14- laboratoriya ishi Mavzu: Registr sxemasini loyihalashtirish va ishlash tamoyilini
Download 391.86 Kb. Pdf ko'rish
|
Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazm
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborotlarni qabul qiluvchi va uzatuvchi registrlar
- 15-Laboratoriya ishi Mavzu: Kod ozgartiruvchilarni loyihalashtirish Ishdan maqsad
Registrning shartli belgisi
Parallel registr • Parallel registr ma’lumotlarni parallel shaklda yozish, saqlash va uzatish uchun mo’ljallangan. • Bu amallarni bajarishdan avval registr dastlabki holatga (0) o’rnatiladi. • Ma’lumot parallel ravishda qayta ishlangani tufayli, registrni tashkil etuvchi triggerlar ham razryadlar sonidan kelib chiqqan holda o’zaro bog’lanmagan. Axborotlarni qabul qiluvchi va uzatuvchi registrlar Axborotlarni qabul qiluvchi va uzatuvchi ikki taktli registrning sxemasini ko’rib chiqamiz. Bunday registr asinxron RS-triggerlardan hamda «VA» mantiqiy elementlardan tashkil topgan. Axborotni registrga yozish uchun a 1 , a 2 ,..., a n shinalardan ikkilik kod registrga uzatiladi va «Прием информации» boshqaruvchi signal berilgan taqdirdagina ushbu ikkilik kod registrga yoziladi. Registrga axborotni yozishdan oldin «Установка 0 Сброс» nomli boshqaruvchi signal yordamida registr tozalanadi. Registrning chiqish yo’llaridan to’g’ri kodni olish uchun «Выдача прямого кода» boshqaruvchi signal beriladi. Registrning chiqish yo’llaridan teskari kodni olish uchun «Выдача инверсного кода» boshqaruvchi signal beriladi. 15-Laboratoriya ishi Mavzu: Kod o'zgartiruvchilarni loyihalashtirish Ishdan maqsad: Raqamli mantiqiy qurilmalarni loyihalashtirshda kod o'zgartiruvchilarni sxemasini tuzish va ishlashini o’rganish. 1. Nazariy qism: Raqamli-analog oʻzgartirgich (RAO’) va analog-raqamli oʻzgartirgich (ARO’) raqamli kattalikni unga proportsioanl boʻlgan elektr tok yoki kuchlanish koʻrinishidagi analog kattalikka oʻzgartirish uchun qoʻllaniladi. Operatsion kuchaytirgich (OK) deb, analog signallar ustidan turli amallarni bajarishga moʻljallangan, differentsial kuchaytirish printsipiga asoslangan, kuchlanish boʻyicha katta kuchaytirish koeffitsiyentiga ega boʻlgan oʻzgarmas tok kuchaytirgichiga aytiladi. Bunday amallarga qoʻshish, ayirish, koʻpaytirish, boʻlish, integrallash, differentsiallash, masshtablash kabi matematik amallar kiradi. Hozirgi kunda OK lar analog va raqamli qurilmalarda kuchaytirish, cheklash, koʻpaytirish, chastotani filtrlash, generatsiyalash, signallarni barqa- rorlashda qoʻllanilib kelmoqda. Buning uchun OK larga musbat va manfiy teskari aloqa (TA) zanjirlari kiritiladi. TA zanjirlari yordamida OK lar yuqorida qayd etilgan amallarni (operatsiyalarni) bajaradilar. AROʻ larni tuzishning turli usullari mavjud boʻlib, amaliyotda maxsus kuchaytirgich va rezistorlarda bajarilgan sxema keng qoʻllaniladi. AROʻ vazifasini OK da bajarilgan jamlovchi kuchaytirgich bajarishi mumkin. Kirishlar soni oʻzgartirilayotgan ikkilik kodning razryadlari soni bilan aniqlanadi. K1-K4 kalitlardan har biri ochiq yoki berk holatda boʻlish mumkin. Soddalik uchun K4 K3 K2 K1 ikkilik kirish soʻziga ega boʻlgan toʻrtrazryadli RAOʻ ni koʻrib chiqamiz. Mos razryadlardagi qarshilik qiymatlari 2 martaga farq qiladi. Bu holda, mazkur RAOʻ sxemasi 0 dan 15 gacha boʻlgan natural qator sonlarini ikkilik sanoq tizimdan oʻnlik sanoq tizimga oʻzgartiradi. Bunday oʻzgartirish mexanizmini koʻrib chiqamiz. Jamlagich tomonidan bajarilayotgan amal, kirishdagi rezistorlarning berilgan qarshiliklari uchun quyidagi ifoda yordamida keltiriladi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling