Axborot xavfsizligini ta’minlashning dasturiy-texnik usullari
Identifikastiya i autentifikastiya. Bir qarashda rasmiy termin, biroq amalda esa axborot xavfsizlik vositalarining dasturiy – texnik asosi bo’lib xizmat qiladi. Chunki quyida ko’riladigan qolgan barcha vositalar identifikastiyadan o’tgan foydalanuvchilar uchundir. Ko’p hollarda autentifikastiya va identifikastiya jarayonlari bir biri bilan chambarchas bog’langan bo’lgani sababli ularning tariflarida adashishlik kelib chiqadi. Keling ularning mazmun mohiyatini texnik qismlarini keyinga qoldirgan holda keng o’rganib chiqaylik.
Identifikastiya – foydalanuvchining ismini o’rnatish jarayoni. Bunga misol qilib vizit kartochkalar bilan almashish yoki uni berishni keltirish mumkin. Unda aniq bir shaxsning ismi, familiyasi, mansabi va boshqa atributlar ko’rsatilgan bo’ladi. Lekin vizit karta aynan ana shu shaxsga tegishli ekanligini qanday bilish mumkin?
Bu erda bizga autentifikastiya jarayoni yordam beradi. Autentifikastiya – foydalanuvchining tizimga kiritgan ismining haqiqiyligini tekshirish jarayonidir. Maishiy darajada autentifikastiyani sur’at yordamida amalga oshirish mumkin. Yana bir misol bo’lib autentifikastiyaga telefon orqali shaxs tovushini tanishni keltirish mumkin – hech birimiz telefon orqali ma’lum shaxs familiyasini aytib boshqa tovush bilan so’zlashayotgan odam bilan gaplashmasligimiz aniq.
Identifikastiya va autentitifikastiya vositalari birlashishi ham mumkin. Bu erda barchamiz uchun ma’lum bo’lgan xizmat guvohnomasini keltirish mumkin. Unda shaxsning identifikastiyasi uchun ismi, familiyasi, mansabi (va boshqa ma’lumotlar), autentifikastiya uchun esa uning sur’ati keltirilganligini aytishimiz mumkin. Shuni alohida ta’kidlash kerakki autentifikastiya va identifikastiya vositalarining o’zi haqiqiylikni tasdiqlovchi belgilarga ega bo’lishi mumkin. Misol uchun guvohnomadagi muhr, imzo yoki uning ximoyasini saqlovchi boshqa qalbakilashtirishdan himoyalovchi vositalar.
Yuqoridagi misol tasodifiy keltirilgani yo’q. Axborot texnologiyalarida autentifikastiya va identifikastiyaning usullari foydalanuvchilarning o’ziga yarasha xizmat guvohnomalari bo’lib xizmat qilib, shaxsga axborot muhitiga kirishiga va unga berilgan vakolat darajasida istalgancha foydalanish imkonini beradi.
Xozirgi vaqtda axborot–hisoblash tizimlarida foydalanuvchilarni autentifikastiya va identifikastiyalashning usullarini quyidagi asosiy guruhlarga bo’lish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |