14-Ma’ruza. Mavzu: Mashinalar yaratishda mehnatni va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari
Mehnatni muhofaza qilishga oid Davlat qonunchiligi
Download 38.21 Kb.
|
14-Маъруза
14.2. Mehnatni muhofaza qilishga oid Davlat qonunchiligi.
Tayanch iboralar: – mehnat huhofazasini tartibga soluvchi me’yorlar, huquqiy aktlar, jamoat shartnomasi, davlat nazorat organlari, kasaba uyushma qo‘mitasi, muhofaza qilish normalari, standart, intizomiy javobgarlik, jarima, jinoiy javobgarlik, ma’muriy javobgarlik. Mehnat qonunchiligining asosiy vazifasi ishchilarning salomatligini huhofaza qilish va mustahkamlashdan iborat. Ishchilarning mehnat muhofazasini tartibga soluvchi me’yorlar O‘zbekiston Respublikasinng "Mehnat muhofazasi to‘g‘risida"gi qonunlar kodeksida, Respublika Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining huquqiy aktlarida, vazirliklar va idoralar, davlat nazorat organlarining kasaba uyushmalari markaziy oganlari bilan birgalikda qabul qilingan huquqiy aktlarda berilgan. Mehnat xavfsizligini ta’minlash, havfli va zararli ishlab chiqarish omillarining turlari, asbob-uskunalar xavfsizligi, ishlab chiqarish jarayonlari, xodimlarni himoya qilish vositalariga qo‘yiladigan talablar davlat andozalari tizimi bilan belgilanadi. Mehnat muhofazasi normalarining mazmunini quyidagilar tashkil etadi: mehnat muhofazasi bo‘yicha umumiy talablar; ishlab chiqarishda jarohatlanish va kasb kasalliklarini oldini olish; ishchilarning sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitini ta’minlab berishda va ularni muntazam ravishda yaxshilab borishda ma’muriyatning majburiyatlari; mehnat huhofazasi talablariga rioya qilishda ishchi va xizmatchilarning majburiyatlari; mehnat qobilyati past bo‘lgan shaxslar mehnatini muhofaza qilishning qo‘shimcha tadbirlari. Xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoitini yaratish qonunga muvofiq loyihachi-konstruktorlar, korxonalar va tashkilotlarning ma’muriyati zimmasiga yuklatiladi. Xodimlarning sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitini yaratish, ishlab chiqarishda baxtsiz xodisalarning oldini olish uchun mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘limlari bevosita javobgar hisoblanadi. Davlat mahkamalari va jamoat tashkilotlari tomonidan ishlab chiqarishda mehnat huhofazasiga rioya qilish ustidan nazorat o‘rnatilgandir. Bunday nazoratlar davlat proko‘ratura nazorati, davlat tog‘ texnik nazorati, davlat energiya nazorati, davlat sanitariya nazorati, davlat yong‘in nazorati idoralari tomonidan amalga oshiriladi. Bu tashkilotlar o‘z faoliyati davomida korxona ma’muriyatiga bo‘ysunmaydi. Download 38.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling