14-maruza. Yoqilg’I Yoqilg’ining umumiy xossalari
Yoqilg’ining quyuqsimon qatlamlarda yonishi
Download 118.39 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-rasm. Gaz yoqilg‘isining yondirish tartiblari.
Yoqilg’ining quyuqsimon qatlamlarda yonishi
Ma’lumki, gaz mash’ala bo‘lib yonadi. Mash’ala bu ish jarayoni kecha- yotgan, harakatlanayotgan gazlarning ma’lum bir hajmidir. Yonish nazariyasi umumiy qoidalariga asosan, gazning mash’ala qilib yoqish usuli kinetik va diffuzion usullarga ajratiladi. Kinetik yondirishda gaz va havo yonishidan oldin aralashtiriladi. Gaz va havo, avvalo gorelkaning aralashtirish qurilmasiga uzatiladi. Aralashmaning yonishi aralashtirgichdan tashqarida ro‘y beradi. Bu holda jarayon tezligi kimyoviy reaksiyalar tezligi bilan chegaralanadi ya’ni yonkim bo‘ladi. Diffusion yonish gaz bilan havoning aralashish jarayonida ro‘y beradi. Gaz havodan alohida holda ishchi hajmga yuboriladi. Bu holda jarayon tezligi gazning havo bilan aralashish tezligi bilan chegaralanadi, ya’niyonfiz. Diffuzion yonishning yana bir ko‘rinishi aralash yonish (diffuzion-kinetik) bo‘lib, bunda gaz dastlab ma’lum bir miqdordagi havo bilan (to‘liq yonish uchun yetarli bo‘lmagan) aralashadi. Shu yerga havoning qolgan qismi (ikkilamchi havo) alohida yuboriladi. Qozon agregatlari o‘txonalarida asosan kinetik va aralash yondirish usullari qo‘laniladi. Diffuzion usul ko‘proq sanoat pechlarida qo‘llaniladi. Gaz oqimining mash’alasida harakat usuliga qarab, mash’ala laminar va turbulent bo‘lishi mumkin. Texnikada asosan turbulent yonish ishlatiladi. Gaz yoqilg‘isining yondirish tartiblari 2-rasmda tasvirlangan. 2-rasm. Gaz yoqilg‘isining yondirish tartiblari. a-gaz va havoning tashqarida aralashishi; b-to‘liq ichki aralashish; v-qisman ichki aralashish; k-kinetik yonish sohasi; d- diffuzion yonish sohasi. Sanoat issiqlik energetikasida foydalanilayotgan asosiy suyuq yoqilg‘i mazut hisoblanadi. Suyuq yoqilg‘ining yonishi asosan bug‘-gaz fazada ro‘y beradi, bunga sabab shuki, uning qaynash harorati o‘t olish haroratidan ancha past bo‘lgani tufayli, u o‘t olishdan oldin bug‘lanadi. Suyuq yoqilg‘ini yondirish jarayonini quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin: 1). Yoqilg‘ini isishi va bug‘lanishi; 2). Yonuvchan aralashmani hosil bo‘lishi (yoqilg‘i bug‘larini havo bilan aralashishi); 3). Yonuvchan aralashmaning o‘t olishi; Download 118.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling