14-ma’ruza. YoQilg‘I


Gaz va suyuq yoqilg‘ining yonishi


Download 394.66 Kb.
bet6/10
Sana18.06.2023
Hajmi394.66 Kb.
#1588499
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
14-ma\'ruza

Gaz va suyuq yoqilg‘ining yonishi
Gaz va suyuq yoqilg‘ining yonishi bir – biridan kam farq qiladi, chunki suyuq yoqilg‘i yonishidan oldin bug‘lanadi. Yoqilg‘i yonganda uning tarkibidagi yonuvchan elementlarning kimyoviy oksidlash jarayoni ro‘y beradi va natijada jadal issiqlik ajralib, yonish mahsulotlari temperaturasi keskin ko‘tariladi.
Yonish gomogen (ya’ni, yoqilg‘i va oksidlovchi modda bir xil agregat holatida bo‘ladi) yoki geterogen (ya’ni, yoqilg‘i va oksidlovchi modda turli agregat holatida bo‘ladi) bo‘lishi mumkin. Suyuq yoqilg‘ida ballast deyarli bo‘lmaydi, shuning uchun u faqat mash’ala qilib yoqiladi. Yoqish paytida yoqilg‘ini butunlay to‘zitib yuborish kerak. Yoqilg‘i yaxshi to‘zitilmasa, yonish mahsulotlari ichida ko‘p miqdorda yonmagan sof uglerod C, uglerod (II) – oksid CO va uglevodorodlar CmHn qolishi mumkin. Gaz yoqilg‘isini suyuq va qattiq yoqilg‘iga qaraganda mash’ala usulida oson va samarali yoqish mumkin. Lekin barcha yoqilg‘ini yoqishdagi singari uni ham havo bilan yaxshi aralashtirish lozim. Gaz oqilg‘isining yonish jarayoni gomogen bo‘ladi. Yonish jarayoni boshlanishi uchun gaz va oksidlovchi modda bir – biriga tegib (tutashib) turishi va yetarli shart – sharoitlar bo‘lishi lozim. Yonuvchan elementlar nisbatan past temperaturalarda ham oksidlanishi mumkin. Bunday sharoitda kimyoviy reaktsiyalar tezligi kichik bo‘ladi, temperatura ortishi bilan reaktsiya tezligi oshadi. Ma’lum bir temperaturaga yetganda esa, gaz – havo aralashmasi alangalanadi (o‘t oladi), reaktsiyalar tezligi ortadi va ajralib chiqayotgan issiqliq miqdori yoqilg‘ini o‘z – o‘zidan yonishini ta’minlash uchun yetarli bo‘ladi. Aralashma alangalanadigan (o‘t oladigan) eng past temperaturaga alangalanish (o‘t olish) temperaturasi deyiladi. Bu kattalik yoqilg‘ining fizik xossalariga, yondirish usuliga, aralashmadagi yoqilg‘i miqdoriga va shu kabilarga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, vodorodning o‘t olish temperaturasi 820–870K, uglerod oksidi va metanniki mos ravishda 1020–930 va 140-1070K. Ba’zi yoqilg‘ilarning o‘t olish temperaturalari 14.4–jadvalda keltirilgan.
Yoqilg‘i o‘t olish temperaturasining 
koeffitsientga bog‘liqligi.
14.4 – jadval.


Download 394.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling