14-laboratoriya mashg’uloti mavzu: Kolloid eritmalarni olinishi va xossalari Kerakli asbob va reaktivlar


Zarrachalar zaryadi ishorasini aniqlash


Download 17.2 Kb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi17.2 Kb.
#1521398
1   2   3
Bog'liq
14-Laboratoriya (1)

Zarrachalar zaryadi ishorasini aniqlash.
Bir bo‘lak filtr qog‘oziga tekshirilayotgan zoldan bir tomchi tomiziladi. Tomchi qog‘ozga shimilgandan keyin musbat zaryadli zol va asosli bo‘yoqlar o‘rtasida rangli, atrofida esa, rangsiz bo‘lgan aylana shaklidagi dog‘lar hosil bo‘ladi: manfiy zaryadli zollar va kislotali bo‘yoqlar ham yuzasi bir xil bo‘yalgan rangli dog‘larni hosil qiladi. Buning sababi shundaki, suvga nisbatan manfiy zaryadlangan qog‘oz musbat zaryadli zarrachalarni adsorbsiyalaydi va manfiy zaryadli zarrachalarni adsorbsiyalamaydi.
Temir (III) gidroksid zoli zarrachasining zaryadini tajriba qilib aniqlang.
Temir gidroksid zolining koagulyasiya porogi (chegarasi) ni aniqlash.
Ish uchun 3 M KCl, 0,01 M K2SO4, 0,001 M K4[Fe(CN)6] eritmalaridan va temir gidroksid zolidan foydalaniladi. Har bir elektrolit uchun 4 tadan, ja’mi 12 ta toza probirkalarga 5 ml dan temir gidroksid zoli va quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan miqdorda distillangan suv hamda elektrolit eritmalari quyiladi. So‘ngra har bir probirkadagi moddalarni yaxshilab aralashtiriladi va bir soatdan keyin qaysi probirkalarda ochiq koagulyasiya (loyqalanish) sodir bo‘lganligini jadvalga yozib qo‘yiladi.
14-LABORATORIYA MASHG’ULOTI
MAVZU:Kolloid eritmalarni olinishi va xossalari
Kerakli asbob va reaktivlar:
1. 2 ta temir shtativ qisqichi bilan, filtr qog‘oz, 2 ta 10 ml probirka, 2 ta 100 ml li kimyoviy stakan, 2 ta voronka.
2. 1n. ammoniy xlorid, ammoniy oksalat eritmalari, tuproq .
Tajribaning bajarilishi:
2 ta shtativga o‘rnatilgan voronkalarga filtr qog‘ozlari joylashtiriladi va ularga 10 gr dan maydalangan tuproq solinadi. Voronkalar tagiga stakanlar qo‘yiladi. Birinchi shtativga joylashtirilgan voronkadagi tuproq distillangan suv, ikkinchi voronkadagi esa 1n ammoniy xlorid eritmasi bilan yuviladi. Ikkala stakanlardagi eritmalardan 1-2ml dan olib, 2ta probirkaga solinadi va ularda Ca 2+ bor yo‘qligini aniqlash uchun ammoniy oksalat yordamida sifat reaksiyasi o‘tkaziladi. Suvli filtratda Sa+2 ionlari yo‘qligi, tuzli filtratda esa Ca+2 ionlari mavjudligini sababini tushuntiring. Tuproqda sodir bo‘ladigan ion almashinish sxemasini yozing

Download 17.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling