14-Ma’ruza. Mavzu: Mashinalar yaratishda mehnatni va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari
Atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari va bu boradagi Davlat qonunchiligi
Download 38.21 Kb.
|
14-Маъруза
14.3. Atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari va bu boradagi Davlat qonunchiligi.
Tayanch iboralar: - inson va biosfera, yer va suv resursi, tabiiy aylanish va modda almashinish, hayvonot va o‘simlik dunyosi, "inson-mashina-muhit " tizimi, ekologik havfsizlik, huhofaza qilish normalari, huhofaza qilish Davlat dasturi, Davlatlararo ekologiya kengashi, Vazirlar Mahkamasining maxsus qarori. Inson tabiatdan foydalanib yangi sharoit hosil qiladi, geografik muhit ni o‘zgartiradi, tabiatda kechadigan tabiiy aylanish va modda almashinish jarayoniga ta’sir ko‘rsatadi. Bunday ta’sirning salbiy oqibatlari tabiatdagi tenglikka zarar yetkazadi, inson va biosfera muvozanatining buzilishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham tabiatdan foydalanishda uning huhofazasiga e’tibor berish ob’yektiv zaruriyat bo‘lib qoladi. Ilmiy texnika taraqqiyoti va ular bilan bog‘liq bo‘lgan insonning sanoatdagi ulkan ishlari katta o‘zgarishlar bo‘lishiga, yani yuqori darajadagi sanoat patensiali, barcha ko‘rinishdagi texnologik mashinalarning keng rivojlanishi, katta yer maydonlarini o‘zlashtirishga, sunpiy xavza tizimini yaratishga va boshqa muvoffaqiyatlarga olib keladi. Atrof-muhitni yomonlashishi inson uchun o‘ta yomon natijalarga olib kelishi mumkin. Shunga ko‘ra, atrof-muhit muhofazasi hozirgi kundagi eng asosiy muammolardan biri bo‘lib kelmoqda. Ushbu muammo so‘nggi yillarda yanada keskinlashdi. Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachon milliy va mintaqaviy doiradan chiqib bu insoniyatning muammosiga aylangan. XXI-asr bo‘sag‘asida fan-texnika taraqqiyoti jadal suratlar bilan rivojlanib borayotganligi bilan birga havo bo‘shlig‘ining ifloslanishi ham ekologik xavfsizlikka solinayotgan taxdiddir. Mutaxassislarning ma’lumotlariga qaraganda har yili Respublikaning atmosfera havosiga 4 mln. tonnaga yaqin zararli moddalar qo‘shilmoqda. Shularning yarmi uglerod oksidiga to‘g‘ri keladi, 15%ni uglevodorod chiqindilari, 4% ni oltingugurt oksidi, 9% ni azot oksidi, 8% ni qattiq moddalar tashkil etadi va 4%ga yaqini o‘ziga xos o‘tkir zaharli moddalara to‘g‘ri keladi. Yuqorida sanab o‘tilgan muammolarni yechish, atrof-muhitni zararlanishini oldini olish va shu kabi masalalarni hal qilish ushbu soha oqimining asosiy vazifasi. Download 38.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling