14-ma’ruza. YoQilg‘I
-rasm. Oraliq bunkerli chang tayyorlash sxemasi
Download 394.66 Kb.
|
14-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘mir changini yoqish gorelkasi.
- Suyuq va gaz yoqilg‘i yoqiladigan gorelka va forsunkalar
- Nazorat uchun savollar
14.8-rasm. Oraliq bunkerli chang tayyorlash sxemasi.
Siklondagi ozgina chang aralashgan havoni ventilyator so‘rib oladi va aralashtirgichga yo‘naltiradi, bu yerga bir vaqtning o‘zida oraliq bunkeridan yoqilg‘i changi ham beriladi. Tayyor chang yoqish uchun o‘txona 14 ning gorelkasi 11 ga puflanadi. Ko‘mir changining sifati, asosan uning mayinlik darajasi, oxirgi namligi va portlash havfi yo‘qligi bilan aniqlanadi. Ko‘mir changini yoqish gorelkasi. Changsimon yoqilg‘ining tez va tejamli yonishi hamda hosil bo‘ladigan mash’alaning barqarorligi asosan, ko‘mir changining yonish kamerasiga purkab beradigan gorelkalarning ishlashiga bog‘liq. Gorelkalar quyidagi talablarga javob berishi kerak: yoqilg‘i bilan havoni yaxshi aralashtirishi lozim; yonuvchi aralashmaning yondirilishi puxta bo‘lishi kerak; mash’ala o‘txona kamerasini butunlay to‘ldirishi kerak va gorelkani sozlash oson bo‘lishi lozim. Changsimon yoqilg‘ini yoqishda, asosan, gorelkalarning ikki xili: uyurmali (aralashma va ikkilamchi havo shiddat bilan uyurma hosil qilib harakatlanadi) va to‘g‘ri oqimli tirqishli gorelkalar ishlatiladi. Tirqishli gorelkalarda chang – havo aralashmasi o‘txonaga tor tirqish orqali uzatiladi. Aralashmaning bunday uzatilishida mash’alaning uzoqqa otilishi ancha ortadi. Bunday gorelkalar o‘txona kamerasida qarama-qarshi yoki burchaklarga o‘rnatiladi. Uyurmali gorelkalarda mash’ala uzunligi katta bo‘lmaydi va ular o‘txona kamerasining ro‘parasidagi devorga o‘rnatiladi. Chang havo aralashmasini va ikkilamchi havoni o‘txonaga uzatish sxemasi 14.9-rasmda ko‘rsatilgan. 14.9-rasm. Ko‘mir changini yoqish gorelkalarining asosiy sxemalari. a,b- to‘g‘ri oqimli gorelkalar; v-uyurmali gorelkalar; 1-ikkilamchi havo; 2-chang-havo aralashmasi; 3-qaynoq gazlarning aylanishi. 14.9-rasmda (a,b) chang havoni va havoni to‘g‘ri oqimli tirqishli gorelkaga uzatish usullari ko‘rsatilgan. Shu rasmda yana uyurmali gorelkaga chang havoni va havoni uzatish ko‘rsatilgan. Chang havo aralashmasi markaziy quvur orqali uzatiladi, ikkilamchi havo esa, chekkadagi kanaldan uzatiladi. Suyuq va gaz yoqilg‘i yoqiladigan gorelka va forsunkalar O‘txonalarda yoqiladigan suyuq yoqilg‘i gorelkaning tarkibiy qismi bo‘lgan forsunkalar yordamida purkaladi va purkalgan yoqilg‘i havo bilan yaxshi aralashib to‘liq yonadi. Qozon qurilmalarida suyuq yoqilg‘ilardan faqat mazut yoqiladi. Yaxshi purkalishi uchun mazut oldindan 140-160S gacha isitib olinadi. U bir vaqtning o‘zida mazut tashishni ham osonlashtiradi, chunki xarorat ko‘tarilishi bilan mazutning qovushoqligi kamayadi. Mazut g‘ilof-quvurli IAA larida bug‘ va issiq suv yordamida isitiladi. Mazutning qotib qolishining oldini olish uchun uni IAA va gorelka orasida uzluksiz aylanishi ta’minlanadi. Mazutni mayda qattiq zarralardan tozalash uchun, uning teshiklari soni xar 1 sm2 da 5 40 ta bo‘lgan filtrlardan o‘tkaziladi. Mazut forsunkalari purkash usuliga qarab to‘rt guruxga ajratiladi: bug‘li, havoli, kombinatsiyalangan va mexanikaviy. 14.10-rasmda qo‘llanilayotgan forsunkalarning asosiy sxemalari ko‘rsatilgan. 14.10-rasm. Mazut forsunkalarining asosiy sxemalari. 1-yoqilg‘i; 2-havo; 3-bug‘. Mexanikaviy forsunkalarni to‘g‘ri oqimli, markazdan qochirma va rotatsion forsunkalarga bo‘lish mumkin. To‘g‘ri oqimli forsunkalarda, yoqilg‘i oqimi kichik diametrli soplo orqali o‘tishida 1-2 MPa bosim bilan siqiladi va natijada u to‘zg‘itiladi(14.10-rasm,a). Markazdan qochirma forsunkalarda yoqilg‘i markazdan qochirma kuchlar ta’sirida to‘zitiladi (14.10-rasm, b,v). Rotatsion forsunkalarda (14.10-rasm,g) yoqilg‘i tez aylanib sochib turuvchi stakan ichiga uzatiladi, u yerda yoqilg‘i markazdan qochirma kuchlar ta’sirida yupqa plenka hosil qilib oqib chiqadi. Stakandan chiqaverishda yupqa plyonkaning birlamchi havo ilashtirib ketadi. Bug‘li va havoli forsunkalarni bir guruxga – to‘zg‘itadigan muhitli forsunkalarga birlashtirish mumkin. Bug‘li forsunkalarda (14.10-rasm, d)bunday muhit sifatida bosimi 0,4-1,6MPa bo‘lgan suv bug‘i ishlatiladi. Mazut forsunkaga 0.3-0,4MPa bosim ostida uzatiladi. Bug‘ oqimi tezligi qanchalik katta bo‘lsa, yoqilg‘i shunchalik mayda purkaladi. Aksariyat yoqilg‘i forsunkalarida bug‘ning kritik tezligiga erishiladi. Bug‘li forsunkalarning tuzilishi mexanikaviy forsunkalarga qaraganda sodda lekin bug‘ning sarfi katta bo‘lganligi (1 kg mazutga 0,30-0,35 kg bug‘) va kuchli shovqin tufayli ular unumdorligi 3,3 kg/s gacha bo‘lgan qozon agregatlarida ishlatiladi. Havoli forsunkalarda to‘zg‘ituvchi muhit sifatida havo ishlatiladi. Bunday forsunkalarni past va yuqori bosimli forsunkalarga ajratish mumkin. Birinchi gurux forsunkalarida havoning bosimi 0,2-1 MPa ga teng bo‘ladi(14.10-rasm,d), ikkinchi gurux forsunkalarida esa, havoning bosimi 0,002-0,008 MPa ga teng bo‘ladi. 14.11-rasmda markazdan qochirma va bug‘li forsunkalarning tuzilishi ko‘rsatilgan. 14.11-rasm. Mazut forsunkalari. a-markazdan qochirma: b-bug‘li. 1,2- bug‘ va mazut uchun quvurlar; 3-qobiq; 4-uzatish kanali; 5-nasadka; 6-soplo. Gaz gorelkalari ishlash usuliga qarab quyidagilarga bo‘linadi: Kinetik gorelkalar – bunda gaz havo bilan gorelkadan chiqishidan oldin to‘liq aralashadi; Diffuzion – kinetik gorelkalar – bunda gaz havo bilan qisman aralashadi; Diffuzion gorelkalar-bunda gaz havo bilan gorelkadan tashqarida aralashadi. Havoni uzatish usuliga qarab gorelkalar injektsion va havo majburiy uzatiladigan (puflanadigan) gorelkalarga bo‘linadi. Shunga asosan gorelkalar past bosimli (5kPa gacha), o‘rta bosimli (5kPa-0,3 MPa) va yuqori bosimli (0,3MPa dan yuqori) gorelkalarga bo‘linadi. 14.14-rasmda gaz gorelkalarining asosiy sxemalari ko‘rsatilgan. 14.14-rasm. Gaz gorelkalari sxemalari. 1- gaz soplosi; 2-havo qopqog‘i; 3-aralashtirgich; 4-sopol nasadka; 5-kurakli uyurmalantirgich;6-gaz kollektori; 7-o‘txonaning qoplamasi; I-havo; II-gaz; a-injektsion gorelka; b- havo majburiy uzatiladigan gorelka. Injektsion gorelkada (14.14-rasm,a) gaz soplodan chiqayotgan havoni so‘radi va u bilan aralashadi. Gaz-havo aralashmasi gorelkaga bevosita qo‘shilib ketgan o‘tga chidamli materialdan tayyorlangan nasadkada yonadi. Gorelkadan o‘tayotgan gazning sarfi tuzilishiga bog‘liq ravishda 0,5 dan 1000m3/soat gacha o‘zgaradi. Nasadkaning uzunligi 1m gacha, gaz-havo aralashmasining tezligi esa 30-80 m/s bo‘lishi mumkin. 14.14-rasmda (b) havo majburiy uzatiladigan oddiy gorelkaning sxemasi tasvirlangan. Gorelkada ichki quvurlar orasiga gaz uzatiladi. Tashqi quvurlar orasiga esa havo uzatiladi. Gaz ichki quvur orqali yondiriladi va shu orqali gorelkaning ishlashi kuzatilib turiladi. Gaz-mazut gorelkalari asosiy yoqilg‘i gaz va zahiradagi yoqilg‘i mazut bo‘lgan ko‘pgina xollarda qo‘llaniladi. Bunday gorelkalarda gaz yoki mazutni aloxida va bir vaqtning o‘zida ikkala yoqilg‘ini yondirish mumkin. Lekin gaz va mazut birgalikda yoqilganda o‘txona isroflanadi, ya’ni q3 (kimyoviy) va q4(mexanik) isroflar ortib ketadi. Mazut forsunkasi gorelkaning markaziy kanali ichida joylashadi. Qozonlar, odatda ikki xil yoqilg‘ini yoqish imkoniyatidan kelib chiqqan holda loyihalanadi. Masalan, changsimon yoqilg‘i uchun o‘txonalarda zahira yoqilg‘isi sifatida asosan gaz ishlatiladi. Bunday xollarda ko‘mir changini yoqish gorelkalari chang – gaz gorelkalariga o‘zgartirilib, unga gaz yoqilg‘isi uzatiladi. Nazorat uchun savollar: Qattiq yoqig‘i tarkibini keltiring. Gaz yoqilg‘isi tarkibini keltiring. Yoqilg‘i turlari. Yonuvchan massa qanday elementlardan tashkil topgan? Kokslashni tushuntirib bering. Chala koks deb nimaga aytiladi? Yoqilg‘ining yonish issiqligi. Shartli yoqilg‘i deb nimaga aytiladi? Download 394.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling