14-LABORATORIYA MASHG’ULOTI
MAVZU:Kolloid eritmalarni olinishi va xossalari
Kerakli asbob va reaktivlar:
1. 2 ta temir shtativ qisqichi bilan, filtr qog‘oz, 2 ta 10 ml probirka, 2 ta 100 ml li kimyoviy stakan, 2 ta voronka.
2. 1n. ammoniy xlorid, ammoniy oksalat eritmalari, tuproq .
Tajribaning bajarilishi:
2 ta shtativga o‘rnatilgan voronkalarga filtr qog‘ozlari joylashtiriladi va ularga 10 gr dan maydalangan tuproq solinadi. Voronkalar tagiga stakanlar qo‘yiladi. Birinchi shtativga joylashtirilgan voronkadagi tuproq distillangan suv, ikkinchi voronkadagi esa 1n ammoniy xlorid eritmasi bilan yuviladi. Ikkala stakanlardagi eritmalardan 1-2ml dan olib, 2ta probirkaga solinadi va ularda Ca 2+ bor yo‘qligini aniqlash uchun ammoniy oksalat yordamida sifat reaksiyasi o‘tkaziladi. Suvli filtratda Sa+2 ionlari yo‘qligi, tuzli filtratda esa Ca+2 ionlari mavjudligini sababini tushuntiring. Tuproqda sodir bo‘ladigan ion almashinish sxemasini yozing
Ishning maqsadi: Odatda kolloid eritmalar dispers sistemalarning bir turi bo‘lib, biosfera faoliyatida muhim o‘rin tutadi. Barcha o‘simlik va hayvonlar organizmida ular ko‘plab uchraydi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlashda ham kolloid eritmadar muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun asosiy maqsad talabalarning bu sohadagi bilimini chuqurlashtirishdir.
Kerakli asboblar va reaktivlar:probirkalar shtativi - 1 dona, probirkalar - 12 dona, byuretka - 2 dona 5 ml li, kapillyar - 1 dona, elektr plitka - 1 dona, konus shakldagi kolba - 1 dona 500 ml li, silindr - 1 dona 500 ml li.
2 % li FeCl3, Z M KCl, 0,01M K2SO4, 0,001M K4[Fe(CN)6] eritmalari, distillangan suv, filtr qog‘ozi.
Ish tartibi
Temir gidroksid zolini olish.
425 ml qaynab turgan distillangan suvga 75 ml 2 % li FeCl33 eritmasini oz-ozdan qo‘shiladi va aralashma bir necha minut davomida qaynatiladi. Olingan temir (III) gidroksid tuzilishi yuqorida ko‘rsatilgandek bo‘ladi, ya’ni:
{[mFe(OH)3]·nFeO+ • (n - x) sl-}+ • xsl
Do'stlaringiz bilan baham: |