14-maruza. Yoqilg’I Yoqilg’ining umumiy xossalari


Download 118.39 Kb.
bet1/8
Sana31.01.2024
Hajmi118.39 Kb.
#1819693
  1   2   3   4   5   6   7   8

14-MARUZA. YOQILG’I
YOQILG’INING UMUMIY XOSSALARI
Yonganda ko‘p miqdorda issiqlik chiqadigan, atrof-muhitga zararli ta’sir qilmaydigan, issiqlik olish uchun ishlatilishi maqsadga muvofiq hamda iqtisodiy jihatdan foydali bo‘lgan barcha moddalardan yoqilg‘i sifatida foydalanish mumkin. Elektr, mexanik va issiqlik energiyasini olishni asosiy manbai organik yoqilg‘i hisoblanadi. Hozirgi vaqtda yer yuzida ishlab chiqarilayotgan va iste’mol qilinayotgan energiyaning 70% ni organik yoqilg‘ining kimyoviy energiyasi hisobidan va faqat 30% gina suv, shamol, quyosh va atom energiyasidan foydalanish hisobidan olinadi. Mamlakatimiz yoqilg‘i sanoati qariib bir asrlik tarixga ega. Bu sanoat yer qa’rida topilgan va qazib olinayotgan ko‘mir, neft, tabiiy gaz konlari negizida shakllandi va rivojlanib bormoqda. Respublikamizda 159 (zahirasi sanoat darajasida hisoblangan) neft-gaz koni ochilgan, ularning 115 tasi Buxoro - Xiva geologik provinsiyasida, 27 tasi Farg‘ona vodiysi, 10 tasi Surxondaryo, 7 tasi Ustyurtda joylashgan. Konlarning gaz, gaz-kondensatli, gaz-neft, neft, gaz-neft kondensatli turlari mavjud.
Yoqilg‘i sanoati respublika yoqilg‘i-energetika kompleksining asosiy turlarini tashkil etadi va barcha turdagi yoqilg‘ini qazib olish, tabiiy gazni tozalash va yetkazib berish, neft mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalaridan iborat.
Mustaqillik yillarida ko‘rilgan keskin tadbirlar natijasida neft qazib olish hajmi yuqori sur’atlarda o‘sdi. Respublikaning neft mustaqilligi ta’minlandi.
Agregat holatiga ko‘ra yoqilg‘i qattiq, suyuq va gaz yoqilg‘isiga, kelib chiqishiga yoki olinish usuliga ko‘ra tabiiy va sun’iy yoqilg‘iga bo‘linadi. (1-jadval).

Organik yoqilg‘ilarning tasnifi 1 -jadval

Yoqilg‘i

Agregat holati

Qattiq

Suyuq

Gaz

Tabiiy

Yog‘och, torf, qo‘ng‘ir va toshko‘mirlar, antrasit, slanetslar

Neft

Tabiiy gaz

Sun’iy

Koks,
briketlar,
yog‘och ko‘miri,

Mazut,
kerosin,
benzin,
solyar moyi, gazoil

Koks gazi, domna gazi,
generator gazi, neft gazi, propan, atsetilen

Organik yoqilg‘i energiya manbai bo‘lishi bilan bir qatorda, u kimyo sanoati uchun muhim xom-ashyo hisoblanadi. Organik yoqilg‘ilarni qayta ishlash natijasida ko‘plab muhim kimyoviy mahsulotlar olinadi. Qazib olingan joyi va ishlatilishiga ko‘ra mahalliy yoqilg‘i (torf va slanets) va tashib keltiriladigan yoqilg‘ilar bo‘ladi.


Yoqilg‘i tarkibi organik va mineral moddalardan iborat bo‘ladi. Organik moddalarga uglerod (C), vodorod (H2), kislorod (O2), azot (N2) va oltingugurt (S) kiradi. Bu kimyoviy elementlar va ular birikmalarining miqdori turli xil yoqilg‘ida turlicha bo‘ladi. Masalan, neft va uning mahsulotlari tarkibi asosan uglerod va vodoroddan tashkil topgan. Yoqilg‘i tarkibiga yonuvchan elementlar, namlik va yoqilganda kulga o‘tadigan minerallar kiradi. Yoqilg‘ining tarkibi kimyoviy elementlarning massaviy foiz miqdori, namligi va kul miqdori bilan tavsiflanadi.
Qattiq va suyuq yoqilg‘ining elementar tarkibini quyidagicha yozish mumkin:
C+H+S+O+N+A+W=100% (1)
Yoqilg‘ining yonuvchan qismiga uglerod, vodorod va oltingugurt kiradi. Yoqilg‘ining yonmaydigan qismiga esa, azot, kislorod, namlik (W) va yoqilg‘i yonganda kul (A) ga aylanadigan mineral moddalar kiradi. Yoqilg‘ining tarkibi ishchi, quruq, yonuvchan va organik massalarga ajratiladi. Har bir massa tarkibiga mos ravishda quyidagidek indekslar beriladi: ishchi – i; quruq – q; yonuvchan – (yo); va organik – o;
Yoqilg‘i iste’molchiga qaysi holda berilsa va yondirilsa, shu holdagi yoqilg‘iga ishchi yoqilg‘i, massasi va elementar tarkibi esa, mos ravishda ishchi massa va ish tarkibi deyiladi. Ishchi massaning elementar tarkibini quyidagicha yozish mumkin.
(2)
Yoqilg‘ini yonmaydigan elementlari uning ballastini tashkil etadi. Kislorod va azot yoqilg‘ining ichki ballasti, kul va namlik esa tashqi ballasti hisoblanadi. Yoqilg‘ining quruq massasi tarkibida namlik bo‘lmaydi:
(3)
Ishchi massadan quruq massani qayta hisoblash formulasi quyidagi ko‘rinishga ega:
va sh.k. (4)
Yoqilg‘ining yonuvchan massasi tarkibida tashqi ballast, ya’ni namlik va kul bo‘lmaydi:
(5)
Bunday tarkibni “yonuvchan massa” deb aytishimiz shartli albatta, chunki uning tarkibidagi faqat C, H va S largina yonuvchan elementlar hisoblanadi.
Yoqilg‘ining yonuvchan massasining tarkibi uning o‘zgarmas tavsifi bo‘lib, hajmi va kul miqdori o‘zgarganda ham bu tavsifi o‘zgarmaydi. Qattiq yoqilg‘idagi uglerod miqdori uning geologik yoshi ortishi bilan ko‘payadi. Masalan, torfdagi uglerod miqdori Cyo=5060%, qo‘ng‘ir ko‘mirda Cyo=6075%, toshko‘mirda Cyo=7590% ni tashkil etadi. Quruq va ishchi massadan yonuvchan massani qayta hisoblash quyidagi formula bo‘yicha amalga oshiriladi.
va sh.k. (6)
Yoqilg‘ining organik massasi tarkibini quyidagicha yozish mumkin:
C+H°+S° +N° =100% (7)
Barcha issiqlik texnikasi hisoblarida yoqilg‘ining tarkibi uning ishchi massasi bo‘yicha olinadi. Gaz yoqilg‘isi tarkibini quyidagi formula orqali ifodalash mumkin:
CH4+CmHn+CO+H2+H2S+CO2+O2+N2=100% (8)



Download 118.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling