14-amaliy mashg’ulot: Ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish
Download 37.33 Kb.
|
xizmat 14-amaliy
14-amaliy mashg’ulot:Ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish Ijodkorlik-kishining o‘z qiziqishi, ijodiy namunalariga, yangliklar kiritishga keng imkoniyatlar ochadigan mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishga intilishlarida o‘z aksini topadi. Bu yo‘nalish bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan kishilar doimo o‘zlari qiziqqan sohaga ijodiy yondoshib, faoliyatida biron bir o‘zgarish yasash, yangilik kiritishga harakat qiladilar. Ijodiy muhit – ijodkor shaxsni shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, jamoada sog‘lom muhitni yaratish orqali ta’lim sifati va samaradorligini oshirish o‘zaro hamkorlik asosida muammolarni yechimlarini topish, aniq maqsadli natijalarni kafolatlash demakdir ijodiy qobiliyatini rivojlantirishda psixologik masalalardan foydalanish Har bir masalaning javobi 10 ballik tizimda baholandi. Bunda, agar topshiriq to‘g‘ri yechilgan bo‘lsa – 10 ball, to‘g‘ri javobga yaqinroq javob – 7 ball, biroz yaqinroq javob – 5 ball bilan baholanadi. Psixologik masalalar bo‘yicha sinaluvchilarning to‘plagan ballar quyidagi mezon bo‘yicha baholanadi: 75-100 ballar – ijodiy qobiliyati yuqori; 60-74 ballar – ijodiy qobiliyati o‘rtachadan yuqori; 45-59 ballar – ijodiy qobiliyati o‘rtacha; 30-44 ballar – ijodiy qobiliyati o‘rtachadan past; 29 va undan kam ball – ijodiy qobiliyati past. Quyida psixologik masalalar va ularning to‘g‘ri javoblarini keltirb o‘tamiz: 1. Abdulla otaning tovuq va qo‘ylarining boshi 170 ta, oyoqlarining soni 480 ta. Abdulla otaning nechta qo‘yi va nechta tovug‘i bor? 2. Skameykada bir yigit bilan bir qiz hordiq chiqarib o‘tirgan ekan, yo‘lovchi qizdan bu kim deb savol bilan murojaat qilganida, u shunday javob qaytaribdi: “Bu yigitning onasi mening onamning qaynonasi”. Muammo o‘z yechimini kutadi, qiz kim bilan o‘tirgan ekan? 3. Kitob javonida tanlangan asarlarning ikki tomi turardi. Birinchi tomi 300 betdan, ikkinchi tomi esa 200 betdan iborat. Javonda kitob qurti paydo bo‘lib, kitoblarni kemira boshladi. U birinchi tomning birinchi betidan ikkinchi tomining so‘nggi betigacha kemirib tashladi. Kitob qurti necha betni kemirgan? 4. A shahardan B shahargacha 120 km. A shahardan B shaharga qarab poyezd junaydi va yulda to‘xtamasdan soatiga 30 km tezlik bilan boradi. Ayni o‘sha vaqtning o‘zida B shahardan A shaharga qarab bir qaldirgoch soatiga 60 km tezlik bilan uchadi. U poyezdgacha uchib borgach, yana orqasiga qayrilib B shaharga qarab uchadi. B shaharga yetib kelgach, yana poyezd tomonga qarab uchadi va poyezd bilan uchrashgach, yana orqasiga qaytib B shahar tomonga ketadi va xokazo. Shunday qilib, qaldirg‘och poyezd to B shaharga yetib kelmagunicha uning istiqboliga uchib borib, yana orqasiga qaytaveradi. Qaldirgoch necha km masofani uchib o‘tgan? 5. Pedagogika institutining talabalari estrada kvarteti tashkil etdilar. Mixail saksafon chaladi. Pianist fizika fakultetida o‘qiydi. Udarnik chaluvchining ismi Vali emas, geografiya fakultetida o‘qiydigan studentning ismi Lochin emas. Murod tarix fakultetida o‘qimaydi. Alisher pianist emas va u biolog xam emas. Vali fizika fakultetida udarnik (urib-chaluvchi) esa-tarix fakultetida o‘qimaydi. Lochin kontrabas chalmaydi. Vali qanday mo‘zika asbobi chaladi, u kaysi fakultetida o‘qiydi? 6.Raqamlar almashinuvidagi qonuniyatni aniqlang hamda so‘roq belgisi o‘rnidagi yetishmayotgan raqamni topib yozing: 7 9 5 11 4 15 12 7 13 8 11 ? 7. Ikki kishi daryo sohiliga keldi. Qumloq sohilda bir qayiq bo‘lib, unga faqat bir kishi sig‘ar edi. Yo‘lovchilarning ikkalasi ham shu qayiqda daryodan utishdi va o‘z yullarini davom ettirishdi. Bu ishni ular qanday qilib bajarishdi? 8. Qalamni qogozdan o‘zmagan xolda qanday qilib, kvadratning to‘rtta nuqtasini uchta tug‘ri chiziq bilan kesib o‘tish va yana dastlabki joyga qaytib kelishi mumkin? 9. Yog‘ochni yigirma bo‘lakka bo‘lish uchun uni necha marta aralash kerak bo‘ladi? 10. Otasining yoshi 24 da. Katta o‘g‘lining yoshi sakkizda, kichik o‘g‘liniki esa 6 yoshda. Necha yildan keyin o‘g‘illarining yoshlarining yig‘indisi otasining yoshi bilan teng bo‘ladi? Download 37.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling