14-ma’ruza. YoQilg‘I


Changsimon ko‘mir yoqilg‘i tayyorlash


Download 394.66 Kb.
bet8/10
Sana18.06.2023
Hajmi394.66 Kb.
#1588499
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
14-ma\'ruza

Changsimon ko‘mir yoqilg‘i tayyorlash.
Yirik energetik qurilmalarda changsmon va juda maydalangan yoqilg‘i asosiy yoqilg‘i hisoblanadi. U maxsus ko‘mir tegirmonlarida antratsit, toshko‘mir va qo‘ng‘ir ko‘mir, torf hamda slanets bo‘laklaridan va maydalaridan foydalanib tayyorlanadi. Yoqilg‘ini maydalash uning sirtini keskin oshirib yuboradi va yanada to‘liq yonishiga imkon tug‘diradi. Elektrostantsiyalarga yoki qozonxonalarga ko‘mirning o‘lchamlari turlicha bo‘lgan (1-300 mm) bo‘laklar ko‘rinishida keladi. Ko‘mir bo‘laklari maydalash mashinalarida 15-25 mm gacha maydalanadi. Maydalangan ko‘mir bo‘laklari tegirmonlarga yuboriladi va u yerda o‘lchami 0,1 – 1000 mkm gacha bo‘lgan chang (kukun) holiga keltirilib, ko‘mir changini yoqish gorelkasiga yuboriladi. Tegirmonlar quyidagi turlarga ajratiladi: Aylanish chastotasi 0,25-0,42 s-1 bo‘lgan sekin aylanadigan tegirmonlar. Bunday turdagi tegirmonlarga shar barabanli tegirmon misol bo‘la oladi(14.6-rasm).


14.6-rasm. Shar barabanli tegirmon.
1-baraban; 2- tsapfalar; 3-podshipniklar; 4-katta shesternya; 5-kichik shesternya; 6- reduktor; 7-elektroDvigatel; 8-ulash muftasi; 9- qo‘zg‘almas potrubkalar; 10- zirxli plitalar; 11- sharlarning harakat traektoriyasi; 14-separatordan qaytish.
Diametri  2-4 m bo‘lgan Silindrik baraban elektrovigatel 7 va shesternyalar 4-6 yordamida aylanadi. Barabanning ichki qismiga yedirilishga chidamli marganetsli po‘lat plitalar qoplangan. Barabanga diametri 30-40 mm li po‘lat sharlar va maydalab kukunga aylantirilishi lozim bo‘lgan yoqilg‘i solinadi. Sharlar dumalab, yoqilg‘ini urib kukunga aylantiradi. Bunday tegirmonlarda namligi yuqori bo‘lgan qo‘ng‘ir ko‘mir va torfdan tashqari barcha qattiq yoqilg‘ilarni maydalash mumkin.
Aylanish chastotasi 0,85-1,3 s-1 bo‘lgan o‘rtacha aylanadigan tegirmonlar. Ular ikki xil bo‘ladi:
Aylanuvchi silindrli – silindrlar aylanayotgan plitalar ustida dumalab, yoqilg‘ini ezadi va maydalaydi. Bunday tegirmonlarda uchuvchan moddalar miqdori o‘rtacha va namligi ham o‘rtacha bo‘lgan toshko‘mirlarni maydalash mumkin;
SHarli – bunday tegirmonlarda sharlar aylanuvchan xalqada dumalab, yoqilg‘ini maydalaydi. Aylanish chastotasi 14,5-25 s-1 bo‘lgan tez aylanuvchi tegirmonlar. Bularga quyidagilar kiradi:

Download 394.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling