14-mavzu: Amir Temur va temuriylar davrida milliy ma’naviyatimizning qayta uyg‘onishi va yuksalishi


Sohibqironning bunyodkorlik sohasidagi tarixiy xizmatlari beqiyos


Download 44.5 Kb.
bet8/15
Sana27.01.2023
Hajmi44.5 Kb.
#1132949
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
Ma\'naviyatshunoslik 14-amaliy mashg\'ulot

Sohibqironning bunyodkorlik sohasidagi tarixiy xizmatlari beqiyos. Amir Temur va uning avlodlari sa’yi-harakatlari bilan qurilgan madrasalar, masjidlar, xonaqohlar, saroylar, bozorlar, qal’alar, kanallar va boshqa inshootlarning son-sanog‘i yo‘q. Amir Temurning bevosita rahnamoligida bunyod etilgan Bibixonim jome masjidi, Go‘ri Amir, Ahmad Yassaviy, Zangi Ota maqbaralari, Oqsaroy va Shohi Zinda me’moriy mo‘jizalari, Bog‘i Chinor, Bog‘i Dilkusho, Bog‘i Behisht, Bog‘i Baland singari o‘nlab go‘zal saroy-bog‘lar va shu kabi boshqa inshootlar shular jumlasiga kiradi.Tarix bu ko‘hna dunyoda juda ko‘p jahongirlarni ko‘rgan. Amir Temurning ulardan farqi shundaki, u umr bo‘yi bunyodkorlik bilan mashg‘ul bo‘lgan. Uning «qay bir joydan bir g‘isht olsam, o‘rniga o‘n g‘isht qo‘ydirdim, bir daraxt kestirsam, o‘rniga o‘nta ko‘chat ekdirdim» degan so‘zlari bunyodkorlik, yaratuvchanlik faoliyatining tasdig‘idir. «Agar bizning qudratimizni bilmoqchi bo‘lsangiz, qurgan binolarimizga boqing» deganda Amir Temur, avnalo, o‘z xalqiga, kelajak avlodlariga murojaat qilgan, desak yanglishmaymiz.
Sohibqironing Temur tuzuklaridan quyidagi satrlarni o‘qish mumkin:
«Yuz ming otliq askar qila olmagan ishni bir to‘g‘ri tadbir bilan amalga oshirish mumkin».
«Zolimlardan mazlumlar haqqini oldim. Zolimlar yetkazgan ashyoviy va jismoniy zararlarni isbotlaganimdan keyin, ularni shariatga muvofiq odamlar o‘rtasida muhokama qildim va bir gunohkorning o‘rniga, boshqasiga jabr-zulm o‘tkazmadim».
«Kimki birovning molini zo‘rlik bilan tortib olgan bo‘lsa, mazlumning molini zolimdan qaytarib olib, egasiga topshirsinlar. Agar kimda-kim tish sindirsa, ko‘zini ko‘r qolsa, quloq va burun kessa, sharob ichsa, zino qilsa, devondagi shariat qozisi yoki ahdos qozisiga olib borib topshirsinlar».
Quyidagi tuzuklarda Amir Temurning kechirimli xislatlari namoyon bo‘lgan. Buni u boshqalardan ham talab qilgan. Kechirimli bo‘lish inson uchun eng yaxshi fazilat sanaladi:
Amir Temur shaxsining ulug’ligi uning Chingizxondan keyin hududining kattaligi jihatidan dunyoda ikkinchi buyuk saltanatga asos solganligida emas, yoki o’zining Sohibqironlik faoliyati davomida 30 marta yurishlar qilib, biror marta bo’lsa-da yengilmaganligida ham emas uning mardligi va qahramonligi kabi g’oyatda muhim fazilatlarida ham emas, albatta. Bu fazilat va omillar ham so’zsiz Amir Temur shaxsini ulug’lashda va uni jahonga mashhur qilishda katta o’rin tutgan. Ammo Amir Temurning dunyoda eng ulug’ va buyuk shaxs, davlat arbobi, mashhur sarkarda, fan va madaniyat homiysi sifatida nom qozonishiga sabab bo’lgan fazilatlar «Temur tuzuklari” da o’z ifodasini topgan. Bu fazilatlar:
Biirinchisi va eng asosiysi Islom dini, Qur'oni Karim va uning g’oyasiga cheksiz sadoqatda. «...har yerda va har vaqt Islom dinini quvvatladim», deydi u. «Yana tajribamda ko’rib bildimki, davlat agar dinu oyin1 asosida qurulmas ekan, to’ra-tuzukka bog’lanmas ekan, unday saltanatning shukuhi, qudrati va tartibi yo’qoladi. Bunday saltanat yalang’och odamga o’xsharkim, uni ko’rgan har kimsa, nazarini olib qochadi. Yoxud kasu nokas tap tortmay kirib chiqadigan tomsiz, eshigi-to’sig’i yo’q uyga o’xshaydi.

Download 44.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling