133 so 'z Go'zallikta'rifi


Download 99 Kb.
bet21/23
Sana10.11.2021
Hajmi99 Kb.
#172965
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Диктантлар рейтинг учун 28 бет 28 вариант бар

Yevro

Yevro - “Yevropa” qit’asi nomining qisqartirilgani bo‘lib, shu qit’aga tegishli pul birligini bildiradi. “Yevro” - Yevropa Ittifoqiga birlashgan mamlakatlarning yagona valutasidir. Yevroning kiritilishi - Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda qator Yevropa davlatlari amalga oshirayotgan izchil birlashishga qaratilgan siyosatning ijobiy hosilidir. Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari, 1929-yilgi “Buyuk iqtisodiy krizis”, jahonning barcha burchaklarida tinimsiz olib borilgan milliy-ozodlik urushlari jahonning yetakchi kapitalistik davlatlarini mustamlakachilik va agressiya yo‘lidan voz kechishga majbur qildi. Bu harakat Ikkinchi jahon urushidan keyin Fransiya va Germaniyaning iqtisodiy yaqinlashishidan boshlandi. Umum yevropa birligi uchun harakat asta-sekin mustahkamlanib borib, 1991-yilda Gollandiyaning Mastrixt shahrida Yevropa mamlakatlari iqtisodiyotini birlashtirishning strategiyasi belgilandi, yagona bHudjet va moliya siyosati haqidagi shartnoma 1992-yil fevralida imzolanib, 1993-yilda kuchga kirdi, 1994-yilda qator yangi qadamlar qo‘yildi. 1998-yilda bu jarayonning uchinchi bosqichi boshlandi va Yevropaning yagona valuta-iqtisodiy fazosi yuzaga keltirildi. Yevropa Markaziy banki tashkil qilinib, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining umum pul-kredit siyosati amalga oshira boshlandi va 1- yanvardan Yevropa Ittifoqi bo‘yicha yagona pul birligi “Yevro” kiritildi.

(155 so‘z)


Download 99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling