14-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Yong’inni o’chirishning texnikaviy vositalarini o’rganish Ishdan maqsad
Download 75.66 Kb.
|
14-Amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy ma’lumotlar
- 17-rasm. OU-2 tipidagi gazli o’t o’chirish vositasi
14-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Yong’inni o’chirishning texnikaviy vositalarini o’rganish Ishdan maqsad: yong’inni o’chirishning texnikaviy vositalarining ishlatish va tuzilishi bilan tanishish. Foydalaniladigan asboblar. OXP-10 va OU-2 o’t o’chirish vositalari. O’t o’chirish vositalarining sxematik tasviri. Umumiy ma’lumotlar Birlamchi o’t o’chirish vositalariga yong’inni o’chirish xizmati xodimlari oddiy ishchilar foydalanilayotgan oddiy asboblar kiradi. Bular quyidagilar: dastaki o’t o’chirgichlar, bino ichidagi yong’in o’chirish kranlari, qum, asbestli yoki brizentli yopinchiqlar hamda yong’inni o’chirish asboblari. Bu vositalardan yong’inning dastlabki onlarida foydalaniladi, SHu bilan birga yong’in vaqtida yonayotgan konstruksiyalarni buzilishda ham ishlatiladi. Dastaki o’t o’chirigichlar o’t o’chirish vositasiga qarab ko’pikli,gazli va kukunli turlarga ajratiladi. Ximiyaviy-ko’pikli o’t o’chirgichlarning ishlash prinsipi ximiyaviy reaksiyaga asoslangan. Bunda reaksiya kislota (temir III culfat va sulfat kislota va ishqorlar)(natriy bikarbonat hamda suv aralashmali)larning aralashuvidan sodir bo’ladi Reaksiya natijasida hosil bo’layotgan gazsimon uglerod dioksid balonda katta bosim hosil qiladi. Shuning hisobiga maxsus tirqish orqali ko’pikning chiqishi amalga oshadi. (16-rasm). 16-rasm 1-korpus. 2-kislotali stakan. 3-yon ushlagich. 4-bo’g’zi (gorlovina) 5-dastak . 6-shtok. 7-qopqoq. 8-klapan. 9-saqlagich. 10-sprisk (purkash teshik). 11-pastki ushlagich . O’t o’chirgichni ishga tushirishdan avval uning purkash teshigi shpilka bilan tozalanadi. qopqoqning ustidagi dastakni 1800 burchak ostida oxirigacha burab, yon tomondagi dastani o’ng qo’l bilan, idish tubining pastki yubqasidan esa chap qo’l bilan ushlanadi va o’t o’chirigichning qopqog’i pastga qaratilib tez og’daradi. O’t o’chirish vositasidan chiqayotgan ko’pik oqimi 60-65 sekund davomida 8 metr masofagacha purkalanadi. Ko’piklik o’t o’chirish vositalari barcha qattiq jismlar va tez alangalanadigna suyuqliklar yonganda ishlatiladi (benzin kerosin va xokoza). Bir dona o’t o’chirigich bilan 0,75-1 m2 maydondagi yonayotgan suyuqlikni o’chirish mumkin. Bu turdagi o’t o’chirgichlar bilan kuchlanish ostida turgan elektr qurilmalarni va elektr qurilmalari tarmoqlaridan chiqgan yong’inni o’chirib bo’lmaydi, ko’pik elektr tokini o’tkazuvchi hisoblanGazli o’t o’chirish vositalari karbonot kislotali, aeroeolli va brom etilli-uglerod kislotali turlarga bo’linadi. Bunday o’t o’chirgich kuchlanish ostida turgan elektr qurilmalarida, ichki yonuv dvigatellarida, avtomobillarda,kutubxonalar, muzeylar hamda arxivlarda chiqgan yong’inlarni o’chirishda foydalaniladi. Hozirgi vaqtda OU-2, OU-5 va OU-8 tipidagi karbonot kislotali o’t o’chirish vositalari ishlab chiqarilmoqda. (17-rasm) OU o’t o’chirish vositasi 2,5,6,8 metr hajmga ega bo’lgan po’lat ballonli gazni (1), bosim ostida haydovchi qurilma ventil 3 va qorsimon uglerod dioksidini hosil qiladigan diffuzor (rastrub)4 dan tuzilgan. O’t o’chirigichni 7 MPa bosim ostida suyuq kislotasi bilan to’lg’aziladi. 1-Balon. 2-Trubka. 3-Vintel . 4-Rastrub (diffuzor). 17-rasm. OU-2 tipidagi gazli o’t o’chirish vositasi Ventil ochilganda suyuq karbonot dioksid diffuzor orqali qo’yiladi va bug’lanadi. Gaz holatiga o’taganida uning hajmi 400-500 martacha ortadi. Bug’lanish harorati-790s bo’lgan «qor» ko’rinishdagi qattiq oq kukun hosil bo’lishiga olib keladi. Purkalayotgan gaz oqimi 30-40 sekund davomida 2-3,5 metr masaofagacha etadi. Ish vaqtida og’darish mumkin emas.SHuningdek, karbonot kislota-brom etilli OUB-3 va OUB-7 o’t o’chirgichlari ham ishlab chiqariladi. Ular alangani karbonat kislotali o’t o’chirgichlardan samaraliroq o’chiradi, ammo o’t o’chirish xossalariga ega bo’ladigan konsentratsiyalarida brom etil zaxarlidir. SHu sababli berk xonalarda bu o’t o’chirgichlarni ishlatayotganda izolyasiyalovchi protivogazlardan (SSH-1)foydalanish kerak. Ikkitadan lo’m, bolta, belkurak, changak, chelak, o’t o’chirgich joylashtiriladigan yong’in shchitlari o’rnatilib, yoniga qumli yashik qo’yiladi va ular qizil rangga bo’yab qo’yiladi. Bularning hammasi birlamchi o’t o’chirish vositalari hisoblanadi. Download 75.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling