14-mavzu: Hikoya va ertaklarni qayta hikoya qilishga o`rgatish. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni ijodiy hikoya qilishga o`rgatish metodikasi


Download 1.38 Mb.
bet1/11
Sana10.03.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1258091
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
14-mavzu

14-mavzu:Hikoya va ertaklarni qayta hikoya qilishga o`rgatish. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni ijodiy hikoya qilishga o`rgatish metodikasi

Fan o’qituvchisi: Sharipova M.B

Reja:

  • 1Ertak va hikoya janrining o`xshash va farqli jihatlari
  • 2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni hikoya va ertak janridagi asarlar bilan tanishtirish
  • 3.Hikoya va ertaklarni qayta hikoya qilishga o`rgatish
  • 4.Hikoya qilishni o’rgatish.
  • 5.Hikoyalar turlari va ularning izchilligi.
  • 6.Ijodiy hikoya qilishga o`rgatish

Tayanch tushunchalar va iboralar:

  • badiiy adabiyot,kichik janrlar,hikoya, ertak, maktabgacha ta’lim muassasasi,ijodiy hikoya, matn va mazmun.

Hikoya qilish metodikasi

  • Bolalarning birgalikdagi hayot tajribalaridan olingan voqealar: ekskursiya, sayr, mehnat jarayoni, jonli va ravon hikoya qilib berish malakasini tarbiyalash. Hikoya qilayotganda tevarak-atrof- dagi buyum, voqea-hodisalarning nomini, ularning o'ziga xos xususiyatlarini, xatti-harakatlarini to'g'ri ifodalashga, voqea- larning vaqti va joyini ko'rsatishga o'rgatish. Topishmoqlar o'ylab topishga undash.
  • Ikkinchi yarim yillik. Bolalarni badiiy asarlarni qayta hikoya qilishga o'rgatishni davom ettirish.
  • Bolalarni manzarali suratlar bo'yicha maxsus hikoyalar to'qishga o'rgatish, ularni surat mazmunini tushunishga, surat¬dagi manzarani tevarak-atrofdagi manzaralar bilan taqqoslashga. o'z hikoyalarida tasviriy so'z va iboralardan foydalanishga o'rgatishni davom ettirish. Bolalar mustaqil hikoya tuzayotganlarida og'zaki nutq shakllaridan foydalanishlariga erishish.

hikoya qilib berishning quyidagi turlarini egallashlari lozim:

  • 1. Tanish ertak va hikoyalarni qayta hikoya qilib berish.
  • 2. Mashg'ulotlarda birinchi marta o'qib berilgan hikoya va aytib berilgan qisqa ertaklarni qayta hikoya qilib berish.
  • 3. Ko'rib turgan narsa-buyumlar: o'yinchoqlar, o'simliklar, kiyimlar, idish-tovoqlar, mebellar va hokazolar bo'yicha tasviriy hikoya tuzish.
  • 4. Voqeaviy-sujetli rasmlar bo'yicha tasviriy hikoya tuzish.
  • 5. Bolalar o'z tajribalari asosida xotiradan hikoya qilib berishlari.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling