14-ma’ruza Mavzu: Global Tarmoq Texnologiyasi Reja
Download 122.18 Kb.
|
14-маъруза КТваТ (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- PDH tarmoqlari . Plezioxronli raqamli iyerarxiya
14.1-rasm. Birlamchi tarmoq orqali marshrutizatorlarni ulanishi.
Odatda birlamchi tarmoqning bitta kabeli multipleksirlash hisobiga kompyuter yoki telefon tarmoqlarining bir necha yuz magistral kanallarining trafigini uzatish imkoniyatini beradi. Birlamchi tarmoqlarni yaratishning bir necha texnologiyasi mavjud: plezioxronli raqamli iyerarxiya (PDH); sinxron raqamli iyerarxiya (SDH/SONET); zichlashtirilgan tо‘lqinli multipleksirlash (DWDM); optik transport tarmog‘i (OTN). PDH tarmoqlari. Plezioxronli raqamli iyerarxiya (Plesiochronous Digital Hierarchy, PDH) texnologiyasi 60 yillar oxirida AT & T kompaniyasi tomonidan telefon tarmoqlarining katta kommutatorlarini о‘zaro ulash uchun yaratilgan. Bungacha ishlatilgan chastotali multipleksirlashli analog aloqa yо‘llari bitta kabel bо‘yicha kо‘p kanalli yuqori tezlikda va yuqori sifatli uzatishning о‘z imkoniyatlarini ishlatib bо‘lgan edilar. Telekommunikatsion va telefon tarmoqlarida PDH texnologiyaga о‘tish yangi davr boshlanganligini bildiradi – raqamli kommunikatsiyalar davri. Abonent uchun bu oraliqdagi kommutatorlardan о‘tishi davomida yomonlashmaydigan yuqori sifatli tovush ekanligini bildirar edi, analog tarmoqlarda esa yomonlashar edi. Operatorlar uchun bu bildiradiki, sekundiga birdan to yuzlab megabitlab keng oraliqdagi moslashuvchan ishonchli kanal vositalarini paydo bо‘lganini bildirar edi. T-1 multipleksorini yaratilishi bilan PDH texnologiyagasining boshlanishiga qadam qо‘yildi, u raqamli kо‘rinishda multipleksirlashga, 24 abonentning tovushli trafigini uzatish va kommutatsiyalashga imkon bergan. Chunki abonent avvalgidek odatdagi telefon apparatidan foydalanar edi, yani tovushni uzatish analog kо‘rinishda bо‘lgan, T-1 multipleksorlarining о‘zi tovushni 8000 Gs chastota bilan raqamlashtirishni amalga oshirgan va shu bilan u abonentni 64 Kbayt/s tezlikda axborotlarni uzatishning elementar raqamli kanalini yaratgan. T-1 qurilmasida sinxron vaqt bо‘yicha multipleksirlash texnikasi ishlatiladi.
Download 122.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling