133 so 'z Go'zallikta'rifi


Download 99 Kb.
bet22/23
Sana10.11.2021
Hajmi99 Kb.
#172965
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Диктантлар рейтинг учун 28 бет 28 вариант бар

Tarixiy xotira

Tarixiy xotira g‘urur va iftixor hissining zaminlaridan biri. Millat va elatlar asta-sekin tarixan tashkil topadilar. Bu jarayon vaziyatga qarab bir necha o‘n yildan boshlab bir necha asrgacha cho‘zilishi mumkin. Ana shunday uzoq davr ularga o‘zlarini anglash, tilini, madaniyatini, ma’naviyat, ma’rifat, an’analar, urf- odatlar va rasm-rusumlarni butun bir o‘zaro bog‘langan tizim holiga keltirish uchun kerak. Demak, xalqning shakllanishi ayni vaqtda xalq tomonidan o‘z o‘tmishini, tarixini, ajdodlarining mehnati, qahramonligi, ma’naviyat va madaniyatining barcha yo‘nalishlari, tarmoqlari xilma-xilligini hamda o‘ziga xosligini o‘rganish, ularga ishlov berib, shu jarayonda takomillashishdir Tarixiy xotira xalqning o‘z o‘tmishini bilishi, bu o‘tmishni tahlil qilish, undagi bo‘lib o‘tgan voqealar va hodisalarning asl mohiyati va tarixdagi o‘rnini asoslab berishni talab qiladi.

Xalqning tarixiy xotirasi qanchalik boy, mazmunli va uzviy bog‘langan bo‘lsa, bu xalq shunchalik uyushgan, tadbirkor, harakatchan, hamjihat bo‘ladi. O‘z ajdodlari va avlodlarining sha’niga yarashadigan xizmatlarni, ishlarni bajarishga intiladi. Hozirgi zamon va bozor munosabatlari xalqlarning o‘zaro ijobiy va ijodiy musobaqasi davridir.
(149 so‘z)


Download 99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling