Yuqorida qayd etilgan tamoyillar, me'yorlar bevosita ma'naviyatning mohiyatli unsurlaridir. Ular turli tarixiy davrlarda turli ko'rinishlar kasb etishi, shaklan va mazmunan boyishi tabiiy. Bugun biz buning guvohimiz. Lekin faxr bilan e'tirof qilishimiz mumkinki, zamonaviy umuminsoniy kadriyatlarning muayyan qismi o'z ildizlari bilan bizning ajdodlarimiz ijodiga va faoliyatiga borib taqaladi.
Amir Temur o’rta asrlarning davlat arbobi markazlashgan davlat asoschisi ilm fan va madaniyat homiysi o’zbek milliy davlatchiligi tarixida alohida o’ringa ega bo’lgan markazlashgan saltanat asoschisidir. Shuni alohida aytib o’tish joizki “Kuch adolatda” shiorini davlat siyosati darajasiga olib chiqdi, va shu bilan birga millatlararo tinchlikni ta’minladi. Saltanat boshqaruvida 4 narsaga kengash mashvaratu maslahat qat’iy qaror tadbirkorlik va hushyorlik. Buni isboti sifatida “Temur tuzuklari” ning kirish qismida “Pirim Zayniddin Abubakr Tayobodiy menga shunday fikr bermishlarkim saltanat boshqaruvida mashvarat va tadbirkorlik bilan ish yuritishni alohida ta’kidlab o’tganligiga” to’xtaladi. Buni biz sohibqironning uzugidagi so’zlarda “Rostiyu-rusti” haqgo’y bo’lsang najot topasan degan adolatparvar so’zlaridan ham anglashimiz darkor. O’lkan saltanatni markazlashtirgan millatlar xalqlar o’rtasida saltanatda Amir Temur ta’biri bilan aytganda “saltanatimning u chetidan bu chetigacha biror bolakay boshida bir lagan tilla ko’tarib o’tadigan bo’lsa, bir donasiga ham zarar yetmaydigan tartib intizom o’rnatdim” –deya qayd etib o’tadi.
Dunyo tarixida bir qancha sarkardalar o’tishgan lekin ularning ko’pchiligi adolat din, dinu diyonat bunyodkorlik va shu kabi xislatlarga e’tiborsizlik bilan qaradi. Sohibqiron esa o’z davlati uchun bunyodkorlik yaratuvchanlik kabi ezgu g’oyalarni o’ziga dasturulamal qilib oldi.
«Tuzuklar»da davlatni yetti nafar vazir idora qilganligi ko’rsatiladi. Bular:
1.Mamlakat va raiyat ishlari bo’yicha vazir (bosh vazir);
2. Vaziri sipoh, ya'ni harbiy ishlar bo’yicha vazir;
3. Egasiz qolgan mol-mulklarni tasarruf etish vaziri;
4. Saltanatning kirim-chiqim ishlarini boshqaruvchi vazir, ya'ni moliya ishlari vaziri;
5, 6, 7. Sarhad (chegara) viloyatlarining ishlarini nazorat qilib turuvchi vazirlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |