Mazmuniga ko‘ra:
sodda hujjatlar – bir masalani o‘z ichiga oladi;
murakkab hujjatlar – ikki va undan ortiq masalani o‘z ichiga oladi.
Mazmun bayonining shakliga ko‘ra:
xususiy (individual) hujjatlar – matn o‘ziga xos, betakror, erkin bayon;
namunali (tipovoy) hujjatlar – bir–biriga o‘xshash va takrorlanadigan masalalar yuzasidan tuzilgan matnlarni o‘z ichiga oladi;
qolipli (trafaretli) hujjatlar – oldindan tayyorlangan bosma ish qog‘ozlariga yoziladi.
Tegishlilik jihatiga ko‘ra:
xizmat hujjatlari muassasa yoki mansabdor shaxslar tomonidan tayyorlanadi (bayonnoma, tavsifnoma, dalolatnoma va sh.k);
shaxsiy hujjatlar yakka shaxslar tomonidan yoziladi (shaxsiy ariza, shikoyat, ishonchnoma, tarjimayi hol va sh.k).
Tayyorlanish xususiyati va darajasiga ko‘ra:
qoralama;
asl nusxa;
ikkinchi nusxa (dublikat);
ko‘chirma.
Do'stlaringiz bilan baham: |