14-mavzu. Darslik va o’quv qo’llanmalar darslik


Download 40 Kb.
bet1/2
Sana28.12.2022
Hajmi40 Kb.
#1071241
  1   2
Bog'liq
14-Maruza


14-MAVZU. DARSLIK VA O’QUV QO’LLANMALAR

Darslik — muayyan o‘quv fanining mavzulari tizimli, chuqur va to‘liq yoritilgan, tegishli fan mazmunini belgilangan hajmda mukammal o‘zlashtirishga qaratilgan, mazmunan va shaklan ta’lim turlariga (o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim (bakalavriat, magistratura)) moslashtirilgan, o‘quvchi va talabalarda fanga taalluqli bilim, ko‘nikma va malakalar shakllanishiga, ijodiy qobiliyatlar rivojlanishiga xizmat qiladigan, rasmiy tasdiqlanadigan asosiy o‘quv nashridir.
O‘quv qo‘llanma — darslikni qisman to‘ldiruvchi, muayyan fan dasturi bo‘yicha tuzilgan va mavzularni zaruriy hajmda tizimli yoritib beradigan, fan asoslarining mukammal o‘zlashtirilishini ta’minlovchi, mazmunan va shaklan ta’lim turlariga (o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim (bakalavriat, magistratura)) moslashtirilgan, nazariy yoki amaliy mashq va mashg‘ulotlarga mo‘ljallangan, o‘quvchi va talabalarda fanga taalluqli bilim, ko‘nikma va malakalar shakllanishiga xizmat qiladigan, rasmiy tasdiqlanadigan o‘quv nashridir.
Uslubiy qo‘llanma — professor-o‘qituvchilar va bilim oluvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda bir darsning maqsadi, dars o‘tish vositalari va ulardan foydalanish usullari, darsning mazmuni, amaliy mashg‘ulotlar, qo‘shimcha topshiriqlar va boshqalar haqida tavsiyalar bayon qilinadigan, ta’lim muassasalarining kengashi (pedagogika kengashi) tavsiyasi asosida chop etiladigan nashr;
Darslik — muayyan fanga doir bilim asoslarini maʼlum tartibda bayon etadigan va yuqori maʼnaviy-gʻoyaviy, ilmiy uslubiy saviyada yozilgan kitob; oʻquv adabiyotining asosiy va yetakchi turi. Darsliklar 2 asosiy guruhga boʻlinadi: oʻquvchilar uchun darsliklar va talabalar uchun darsliklar. Oʻzbekistonda oʻquvchilar uchun moʻljallangan darsliklardan umumiy oʻrta taʼlim maktabi, ixtisoslashtirilgan maktab, akademik litsey, kasb-hunar kolleji, maxsus taʼlim maktablari va maxsus internat maktablarning oʻquvchilari; talabalar uchun nashr etilgan darsliklardan oliy oʻquv yurtlari talabalari mustaqil hamda oʻqituvchilar rahbarligida foydalanadilar.
Darsliklar muayyan fanga oid asosiy fakt, ilmiy tushuncha, qonun va nazariyalar mazmunini tegishli oʻquv yurtining dasturi hajmida taʼlim vazifalari hamda oʻquvchi (talaba)larga mos tarzda ochib beradi. Darsliklar taʼlimtarbiya vazifalarining imkoni bor darajada hal etilishiga, yaʼni bilimning muntazam, mustahkam va ongli oʻzlashtirilishiga, oʻquvchi (talaba)larda fanning muayyan sohasiga qiziqish uygʻotishga, ularda ilmiy tafakkurning tarkib to-pishiga yordam beradi. Darslikning tili ra-von va tushunarli boʻlishi, oʻquvchilar nutqining oʻsishiga yordam berishi lozim.

Download 40 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling