14-mavzu. Darslik va o’quv qo’llanmalar darslik


Download 40 Kb.
bet2/2
Sana28.12.2022
Hajmi40 Kb.
#1071241
1   2
Bog'liq
14-Maruza

Darsliklar tarixi qadim zamonlardan boshlanadi. Sharqda, xususan Furot va Dajla daryolari oraligʻida yashagan qadimgi shumerlar davrida sopol taxtachalarga bitilgan matnlar mil. av. 2-ming yillikka oid boʻlib, ular "qoʻllanma" va "daryoliklar" vazifasini oʻtagan. Keyinchalik boshqa sharq xalqlarida, ulardan keyin esa kad. dunyoda papirus yoki pergamentga bitilgan qoʻlyozma oʻquv kitoblari vujudga kela boshlagan va ular maʼlum bir sohaga, kasbga oʻrgatish uchun asosiy manba vazifasini oʻtagan. Kitob nashr etish ishi yuzaga kelgach, darsliklar hammabop boʻla boshladi. Pedagogika va psixologiya fanlarining taraqqiyoti bilan darsliklarning mazmuni va metodik tuzilishi tobora mukammallashib bordi.
Oʻrta Osiyoni Rossiya bosib olgunga qadar bu yerda mavjud boʻlgan maktab va madrasalardagi taʼlimtarbiyaning asosiy mazmuni islom taʼlimotini oʻrgatishdan iborat boʻlgan va ularda arab, fors, eski turk tillarida yozilgan diniy kitoblar darslik vazifasini oʻtagan. Bu darsliklar Qurʼon oyat va suralaridan, boshqa diniy kitoblarning turli qism va parchalaridan iborat boʻlgan. Maktabxonalarda "Haftiyak", "Chor kitob" va b. kitoblar oʻqitilgan. Madrasalarda ham musulmon diniy qoidalari toʻplami — "Avvali ilm" (fors tilida savol-javob tarzida tuzilgan), arab tili grammatikasiga oid "Bidon", "Qofiya" kabi qoʻllanmalardan foydalanilgan. Baʼzi madrasalarda talabalar qad. kitoblarni mustaqil oʻqib oʻrganishi natijasida geografiya, astronomiya, tibbiyot va boshqa fanlarga oid ayrim maʼlumotlardan xabardor boʻla borganlar, mumtoz shoirlarning asarlari bilan tanishganlar.
Oʻrta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olingandan keyin rus metodistlari taʼsirida mahalliy tillarda maktab darsliklari yaratila boshlandi. 19-asrning 70-yillaridan Toshkentda rus va rus-tuzem maktablari uchun ayrim darsliklar nashr etildi. 1875 yil A. A. Terentyevning "Russkaya azbuka dlya shkol Sredney Azii" ("Oʻrta Osiyo maktablari uchun rus alif-bosi"), 1885 yil V. P. Nalivkinning "Azbuka dlya russko-musulmanskix shkol osedlogo naseleniya Turkestanskogo kraya" ("Turkiston oʻlkasidagi oʻtroq aholiga moʻljallangan rus-musulmon maktablari uchun alifbo") darsliklari paydo boʻldi. 1887 yil V. P. Nalivkinning "Terma kitob" nomi bilan oʻzbekcha-tojikcha xrestomatiyasi, 1896 yil uning "Turkiston viloyatining Toshkand shahridagi seminariya degan madrasada oʻqiydurgan terma kitob" asari nashr qilindi. 1898 yildan S. M. Gramenitskiyning 3 qismdan iborat "Kniga dlya chteniya" ("Oʻqish kitobi") kitobi qoʻllanila boshlandi.
20-asrning boshlarida yangi usul maktablarining ayrim muallimlari ham oʻz ish tajribalarini umumlashtirib, oʻquv kitoblari tuza boshlashdi. Masalan, 1902 yil Toshkentda Saidrasul Saidazizovning "Us todi avval" alifbesi, 1903 yil Aliasqar Kalininning "Muallimi soniy" xrestomiyasi, Rustambek Yusufbek oʻgʻlining "Taʼlimi avval" va "Taʼlimi soniy", Abdulla Avloniyning "Birinchi muallim", Hamza va b.ning oʻquv qoʻllanmalari bosilib chiqdi. Lekin fizika, geometriya singari koʻpgina fanlardan oʻzbek tilida darsliklar yoʻq edi.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, taʼlim muassasalarida qoʻllanilayotgan darsliklarni qayta ishlash borasida katta ishlar olib borildi. 1997 yilda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining "Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonuni, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil yanvarda qabul qilingan "Uzluksiz taʼlim tizimini darsliklar va oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlashni takomillashtirish toʻgʻrisida"gi qarori muhim ahamiyatga ega boʻldi. Yetuk mutaxassislar tomonidan bir qator darsliklar mazmunan qayta ishlandi. Jumladan, tarix, adabiyot, geografiya, matematikadan yangi mazmundagi darsliklar joriy etildi. Shu davrgacha umumiy oʻrta taʼlim tizimining oʻquv rejasida boʻlmagan oʻquv fanlari (tabiiyot, odobnoma)dan original darsliklar yaratildi. Taʼlim amaliyotiga "Alifbo", "Tabiatshunoslik"dan muqobil darsliklar tatbiq etildi.
Oʻzbekistonda darsliklar nashr etish ishi keng yoʻlga qoʻyilgan. Darslik tayyorlashga ixtisoslashgan "Oʻqituvchi", "Oʻzbekistan", "Mehnat", Ibn Sino nomidagi nashriyotlar, "Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi va boshqa nashriyotlar darsliklar nashr etadi.
Download 40 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling