14-ma’ruza: qurilish qorishmalarni ishlab chiqarish uchun asbob – uskunalar
Torkret-suvoq uchun quruq aralashma tayyorlash va torkretlash
Download 166.5 Kb.
|
Qurilish qorishmalarni ishlab chiqarish uchun asbob – uskunalar.
Torkret-suvoq uchun quruq aralashma tayyorlash va torkretlash
agregati bilan ishlash Quruq aralashma statsionar qurilmalarda tayyorlanadi va ish joyiga tashib keltiriladi. U qurilishning o‘zida ham qorgichlarda tayyorlanadi. Quruq aralashmani namdan saqlash uchun ish joyida qopqog‘i zich yopiladigan quti bo‘lishi shart. Tayyor qorishmani ishlatishdan oldin ko‘zlarining kattaligi 8x8 mm li g‘alvirdan o‘tkazilishi tavsiya etiladi. Bunga uning yaxshi aralashishi ko‘zda tutiladi va bu aralashma shlanglardan oson o‘tadi. Torkret suvoq tayyorlash uchun 300-400 markali sement va daryo qumidan foydalaniladi. Sement bilan qum tarkibi o‘rtasidagi nisbat 1:1 dan 1:8 atrofida bo‘ladi. Ishlatiladigan qum quruq va toza bo‘lishi kerak. Qumda 6-10 % nam bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Agar uning namligi 4 % kam bo‘lsa uni ishlatib bo‘lmaydi. Ortiqcha quritilgan qum soploda suv bilan yaxshi aralashmaydi va notekis sement qorishmasi hosil bo‘ladi. Juda mayda qumdan foydalanilsa torkret suvoq mustahkamligi ikki va undan ko‘p pasayib ketadi. Torkret suvoqning tutib qolishini tezlatish uchun unga kalsiy xlorid yoki shisha qo‘shiladi. Kalsiy xlorid sement og‘irligining 5 % miqdorida qo‘shiladi. U faqat sovuq sharoitda qo‘shiladi. Torkret suvoqning yanada suv o‘tkazmaydigan bo‘lishi uchun unga 1:10 terrazit yoki 1:6 dan 1:15 gacha bo‘lgan tarkibda natriy alyuminat qo‘shiladi. Bu qo‘shilmalar suvda eritiladi va dozalovchi bakka quyiladi. Sement pushka bilan ishlashdan oldin torkretlash agregati joylashtiriladi. Sement qum aralashmasi sement pushka ustki kamerasiga bo‘shatiladi. Aralashma o‘z og‘irligi bilan pastki kameraga to‘kiladi, qopog‘i yopiladi va kameraga siqilgan havo yuboriladi. Aralashma taqsimlagich tarelka yordamida patrubokga uzatiladi. Patrubokdan o‘tayotgan siqilgan havo aralashmani patrubok orqali haydab ketadi va material shlangi orqali soploga uzatadi. Yumshagan aralashma siqilgan havo bosimi ostida soploga keladi. U suv bilan namlanadi, qorgichda aralashtiriladi, qorishmaga aylanadi va soplodan kuch bilan otilib chiqadi. Qorishmaga qo‘shiladigan suvning miqdori soplodan otilib chiqayotgan oqimning rangiga chaplangan torkret suvoqning rangiga qarab tekshiriladi. Suv ko‘p berilsa, qorishma suyulib yuzadan oqib tushadi, suv kam berilsa aralashma etarli namlanmaydi va soplodan otilayotgan qorishma kuchli changiydi. Torkret suvoqning birinchi qatlami ko‘pincha 15 mm qalinlikda bo‘ladi. 1-qatlam qoplangach 24 soat o‘tgach u suv bilan ho‘llanadi va ikkinchi qatlam chaplanadi. Suvoqda ko‘chma yoriqlar paydo bo‘lmasligi, qoplangan torkret suvoqning chidamliligini oshirish uchun torkretlangan yuzalarni shamoldan, quyoshdan va mexanikaviy zararlanishdan saqlash kerak. Sement pushka bilan ishlaydigan ishchilar mehnat muhofazasi qoidalari bo‘yicha instruktajdan o‘tishlari kerak. Download 166.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling