14-ma’ruza. Sinash asboblarining jamlanmasi yordamida qatlamdan oqimni chaqirish Ma’ruza rejasi
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
14-m
- Bu sahifa navigatsiya:
- 14.1.Sinash asboblarining jamlanmasi yordamida qatlamdan oqimni chaqirish
14-ma’ruza. Sinash asboblarining jamlanmasi yordamida qatlamdan oqimni chaqirish Ma’ruza rejasi: 14.1.Sinash asboblarining jamlanmasi yordamida qatlamdan oqimni chaqirish 14.2. Quduqlarni o‘zlashtirishda oqimli apparatlarni qo‘llash buyicha amaliy tavsiyalar Tayanch so’zlar: Paker, qatlamlardagi sinagichlar, berkitish va burilma klapanlar,qayd qiluvchi chuqurlik manometrlar, tizma boshchasi, NKQ, sirkulyatsiya klapani, yuqoridagi manometr, berkituvchi aylanma klapan, qatlam sinagich, yass, namuna olgich, paker, mustahkamlash tizmasi, fil’tr, qatlam manometr, tayanch plita,boshmoq. 14.1.Sinash asboblarining jamlanmasi yordamida qatlamdan oqimni chaqirish Sinash asboblarining jamlanmasi izlov quduqlaridagi istiqbolli ob’ektlarni sanash uchun mo‘ljallangan bo‘lmasdan balkim, kam maxsuldorlikka ega bo‘lgan qatlamlardan oqimni chaqirishda, qatlamda quduq atrofining zonasini tozalashda, qatlamga ishlov berishning samaradorligini baholashda, sement ko‘priklarini va tizmani germetiklikka sinash va boshqa masalalarni hal qilishda, quduqning stvolini chegaralangan oralig‘ida va mustahkamlash tizimlarida depressiya hosil qilishda ham qo‘llaniladi. Qatlam sinagichlar bir zumda yuqori depressiya hosil qiladi, qatlamning quduq tubi atrofi zonasini tozalashda va qatlamdan flyuidlarning oqimini chaqirishda qo‘lay bo‘lgan omillardan hisoblanadi. Bunda sinash natijalarining samaradorligi oshadi va germetik bo‘lmagan mustahkamlash quvurli quduqlardagi ob’ektlarni sinash ta’minlanadi. Paker, qatlamlardagi sinagichlar, berkitish va burilma klapanlar hamda qayd qiluvchi chuqurlik manometrlari sinash jarayonlarini amalga oshirishni ta’minlaydi. Sinash asboblarining jamlanmasini (SAJ) qolgan tugunlari quduqda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan murakkabliklarni yoki avariyalarni oldini olishda hizmat qiladi (14.1-rasm). Paker sinash oralig‘ini quduqning qolgan qismidan bekitadi. Dumning uzunligi shunday tanlanadiki SAJni quduqqa tushirishda paker sinash ob’ektining usti qismida joylashtiriladi. Pakerga o‘qli yuklanma uzatilganda uning rezinali elementlari deformatsiyalanadi, diametri kattalashadi va quduqning stvolini bekitadi. Pakerning shtoki kanallar bilan ta’minlangan, qatlamning flyuidlarini o‘tkazib turish uchun doimo ochiq bo‘ladi. Pakerga o‘qli cho‘zuvchi yuklanma ta’sir qilganda, pakerning zichlovchi elementi o‘zining dastlabki holatini egallaydi. Qatlamlarni sinagich qabul qiluvchi va muvozanatlovchi klapanlar, almashtiriladigan щtuserlar bilan ta’minlangan. Qatlam sinagichlar pakerdan yuqoriga o‘rnatiladi. SAJ sini quduqqa tushirishda va ko‘tarishda qatlamni sinagich cho‘zilgan bo‘ladi, uning qabul klapani yopiq, shuning uchun quvurga yuvuvchi suyuqlikni kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaydi. 14.1-rasm. Sinash asboblarining jamlanmasi bilan ishlagandagi pakerlash sxemasi. 1-tizma boshchasi; 2-NKQ; 3-sirkulyatsiya klapani; 4-yuqoridagi manometr; 5-berkituvchi aylanma klapan; 6-qatlam sinagich; 7-yass; 8-namuna olgich; 9-paker; 10-mustahkamlash tizmasi; 11-fil’tr;12-qatlam 13- manometr; 14-tayanch plita; 15-boshmoq. Qatlam sinagichning muvozanatlovchi klapani ochiq va u orqali yuvuvchi suyuqlik pakerning tagiga oqib kirishni ta’minlaydi (tushirishda) yoki paker tagiga filtr orqali (SAJ ni ko‘tarishda) pakerning shtokini, o‘zgartmani va yassni xavfsizligini ta’minlaydi. Bunda oqimni kirib kelishi mavjud bo‘lganda quduqda pakerning porshenlanish samaradorligi pasayadi. Quduqning tubiga dum borib tirkalganda va SAJga o‘qli qisuvchi yuklanma uzatiladi va pakerni erkin qisilishini hamda quduqning stvoliga qisilishi sodir bo‘ladi va qatlam sinagich ham sekin qisiladi. Bu jarayon davomida muvozanatlovchi klapan yopiladi, undan keyin esa qatlam sinagichning qabul klapani ochiladi. SAJ ning ustidagi quvurning bo‘sh og‘zini yoki suyuqlik bilan to‘ldirilgan quvurni paker tagidagi quvurning hajmini tutashtiradi. Pakerning tagidagi bosim bir zumda kamayadi va qatlamdan oqimning kirib kelishi boshlanadi. Sinash ishlarini tugashi bilan asbob tortilganda qatlam sinagich cho‘ziladi va uning qabul klapani yopiladi, SAJ ning ustidagi quvurning bo‘shlig‘ini bekitadi, undan keyin esa muvozanatlovchi klapan ochiladi, pakerning usti quvur orqasidagi fazoni paker tagidagi fazo bilan tutashtiradi. Pakerning tagidagi va paker ustidagi bosimlar tenglashadi, qatlamga quduqlardagi yuvuvchi suyuqlikning ustun bosimi uzatiladi. Sanoatda ikki-uch va ko‘p siklli bekituvchi – buralma klapanli ko‘p siklli qatlam sinagichlar ishlab chiqariladi. Ko‘p siklli bekituvchi-burilma klapanli qatlam sinagich oqimning kelishi tugagandan so‘ng quduq tubidagi bosimni tiklanish jarayonini qayd qilish maqsadida quvurning bo‘shlig‘ini bekitishga mo‘ljallangan. U qatlam sinagichdan yuqoriga o‘rnatiladi va ochiq holda tushiriladi. Oqimning so‘nggida SAJning ustida quvurni aylantirish yo‘li orqali bekitish – buralma klapan bekitiladi va yopiq holda (bosimni egri tiklanishini olish uchun) ushlab turiladi. Yopiq turish davrining davom etish vaqti oqimning vaqtini teng yarmiga yoki 20 daqiqadan kam bo‘lmaydi. Ko‘p siklli sinagichlarda quvur klapani navbatda burab ochiladi va yana yopiladi, ko‘p karrali siklida sinash takrorlanadi. Dumni sinashda u quduq tubiga tirkaladi yoki quduqqa mexanik shlipsali paker tushirilganda ham u quduq tubiga tirkaladi va mustahkamlash quvurining tizmasini devoriga tayanishga ega bo‘ladi. Quduq tubiga tirkalganda uni dumga o‘tirib qolmasligi uchun ko‘prikning sifatiga jiddiy etibor beriladi. Sinagichlarni to‘siqsiz tushishini ta’minlash uchun uni tizma bo‘ylab o‘tishi tekshiriladi, buning uchun perforatsiya qilguncha yoki undan keyin mustahkamlash quvuri tizmasida pakerning tashqi diametriga va uzunligiga teng bo‘lgan shablon tushirib o‘lchanadi. Rezbali birikmalarning germetikligini va cho‘zilishidagi va qirquvchi yuklanmaning zo‘riqishidagi cho‘zilishi zaxira mustahkamligini ta’minlash uchun qatlam sinagichni burg‘ilash quvurlari orqali quduqqa tushirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Quduqning ustki qismiga preventor o‘rnatiladi, sinashdan oldin qatlam flyuidlarini chiqarib yuborish uchun chiziqlar montaj qiliniladi va xavfsizlik qoidalariga rioya qilinadi. Quduqdagi otilmalarni oldini olish uchun quduqning hajmidan ikki marta ko‘p bo‘lgan hajmdagi suyuqliik zaxirasi bilan ta’minlanadi. Ishlatish tizimidagi ishlarni olib borishda jadvalda keltirilgan asboblarning texnik tavsiflaridan foydalaniladi. 14.1 -jadval. Sinash asboblarining texnik tavsiflari. T/r Parametrlari. O‘lchov birligi KII – 65 KII-95 (KII 2A-95) MIG 80 1. Tashqi diametri mm 65 95 80 2. Jamlanmaning umumiy uzunligi m 20 21.6 23.4 3. Jamlanmaning umumiy massasi kg 300 910 635 4. Biriktiruvchi rezbalarni o‘lchash 3-50 3-76 3-62 5. Ruxsat etilgan yuklanma; siqishda cho‘zishda kn 150 100 300 250 60 200 6. Ruxsat etilgan burovchi moment K.N.m 4.0 6.0 5.4 7. Ruxsat etilgan atrofdagi bosim. mpa 80 80 45 8. Atrof muhitning maksimal harorati; oddiy rezinali issiqlikka chidamli rezinali o S 130 200 130 200 130 200 9. Rezinali elimentlarning diametri mm 67,87,78,92 109,115,135 145. 87,92,98 10 Quduqning diametri mm 77-112 118-161 97-112 11. Pakerlashdagi yuklanma kN 10-50 60-80 10-60 Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling