14-Laboratoriya Mustaqil qo’zgatishli o’zgarmas tok generatorining salt ishlash va yuklanish xarakteristikalarini tekshirish
Download 298,95 Kb. Pdf ko'rish
|
14-Laboratoriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuksiz ishlash tavsifi
14-Laboratoriya Mustaqil qo’zgatishli o’zgarmas tok generatorining salt ishlash va yuklanish xarakteristikalarini tekshirish Mustaqil qo‘zg‘atishli generator ulanish sxemasi 17.2,a-rasmda ko‘rsatilgan. Qo‘zg‘atish chulg‘ami zanjiriga ulangan reostat qo‘zg‘atish tokini va, demak, asosiy magnit maydon qiymatini boshqarish imkonini beradi. Qo‘zg‘atish chulg‘ami o‘zgarmas tok manbaidan energiya istemol qiladi: akkumulyator, to‘g‘rilagich yoki boshqa o‘zgarmas tok generatori, bunday holda u qo‘zg‘otkich deb ataladi Yuksiz ishlash tavsifi ni olishda yuklanish uzilgan va generator yu.i. rejimida ishlaydi. Nominal aylanish tezligi o‘rnatiladi va uni o‘zgarmas holatda bo‘lishi taminlanadi. rasm. Mustaqil qo‘zg‘otishli generator prinsipial sxemasi (a) va yu.i tavsifi (b) Asta qo‘zg‘atish toki noldan qiymatida gacha o‘zgartiriladi. Egri chiziq 1 (17.2,b-rasm) qurish uchun va larning birnecha (8- 10 nuqta) yozib olinadi. Egri chiziq 1 ning boshlang‘ich ordinatasi nolga teng emas, bu magnit tizimda kichik qoldiq magnit oqimi mavjudligi bilan tushuntiriladi. Qo‘zg‘atish tokini nolgacha kamaytirib va uning yo‘nalishini o‘zgartirib, asta absolyut qiymatini oshirib = Ob nuqtagacha boriladi, shu tariqa olingan egri chiziq 2 yu.i. tavsifining tushuvchi shoxobchasi deyiladi. Birinchi va uchinchi kvadrantlarda tushuvchi shoxobchasi 1 egri chiziqdan yuqori bo‘ladi. So‘ngra qo‘zg‘atish toki nolgacha o‘zgartirilib, yo‘nalishi xam o‘zgartirilib, miqdorgacha oshiriladi va uni yuqorilashuvchi shoxobcha deyiladi (3 egri chiziq). Z egri chiziq boshqalaridan quyida bo‘ladi. YU.i. tavsifining tushuvchi va yuqorilashuvchi shoxobchalari magnitlanish (gisterezis) sirtmog‘i (petlya namagnichivaniya, gisterezisa) deyiladi. YU.i. tavsifida 2 va 3 egri chiziqlarning shrtacha qiymatini o‘tkazib (4 egri chiziq) hisobiy yuksiz ishlash tavsifini olamiz. YU.i. tavsifining to‘g‘ri chiziqli qismi magnit o‘zakning to‘yinmagan qismiga mos keladi. Qo‘zg‘atish tokini oshirishda davom etsak, mashinaning magnit o‘zagi to‘yina boshlaydi va tavsif egri chiziq xarakteriga ega bo‘ladi. bog‘lanish boshqa masshtabda mashinaning magnit tavsifini takrorlaydi va mashinaning magnitlanish xususiyatlari haqida fikr yuritish imkonini beradi. Download 298,95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling