14-Amaliy mashg‘ulot: Siydik ayirish organlarining morfologik tuzilishi
Download 479 Kb. Pdf ko'rish
|
14-Siydik ayirish organlarining morfologik tuzilishi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buyrak – ren (nephros
- Buyrak – ren ( nephros) tashqi tomondan zardob parda – capsula fibrosa bilan o‘ralgan. Buyrakni medial chetida chuqur - darvoza – helus renalis
- Buyrak ko‘ndalang kesimida uchta zonaga bo‘linadi: a) po‘qtloq yoki siydik ajratuvchi – zona corticalis; b) chegaralovchi – zona intermedula; v)
14-Amaliy mashg‘ulot: Siydik ayirish organlarining morfologik tuzilishi. Reja: 1. Siydik ayirish organlarining morfologik tuzilishi. 2. Siydik ayirish organlarining topografiyasi va hayvonlardagi farqlari. Buyrak – ren (nephros) - juft organ bo‘lib, uy hayvonlarida asosan loviya shaklida bo‘ladi. Uy hayvonlarning buyragini tashqi tuzilishi bir – biridan tubdan farq qiladi, ularni 4 tipga bo‘lib o‘rganiladi. Ko‘p bo‘lakchali buyrak – bunday buyrakni shakli uzum mevasiga o‘xshash bo‘lib, bir qancha buyraklar siydik ajratgich umumiy siydik yo‘liga kelib quyiladi. Bunday buyraklar ayiq va kitsimon sut emizuvchilarda uchraydi. Usti notekis ko‘p so‘rg‘ichli buyrak - bunday buyrakni shakli tut mevasiga o‘xshash bo‘lib, tashqi tomoni tekis bo‘lmasdan ko‘ndalang kesimida, so‘rg‘ichlar soni ko‘p bo‘lib, bunday buyraklar qoramollarda uchraydi. Usti tekis ko‘p so‘rg‘ichli buyrak-shakli loviyasimon bo‘lib, cho‘chqada uchraydi, usti tekis bo‘ladi, ko‘ndalang so‘rg‘ichlar soni ko‘p bo‘ladi, siydik buyrak kosasidan buyrak jomiga quyiladi. Usti tekis bir so‘rg‘ichli buyrak - shakli loviya shaklda, cho‘ziqroq bo‘lib, bularni siydik ajratuvchi va siydik chiqaruvchi zonalari qo‘shilib ketgan, umumiy buyrak so‘rg‘ichi – papilla communis bo‘ladi. Bu tipdagi buyrak qo‘y, echki, ot va itlarda bo‘ladi. Buyrak tiplari. A-delfinning ko‘p bo‘lakchali buyragi B- sigirning notekis ko‘p so‘rg‘ichli buyragi D- cho‘chqaning tekis ko‘p so‘rg‘ichli buyragi J-itning tekis bir so‘rg‘ichli buyragi 1- buyrakchalar 1 1- buyrak bo‘lakchalari 2- siydik ayiruv qismi 3-chegaralovchi qism 4- siydikni olib ketuvchi qism 5-buyrak so‘rg‘ichlari 6-kosacha 8-siydik yo‘li 9- buyrak egati 10-siydik yo‘li nayi 11-buyrak jomi 15-yoysimon tomirlar 16-buyrak kapsulasi 17-buyrak chuquqrchasi 18- buyrak arteriyzsi 19-buyrak venasi Usti tekis bir so‘rg‘ichli buyrak - shakli loviya shaklda, cho‘ziqroq bo‘lib, bularni siydik ajratuvchi va siydik chiqaruvchi zonalari qo‘shilib ketgan, umumiy buyrak so‘rg‘ichi – papilla communis bo‘ladi. Bu tipdagi buyrak qo‘y, echki, ot va itlarda bo‘ladi. Buyrak – ren ( nephros) tashqi tomondan zardob parda – capsula fibrosa bilan o‘ralgan. Buyrakni medial chetida chuqur - darvoza – helus renalis joylashib, bu buyrak sinusi - sinus renalis ni hosil qiladi, bunga buyrak jomi - pelvis renalis kelib quyiladi. Buyrak ko‘ndalang kesimida uchta zonaga bo‘linadi: a) po‘qtloq yoki siydik ajratuvchi – zona corticalis; b) chegaralovchi – zona intermedula; v) mag‘iz yoki siydik yig‘uvchi – zona medullaris. Siydik yo‘li – uterus buyrak jomidan boshlanib tos tomoniga qarab o‘tadi va qovuqda tugaydi. 1-chap buyrak 2-o‘ng buyrak 3-siydik yo‘li 4-5- chap va o‘ng buyrak usti bezlari 6-aorta 7-8-buyrak arteriyalari 9-kindik arteriyasi 10-11-12-ochib ko‘rsatilgan siydik pufagi ( 10-uchi 11-bo‘yni 12-tanasi) 13- siydik pufagining uchburchagi 14-siydik yo‘li valigi 15-siydik yo‘li teshigi 16- siydik yo‘li burmasi 17- siydik chiqarish burmasi Siydik pufagi – vesica urinarea ham naysimon organlar singari 3 (zardob, muskul, shilimishiq) pardalardan iborat, hayvonni yoshiga qarab o‘zgaradi va tos bo‘shlig‘ida joylashadi, qovuqni tanasi– corpus vesicae, bo‘yni – collum vesicae, uchi – vertex vesicae bo‘ladi. qovuqning muskul qavati hisobidan qovuq qisqichi - sphinater vesicae hosil bo‘ladi. Siydik chiqarish kanali – urethra - siydik qovug‘idan urg‘ochi hayvonlarda siydik jinsiy dahliziga, erkak hayvonlarda esa kalta bo‘lib, siydik jinsiy kanaliga quyiladi va jinsiy azoni boshigacha siydik jinsiy kanali bo‘lib boradi. Topshiriq va savollar: Siydik ayirish organlarini o‘rganib, uni rasmini chizing, lo‘g‘at tuzing. Siydik ayirish organlarini anatomik tarkibi. Buyrakni tuzilishi va topografiyasi. Buyrak tiplari. Download 479 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling