MPLS texnologiyasining ishlatilish soxalari. Biz MPLS texnologiyasining asosida yotuvchi tamoyillarni qisqacha kо‘rib chiqamiz. Hozirgi vaqtda MPLS ni amaliy jixatdan qо‘llanadigan bir necha sohalari mavjud, ularda bu tamoyillar kerakli vazifani bajarishi uchun ma’lum xususiyatli mexanizmlar va protokollar bilan tо‘ldirilgan. Quyida MPLS eng kо‘p tarqalgan sohalari keltirilgan:
MPLS IGP. Ushbu holda MPLS texnologiyasi faqat yо‘nalish bо‘ylab ketayotgan standart ichki shlyuzli marshrutlashtirish protokollari tanlagan (IGP) tarmoq darajasidagi paketlarni harakatlanishini tezlatish uchun ishlatiladi. Odatda yо‘nalish tanlash uchun OSPF va IS-IS marshrutlashtirish protokollari qо‘llanadi, LSR qurilmalari о‘rtasida belgilar LDP protokollari orqali taqsimlanadi. Lekin hozirda tez ishlovchi marshrutizatorlarning yaratilishi munosabati bilan о‘zining dastlabki dolzarbligini yoʻqotdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |