Fosforli oʻGʻitlar ishlab chiqarishning jahon va oʻzbekistonda istiqlolari


Download 31.63 Kb.
Sana02.06.2024
Hajmi31.63 Kb.
#1836275
Bog'liq
FOSFORLI OʻGʻITLAR ISHLAB CHIQARISHNING JAHON VA OʻZBEKISTONDA ISTIQLOLARI1


FOSFORLI OʻGʻITLAR ISHLAB CHIQARISHNING JAHON VA OʻZBEKISTONDA ISTIQLOLARI
Reja:
1. O’zbekistonda fosforli organik o’g’itlar
2. Fosforli o’g’itlar olish texnologiyasi
3. Fosforli o’g’itlar olinishi
Fosforli o’g’itlar ishlab chiqarish
Fosforli oʻgʻitlar - tarkibida fosfor boʻlgan mineral va organik moddalar; oʻsimliklarning fosfor bilan oziqlanishini yaxshilash uchun ishlatiladi. Oʻsimliklar oʻzlashtirgan fosforning tuprokdagi jamgʻarmasini toʻldirishning birdanbir manbaidir. F.oʻ. tarkibida fosfor boʻlgan rudalar — apatit va fosforitlarni qayta ishlab olinadi. Bulardan tashqari, metallurgiya sanoati chiqindilari — tomasshlak va marten fosfatshlak hamda organik moddalar, mas, suyak uni, tung va boshqalar Fosforli oʻgʻitlar sifatida ishlatiladi. Qishloq xoʻjaligiga yetkazib beriladigan F.oʻ. tarkibidagi fosfor ortofosfat kislota (N3RO4)ning ortofosfat tuzlari shaklida boʻladi. Ayrim F.oʻ. esa polifosfat (superfosfat) kislota, shu jumladan, metafosfat kislota asosida olinadigan murakkab oʻgʻitlardir. F.oʻ. sanoat yoʻli bilan olingan birinchi mineral oʻgʻitlardan hisoblanadi (1842-yilda Buyuk Britaniyada superfosfat ishlab chiqarila boshlagan). Eruvchanlik darajasiga qarab F.oʻ. ni 3 asosiy guruhga ajratish mumkin: suvda eriydigan (oddiy, qoʻshaloq va ammoniylashgan superfosfat, ammofos, diammofos) F.oʻ. Bu oʻgʻitlarda fosfor bir asosli kaltsiy fosfat Sa(N2RO4)2N2O holida boʻladi; suvda erimaydigan (pretsipitat yoki kaltsiy gidrofosfat, tomasshlak, marten fosfatshlagi, ftorsizlangan fosfat va boshqa termik fosfatlar) F.oʻ.; bu oʻgʻitlarda fosfor 2 asosli kaltsiy fosfat — SaNRO4N,O yoki tetrakaltsiy fosfat — Sa4R2O5 holida boʻladi. Ammoniy sitrat, limon kislota eritmalarida eriydigan bu oʻgʻitlar shudgorlashda asosiy oʻgʻit sifatida yoki kultivatsiya vaqtida qoʻllaniladi; qiyin eriydigan yoki suvda va kucheiz kislotalarda erimaydigan (fosfrit uni va suyak uni) F.oʻ. Ularda fosfor kaltsiy fosfat — Sa3(RO4)2 holida boʻladi. Bunday oʻgʻitlar qiyin eriydigan fosfatlarni oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan shaklga keltiruvchi nordon tuttroklarga bilvosita oʻgʻit sifatida yuqori dozalarda solinadi. F.oʻ.ni ishlatish xususiyati ularning eruvchanlik darajasiga bogʻliq.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti fosforli o‘g‘itlar laboratoriyasi mudiri, akademik Shafoat Namozov boshchiligida Markaziy Qizilqum nokonditsion fosforitlari, chorvachilik va parrandachilik chiqindilari asosida tuproq unumdorligini oshirishda va o‘simliklardan yuqori va sifatli hosil olishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan organik mineral o‘g‘itlar olishning yangi texnologiyasi ishlab chiqildi.


O‘zbekistonda chorvachilik qishloq xo‘jaligining yetakchi sohalaridan biri. Bugungi kunda O‘zbekistonda qoramolning umumiy soni 12,7 mln., parrandalar esa 75 mln. taga yetdi. Bir kunda hosil bo‘ladigan qoramol va parranda go‘ngi jonivor og‘irligiga nisbatan 6-8 foizni tashkil etadi. Umumiy holatda har sutkada 110 ming tonna qoramol va parranda go‘ngi hosil bo‘ladi. Bir yilda umumiy hajmi 40 mln. tonnani tashkil etadi.
FA xabariga ko‘ra, Qizilqum fosforit kombinatida hozirgi kunda fosforitlarni boyitish jarayonida ajralib chiqayotgan 15 mln. tonnadan ortiq sanoatda ishlatilmayotgan past navli fosforitlar to‘plangan. Fosforli o‘g‘itlarning tanqisligi sharoitida bunday xom-ashyodan qishloq xo‘jaligida foydalanish muhim hisoblanadi. Go‘ng bilan fosforit asosida organik mineral o‘g‘it olish jarayonida go‘ng tarkibidagi organik kislotalar ta'sirida fosforit tarkibidagi fosfatlar eruvchanligi ortib o‘simlik o‘zlashtira oladigan shaklga o‘tadi. Ushbu usulda o‘g‘it olinganda faqatgina go‘ngning o‘zidan o‘g‘it olishga nisbatan fiziologik faol moddalar – gumin kislotalar, fulvokislotalar va suvda eruvchan organik moddalar miqdori ortadi, azotli va organik birikmalarning yo‘qolishi esa kamayadi.
O’simliklarning oziqlanishda azotdan keyingi urinda turuvchi eng muhim elementlardan biri fosfor hisoblanadi. O’simliklar fosforni asosan ortofosfat PO4-3 anionlari uzlashtiriladi. Ular fosforni metofosfat (H3PO3) va prifosfat kislotalarning tuzlardan uzlashtirish shuningdek ba’zi organik fosfatlar -fitinglyukoza fosfatlar va boshqalarning fosforni ham uzlashtirish mumkin 3 asosli kislota bo’lgan ortofosfat kislota pH 7-8 da undan pastda disotsiyalanib 1ta yoki 2 ta H+ ion ajratib chikaradi va H2PO4- hamda HPO4-2 ionlarini hosil kiladi ana shu ionlarni o’simliklar yutadi.
O’simliklar vegitatsiya davri mobaynida 1ga yerdagi tuproqdan o`rtacha 20 dan 60 kg gacha miqdorda ya’ni azot va kaliyga nisbatan ancha kam P2O5 istemol kiladi. Tuproqda fosforning urnini hamda ildiz va poya qoldiqlari bilan tuldirib bulmaydi. Tuproqdagi fosfor zahirasini tuldirish uchun fosforli o’g’itlardan boshqa manba yo`q. Fosforli o’g’itlar eruvchanligiga va o’simliklarga qarab 3 guruhga bo`linadi:
1.Suvda yahshi eriydigan o’g’itlar oddiy superfosfat va qo`sh superfosfat.
2. Suvda kam eriydigan lekin kuchsiz kislotalarda eriydigan o’g’itlar pretsipitat, tomasshlak, termofos-fatlar, ftorsizlantirilgan fosfat.
3. Suvda erimaydigan faqat kuchli kislotalarda tupik eriydigan o’g’itlar - fosforit uni suyak uni
Superfosfat oddiy superfosfat maydalangan apatit eki fosforitga kislota bilan ishlov berish yuli bilan olinadi bunda keyin eruvchan fosfatlar parchalanib suvda eriydigan monokaltsiy fosfat Ca(H2PO4) va suvda erimaydigan gips CaSO4 hosil bo`ladi.

[(Ca3(PO4)2)]3· CaF2 + 7H2SO4 +3H2O → Ca(H2PO4)2 ·H2O+7CaSO4 +2HF


[(Ca3(PO4)2)]3· CaF2 + 10H2SO4 → 6H3PO4 +10CaSO4 +2HF
[(Ca3(PO4)2)]3· CaF2 + 4H2SO4 +12H2O → CaHPO4 · 2H2O +4CaSO4 +2HF
Pretsipitat kaltsiy difsofat (CaHPO4 •2H2O) tarkibida 27 dan 35 % gacha P2O5 bo`ladi. Pretsipitat fosfori suvda erimay di lekin ammoniy tsitrptda eriydi va uni o’simliklar yahshi uzlash tiradi.O’g’it yahshi fizik xossalarga ega. Pretsipitatni barcha tuproqlarda turli hil ekinlarga asosiy o’g’it sifatda ishlatsa bo`ladi.
Tomasshlak -fosforga boy chuyanlarni tomasning ishqoriy usulida qayta ishlab, temir va po`latga aytantirishda hosil buladigan kushimcha mahsulot. Tomasshlak to`q rangli og`ir, mayin kukun. Tarkibada 14 dan 20 % gacha P2O5 buladi. Bu o’g’itni barcha tuproqlarda asosiy o’g’it sifatida ishlatish mumkin.
Fosforit uni, fosforitni un holiga keguncha maydalash yuli bilan olinadi.
Bu o’g’it gigroskopik emas, mushtlashib kolmaydi. Uning tarkibidagi P2O5 ning miqdori 19-30% atrofida bo`ladi.
Fosforit uni eng arzon fosforli o’g’it. Bu o’g’it barcha kuzgi ekinlarga, shuningdek, chopiq-talab ekinlarga qandlavlagi, kartoshka, makkajuhori va boshqalarga solinganda eng ko`p samara beradi. Fosforit uni qancha ko`p solingan bo`lsa, ta’sir etish davomiyligi ham shuncha uzoq bo`ladi.
Fosforli yuqori choyshab mineral aralashmalar guruhiga mansub. Bu ekilgan ekinlarning sifati va hosildorligini oshiradigan asosiy oziq moddalardan biridir. "Fosfor" kimyoviy elementi DNK va RNK tarkibiy qismidir va o'simlik ekinlarini etishtirish va etishtirishga yordam beradigan boshqa komponentlardir. Bundan tashqari, "fosfor" o'simlik florasi uchun muhim bo'lgan elementlarning triadidir (azot va kaliy bilan birga). Fosforitlar o'simliklarning generatsiya organlariga foydali ta'sir ko'rsatadi. O'simlik mahsulotlarining o'sishi va ta'm sifatiga mas'ul bo'lgan kaliy va azot bilan solishtirganda, fosfor o'simlik jismida ayirboshlash reaktsiyalarini doimiy nazorat qiladi. Shunday qilib, fosfor barcha bog 'va bog' o'simliklar uchun istisnosiz oziq-ovqatning ajralmas manbaidir.
Fosforitlar — fosfatlar (asosan, apa*git)ga toʻyingan choʻkindi togʻ jinslari. F. tarkibida fosfat angidridi (R2O5)ning miqdori 18%dan kam boʻlmasligi kerak, ammo geologik qidiruv ishlari amaliyotida tarkibida 5—18% gacha R2O5 boʻlgan togʻ jinslari xam F.ga kiritiladi. Sof F.ning rangi asosan oq boʻlib, juda kam uchraydi. F. tarkibidagi rangli moddalarga koʻra qora, kulrang , jigarrang , baʼzan koʻk, yashil, qizil, sariq, och kulrang boʻladi. F. tarkibida deyarli har doim organik moddalar, Sa, Mg, Fe karbonatlari, gil minerallari, pirit, temir gidrooksid, kvars, xaltsedon boʻladi. F.da uran, lantanoidlarning seriy guruhiga mansub elementlari hamda koʻproq Y, Pb, Sr, oz miqdorda V, Sc, Zr, Se, Be aralashmalari toʻplanishi mumkin. F. strukturasiga qarab yaxlit, donador, jelvaksimon (konkretsion), shagʻalsimon, konglomeratli turlarga boʻlinadi. Yaxl it va donador F. koʻp tarqalgan. Yaxlit (geosinklinal) F. zich bir xil jinedan iborat boʻlib, tarkibidagi juda kichik dumaloq fosfat donalari va oolitlar fosfat, karbonat yoki silikat angidrid (SiO2) birikmalari yordamida jipelashgan. Mahsuldor qatlamlari qalin (10 m dan ortiq), yuqori sifatli (28—36% R2O,), keng maydonda tarqalgan. Bunday F. konlari Xubsugul (Mongoliya), Kunyana (Xitoy), Jorjina (Avstraliya) kembriy yotqiziqlarida mavjud. Donador (platforma) F. — karbonat yoki terrigen choʻkindi togʻ jinslari, tarkibidagi fosfat donalari hamda dengiz organizmlari qoldiqlari karbonat, silikat angidrid yoki gil yordamida jipelashgan. Mahsuldor qatlam kalinligi koʻpincha 2–3 m (baʼzan 10 m gacha), tarkibida 22—30% R2O5 boʻladi. Bu tipdagi F. Rossiyaning Yevropa kismi, Shim. Afrika, Oʻrta Osiyoda boʻr va paleogen yotqiziqlarida keng Tapkalgan. F. paydo boʻlishi haqida turli biokimyoviy, kimyoviy va biogen nazariyalar mavjud boʻlib, biokimyoviy nazariya koʻpchilik tomonidan tan olingan. F. kimyo, tibbiyot va oziq-ovqat sanoatida ishlatiladigan fosfor, fosfor kislota va turli fosforli birikmalar olish manbasi hisoblanadi. Asosiy isteʼmolchi — qishloq xoʻjaligi boʻlib, F. 90% gacha fosforli oʻgʻitlar tayyorlashda ishlatiladi. Undan tashqari, F.dan yoʻlyoʻlakay sanoat masshtabida bir qancha noyob elementlar ajratib olinadi. RF, Boltiqboʻyi, Sibir, Qozogʻistonda yirik F. konlari bor. Oʻzbekiston hududida F. paleogen, boʻr, devon, silur va tokembriy yotqiziqlarida topilgal. Ular, asosan, Markaziy Qizilqumdagi JeroySardara (R2O, zaxirasi 57,68 mln.t), Shim. Yetimtogʻ va Karakata konlarida mavjud.
Fosforli oʻgʻitlar - tarkibida fosfor boʻlgan mineral va organik moddalar; oʻsimliklarning fosfor bilan oziklanishini yaxshilash uchun ishlatiladi. Oʻsimliklar oʻzlashtirgan fosforning tuprokdagi jamgʻarmasini toʻldirishning birdanbir manbaidir. F.oʻ. tarkibida fosfor boʻlgan rudalar — apatit va fosforitlarni qayta ishlab olinadi. Bulardan tashqari, metallurgiya sanoati chiqindilari — tomasshlak va marten fosfatshlak hamda organik moddalar, mas, suyak uni, tung va boshqalar Fosforli oʻgʻitlar sifatida ishlatiladi. Qishloq xoʻjaligiga yetkazib beriladigan F.oʻ. tarkibidagi fosfor ortofosfat kislota (N3RO4)ning ortofosfat tuzlari shaklida boʻladi. Ayrim F.oʻ. esa polifosfat (superfosfat) kislota, shu jumladan, metafosfat kislota asosida olinadigan murakkab oʻgʻitlardir. F.oʻ. sanoat yoʻli bilan olingan birinchi mineral oʻgʻitlardan hisoblanadi (1842 yilda Buyuk Britaniyada superfosfat ishlab chiqarila boshlagan). Eruvchanlik darajasiga qarab F.oʻ. ni 3 asosiy guruhga ajratish mumkin: suvda eriydigan (oddiy, qoʻshaloq va ammoniylashgan superfosfat, ammofos, diammofos) F.oʻ. Bu oʻgʻitlarda fosfor bir asosli kaltsiy fosfat Sa(N2RO4)2N2O holida boʻladi; suvda erimaydigan (pretsipitat yoki kaltsiy gidrofosfat, tomasshlak, marten fosfatshlagi, ftorsizlangan fosfat va boshqa termik fosfatlar) F.oʻ.; bu oʻgʻitlarda fosfor 2 asosli kaltsiy fosfat — SaNRO4N,O yoki tetrakaltsiy fosfat — Sa4R2O5 holida boʻladi. Ammoniy sitrat, limon kislota eritmalarida eriydigan bu oʻgʻitlar shudgorlashda asosiy oʻgʻit sifatida yoki kultivatsiya vaqtida qoʻllaniladi; qiyin eriydigan yoki suvda va kucheiz kislotalarda erimaydigan (fosfrit uni va suyak uni) F.oʻ. Ularda fosfor kaltsiy fosfat — Sa3(RO4)2 holida boʻladi. Bunday oʻgʻitlar qiyin eriydigan fosfatlarni oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan shaklga keltiruvchi nordon tuttroklarga bilvosita oʻgʻit sifatida yuqori dozalarda solinadi. F.oʻ.ni ishlatish xususiyati ularning eruvchanlik darajasiga bogʻliq.
Suvda eriydigan F.oʻ. kukuni va donador holda limon kislota va ammoniy sitratda eriydiganlari kukun holida, qiyin eriydiganlari juda mayda kukun holida qoʻllaniladi. Sugʻorma dehqonchilik zonalarida, odatda, suvda eriydigan F.oʻ. qoʻllaniladi. Ularning barchasi nam tortmaydi, mushtlanib qolmaydi. Survoha tuproklarda F.oʻ. tarkibidagi fosfor, azot va kaliy nisbatlari 1:0,7:0,3; oʻtloqi voha tuproqlarda 1:0,8:0,5 qilib qoʻllanganda yaxshi samara beradi. Fosfor suvda kam eriganligi sababli yuvilib ketmay tuproqning yuqori qatlamida toʻplanadi. Tuproqqa solingan F.oʻ. tarkibidagi fosforning 20—25% solingan yili, 40— 60% 2—3 yil oʻsimliklar tomonidan oʻzlashtiriladi. F.oʻ. oʻsimlik rivojlanishi uchun zarur oʻgʻitdir. F.oʻ. taʼsirida hosil pishishi tezlashadi, hosildorlik ortadi, mahsulot sifati yaxshilanadi, kartoshkada kraxmal, qand lavlagida qand koʻpayadi (fosfor yetishmaganda oʻsimlik barglarining cheti qorayib quriydi, oʻsimlik nimjon boʻlib oʻsadi).
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 3-apreldagi PQ-4265-son qaroriga asosan “Ammofos-Maksam” AJ negizida 2019 — 2024-yillar davomida fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqarish hajmlarini kamida 100 ming tonnaga oshirish chora-tadbirlarining mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini II bosqichda (I-bosqichda — 20 ming tonna, II-bosqichda — 80 ming tonna) modernizatsiya qilish orqali amalga oshirilishi belgilanganligi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida kimyo sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 25-oktabrdagi PQ-3983-son qaroriga asosan “Navoiy KMK” DKning Qizilqum fosforit kombinatining mulk kompleksi qoldiq balans qiymatida “O‘zkimyosanoat” AJ ustav kapitaliga davlat ulushi sifatida kiritilib, 100 foiz ulushi “O‘zkimyosanoat” AJga qarashli “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ tashkil etilganligi;


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kon-metallurgiya tarmog‘i korxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 17-yanvardagi PQ-4124-son qaroriga asosan 2026-yilgacha “Olmaliq KMK” AJga 2,9 mlrd AQSh dollari miqdorida investitsiyalar jalb etish va 2023-yilgacha mis ishlab chiqarish hajmini 28 foizga, rux ishlab chiqarish hajmini 75 foizga oshirish nazarda tutilganligi;
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJda (keyingi o‘rinlarda — “Olmaliq KMK” AJ) mis va rux ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan oltingugurt kislotasining utilizatsiyasi “Ammofos-Maksam” AJda fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqarish texnologik jarayonida amalga oshirilishi hamda “Ammofos-Maksam” AJ “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ tomonidan ishlab chiqariladigan fosforit xomashyosining asosiy iste’molchisi ekanligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va “O‘zkimyosanoat” AJning ictisno tariqasida:
“O‘zkimyosanoat” AJga tegishli “Ammofos-Maksam” aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalidagi 51 foiz aksiyalar paketini “Olmaliq KMK” AJga ishonchli boshqaruvga besh yil muddatga berish;
“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ “O‘zkimyosanoat” AJga tegishli 100 foiz ulushini nominal qiymatda “Olmaliq KMK” AJ ustav kapitaliga davlat ulushi sifatida kiritish takliflariga rozilik berilsin.
“Olmaliq KMK” AJ “Ammofos-Maksam” AJ va “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJning ishlab chiqarish va boshqaruv samaradorligini oshirish choralarini ko‘rsin.
3. “O‘zkimyosanoat” AJning “Ammofos-Maksam” AJ ustav kapitalidagi 51 foiz aksiyalar paketini “Olmaliq KMK” AJga ishonchli boshqaruvga hamda “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJning 100 foiz ulushini nominal qiymatda “Olmaliq KMK” AJ ustav kapitaliga davlat ulushi sifatida kiritish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. “Olmaliq KMK” AJ “O‘zkimyosanoat” AJ bilan birgalikda 2020-yil 1-avgustga qadar “Ammofos-Maksam” AJ ishlab chiqarish quvvatlarini tiklash va mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish” investitsiya loyihasining (keyingi o‘rinlarda — investitsiya loyihasi) texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “O‘zkimyosanoat” AJ va “Olmaliq KMK” AJ bilan birgalikda bir oy muddatda “O‘zkimyosanoat” AJning:
“Ammofos-Maksam” AJ ustav kapitalidagi 51 foiz aksiyalar paketini besh yil muddatga “Olmaliq KMK” AJga ishonchli boshqaruvga berish yuzasidan shartnoma tuzilishini;
“O‘zkimyosanoat” AJning ustav kapitali “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ ustav kapitalidagi ulushining balans qiymatiga kamaytirilishini;
“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJdagi 100 foiz ulush nominal qiymatda “Olmaliq KMK” AJ ustav kapitaliga davlat ulushi sifatida kiritilishini ta’minlasin.
Bunda quyidagi asosiy shartlar nazarda tutilsin:
a) “Ammofos-Maksam” AJ ustav kapitalidagi 51 foiz aksiyalar paketini “Olmaliq KMK” AJga besh yil muddatga ishonchli boshqaruvga berish yuzasidan shartnomada:
“Ammofos-Maksam” AJ va “Olmaliq KMK” AJ kelishilgan menejmentni va yagona texnik siyosatni amalga oshirishi;
“Ammofos-Maksam” AJga olti oy muddatda investitsiya loyihasini moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan kelishilgan holda zarur mablag‘larni, jumladan, “Olmaliq KMK” AJ kafilligi ostida Xitoy, Rossiya, Yevropa va boshqa banklarning kredit mablag‘larini jalb qilish;
“Ammofos-Maksam” AJning ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlash maqsadida, zarur hollarda, “Olmaliq KMK” AJ tomonidan tegishli muhandislar, texnik mutaxassislar va texnika vositalarini operativ tarzda pullik shartnoma asosida jalb qilish;
b) “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJdagi 100 foiz ulushni nominal qiymatda “Olmaliq KMK” AJ ustav kapitaliga davlat ulushi sifatida kiritish shartnomasida:
“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJning faoliyat turini va mavjud ish o‘rinlarini saqlagan holda, bir yil muddatda jamiyatning moliyaviy-iqtisodiy holatini yaxshilash;
ikki oy muddatda “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJning kon texnikasi va texnologik uskunalarini bosqichma-bosqich yangilagan holda, ularning barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha biznes-rejani ishlab chiqib amalga oshirish;

“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda fosforit xomashyosi ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini birinchi yili 80 foizgacha, ikkinchi yili 100 foizga yetkazish (yiliga 716 ming tonna yuvib kuydirilgan fosforit konsentrati) hamda “Indorama Kokand Fertillizers” AJ va boshqa tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq fosforit xomashyosini barqaror yetkazib berish;


“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda fosforit xomashyosi ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlash maqsadida “Olmaliq KMK” AJ tomonidan zarur muhandislar, texnik mutaxassislar hamda texnika vositalari va uskunalarni belgilangan tartibda yetkazib berish;
“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ texnologik jarayonini, uskuna va texnika vositalarini modernizatsiyalash uchun Moliya vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan kelishilgan holda “Olmaliq KMK” AJ kafilligi ostida uch oy muddatda zarur miqdorda kredit mablag‘larini jalb qilish.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Maxkamasining Sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori S.X. Bekenov, “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi J.T. Mirzamaxmudov, “Olmaliq KMK” AJ boshqaruvi raisi A.X. Xursanov zimmasiga yuklansin.
Download 31.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling