdа vа аjrаtish punktlаridа gruntni tаshish mаsоfаsi ≤ 500 m bo‟lgаndа cho‟michi hаjmi 6-8 m 3 , gruntni tаshish mаsоfаsi ≤ 800 m cho‟michi hаjmi 10 m 3 li o‟ziyurаr skrеpеrlаr ishlаtilishi mumkin; − yuzаsi o‟simlik qаtlаmi qоplаgаn vа yarim qоplаgаn qumli jоylаrdа gruntning tаbiiy mustаhkаmligini buzilishini kаmаytirish uchun zахirаlаr chuqur vа qiyaliklаri vеrtikаl shаkldа bаjаrilаdi. Bеrmа kеngligini 1,5 bаrаvаr zахirа chuqurligigа оshirish zаrur; − zахirа (rеzеrv) chuqurligi chеgаrаlаnmаgаn jоylаrdа qo‟shimchа tаshlаnishlаrsiz cho‟michi hаjmi 0,8 m 3 bo‟lgаn drаglаyn yordаmidа gruntlаrni qаtlаmа-qаtlаm zichlаb, bаlаndligi 4 m gаchа ko‟tаrmаlаrni, cho‟michining hаjmi 1,2 m 3 bo‟lgаn drаglаyni yordаmidа esа – bаlаndligi 5 m gаchа ko‟tаrmаlаrni qurish mumkin. O‟ymаlаrni kаvаlyеrgа o‟rnаtishdа chuqurligi mоs rаvishdа 7,5 vа 9 m bo‟lishi mumkin; − nаmligi kаm gruntlаrdа, zichlаnishi mаqsаdgа muvоfiq bo‟lmаgаn hоllаrdа ko‟tаrmаlаr buldоzеr yordаmidа bаlаndligi 2,5 m gаchа bo‟lgаn, vа qo‟shimchа (tаshishlаr) tаshlаnishlаr оrqаli drаglаyn yordаmidа bаlаndligi 12 m gachа ko‟tаrmаlаr zахirаdаn bаrpо etilаdi. Yer ishlarini ishlab chiqarish usulini tanlash yer inshootlari hajmi va o„lchamlari, grunt xususiyati, yer osti suvlari mavjudligi va boshqa sharoitlarg a bog„liq. Bir cho‟michli ekskavatorlar eng universal yer qazish mashinalari bo„lib hisoblanadi. Ular gruntga ishlov berib gruntni chetga chiqarib tashlaydi, yoki transport vositasiga yuklaydi. Bir cho‟michli ekskavatorlar ishchi uskunasi turi, harakatlanuvchi moslamasi konstruksiyasi, yuritma turi, podveska va burilish qismi aylanishi bo„yicha sinflanadi. 136 To„g„ri kurakli ekskavtor turish sathidan yuqorida joylashgan gruntlarga ishlov beradi. Ishchi uskunasi mustahkam, bikir va kesish quvvati katta bo„lganligi tufayli gruntlar har xildagi turda, shu jumladan zich va qoya toshli maydalangan bo„lishi mumkin. Teskari kurakli ekskavator turish sathidan pastda joylashgan gruntlarga ishlov beradi. Y оndama teskari kurakli tor sharoitda ishlashga mo„ljallangan. Draglayn ekskavator turish sathidan pastda joylashgan gruntlarga ishlov berib chetga chiqaradi yoki transport vositasiga yuklaydi. Draglayn cho„michi egiluvchan osmasi gruntni tashlash masofasini oshirishga, suvlangan yoki suv osti gruntlarga ishlov berish ga, shuningdek rezervdan ko„tarma qurishga va o„ymadagi qazilgan gruntni kavalerga tashlashga imkon yaratadi. Greyferlar sochiluvchan gruntlar va maydalangan jinslarni ortish va tushirish jarayonlarini bajarishga shuningdek vertikal quduqlarni qazishga, kanal va ariqlarni tozalashga mo„ljallangan. Arqonli greyfer cho„michi arqonga osilgan bo„lib, grunt olishdagi cho„mich bosimi kuchi cho„mich og„irligi orqasida hosil bo„ladi. Qattiq greyfer cho„michi ishchi uskunaning qattiq elementlarining biriga sharnirli osilgan bo„lib, gruntga bosim kuchi yuritma qurilmasi orqali hosil bo„ladi. Bir cho‟michli ekskavatorlarning foydalanishdagi ish unumdorligi quyidagicha aniqlanadi 64 : P e = p q K n K v / K yu m 3 /soat. Bu yerda: q- cho‟michning sig‟imi (hajmi), m 3 Download 93.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling