14 mavzu. Bozor hokimiyati sharoititda narxlarning shakllanishi. Reja
Download 14.81 Kb.
|
14 mavzu. Bozor hokimiyati sharoititda narxlarning shakllanishi.-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iste‟molchilar daromadiga kora narxlarni belgilashning
- Iste‟molchi ortiqchaligini egallash
14 mavzu. Bozor hokimiyati sharoititda narxlarning shakllanishi. Reja 14 - MAVZU. Bozor hokimiyati sharoititda narxlarning shakllanishi. Reja: Narx turlari Iste'mol ortiqchaligini egallash Narxlarning diversifikaciyasi Monopolist narxni chekli harajatdan yuqori qilib belgilaydi, ya‘ni natijada resurslarning taqsimlanishi samarali bo'lmaydi. Monopol narxning o'rnatilishi jamiyatda yo‘qotishlarga olib keladi. Narx qanchalik yuqori bo'lsa, jamiyatning yo'qotishi ham shunchalik ko'p bo'ladi. Shuning uchun ham bozor iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda monopoliyaga qarshi qonunlar ishlab chiqilgan. Monopol hokimiyatga ega bo'lgan firmalarning narxni belgilash strategiyasining asosini iste‘molchi ortiqchaligini egallash orqali qo'shimcha foyda olish usullari tashkil qiladi. Narxlar diversifikatsi (narxlarni iste‘molchilarning imkoniyatlariga qarab har xil darajalarda belgilash) uch xil bo‘lishi mumkin: iste‘molchi daromadiga ko'ra, iste'mol hajmiga va tovarlar turiga ko'ra. Iste‟molchilar daromadiga ko'ra narxlarni belgilashning ideal varianti har bir haridorning imkoniyatidan kelib chiqib, u sotib oladigan har bir tovarga maksimal narx belgilashdir. Ushbu maksimal narxni haridorning rezerv narxi deb qaraladi. Har bir haridor uchun rezerv narx belgilashga iste‘molchilarning daromadiga ko'ra narxlarni ideal diversifikatsiyalash deyiladi. Tovarlar kategoriyasiga qarab ularga narx belgilashni ko'rib chiqishda quyidagi ikkita shart bajarilishi zarurdir. Birinchi shartga ko'ra ishlab chiqarish hajmidan qat‘iy nazar, umumiy hajmdagi tovarni haridorlar guruhlariga shunday taqsimlash kerakki, har bir birlik tovarni sotishdan olinadigan chekli daromadning qiymati bir xil bo'lsin. Ikkinchi shart - har bir nav bo'yicha ishlab chiqariladigan mahsulot hajmi foydani maksimallashtiradigan hajmga teng bo'lsin. M onopoliyaga qarshi qonun firmalarda jamiyat uchun xavfli bo'lgan monopolistik hokimiyatni to‘planishini cheklashga qaratilgan. Qaysi firma bozor narxiga ko'proq ta‘sir qila olsa, u ko'proq monopolistik hokimiyatga ega bo'ladi. Iste‟molchi ortiqchaligini egallash. Faraz qilaylik, firma barcha ishlab chiqargan mahsulotlarini bir narxda sotsin (11.1-rasm). U foydasini maksimallashtirish uchun narx ni unga mos keluvchi ishlab chiqarish hajmi ni chekli harajat chizig'i bilan chekli daromad chizig'i kesishgan nuqtaga ko'ra belgilaydi. Firma ishlab chiqarish hajmida maksimal foyda bilan ishlaydi, lekin firma rahbarlari foydani yanada oshirish to'g'risida o‘ylaydi. Iste‘molchi ortiqchaligi sohasida ko'rish mumkinki (NM oraliqda) ba‘zi bir iste‘molchilar tovarni narxdan yuqori narxda ham sotib olishi mumkin. Lekin, narx dan yuqori qilib qo‘yilsa, sotish hajmi kamayadi, bir qator iste‘molchilar yo‘qotiladi va olinadigan foyda kamayadi. Narx monopol bo'lganda ham iste‘molchilarning bir qismi tovarni sotib olaolmaydi, lekin ular narx dan kichik (ammo chekli harajatdan yuqori bo'lgan) bo'lgan holda tovarni sotib oladilar. Bunday haridorlar ME sohaga qarashli bo'lib, ularning ortiqchaligi DME soha yuzasiga teng. Firma narxni tushirsa, u ME oraliqqa qarashli haridorlarga ham tovarni sotishi mumkin. Biroq, bu holda uning daromadi va shu bilan birga foydasi ham kamayib ketadi. Firma NM oraliqqa qarashli iste‘molchilar ortiqchaligini (PmMN yuzaga teng ortiqchalikni) va ME oraliqdagi iste‘molchilar ortiqchaligini (DME yuzaga teng ortiqchalikni) qo‘lga kiritish uchun har xil guruhdagi iste‘molchilarning talab chizig'ida joylashuviga qarab har xil narx belgilashi mumkin. Yuqorida ko‘rdikki, bu ortiqchaliklarni bir xil narx belgilash orqali egallash mumkin emas. Ko'pchilik adabiyotlarda monopoliyaga qarshi qonunga klassik misol sifatida AQShning trestlarga qarshi qonuni keltiriladi. 1890 yilda birinchi bo'lib Sherman qonuni deb ataluvchi qonun qabul qilingan bo'lib, u asosan savdoni va tijoratni monopollashtirishga qarshi qaratilgan edi. Ushbu qonun savdo erkinligini cheklovchi har qanday kelishuvni taqiqlar edi va raqobatchilarni adolatsiz yo‘l bilan yo‘qotishni jinoyat deb qarar edi. Ushbu qonunni buzganlar jarima to‘lashdan tortib, firmani tarqatib yuborishgacha va hatto jinoiy javobgarlikka tortishgacha jazolanishni nazarda tutar edi. 1914 yilda Kleyton va federal savdo komissiyasi qonuni qabul qilindi. Ushbu qonun Sherman qonuniga qaraganda ancha mukammallashgan qonun bo'lib, u qonunni bajarilishini nazorat qilishni federal savdo komissiyasi zimmasiga yuklagan edi. Bundan tashqari ushbu qonunda monopoliyani vujudga kelishini oldini olish bo'yicha qilinadigan chora-tadbirlar belgilandi. 1938 yildagi Uiler qonuni iste‘molchilar huquqini himoya qilishga qaratildi (tovar to'g'risida noto'g'ri axborot berish va noto'g'ri reklama berishga qarshi). Download 14.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling