14-mavzu. Hozirgi zamon iqtisodiy qarashlar evolyustiyasi. Reja
Download 154.66 Kb.
|
mcOPZ3Y-bkplWJU9SBaBrs7vooc1oulS
Neoliberalizm konstepstiyasi
Neoliberalizm XX asrning 30-yillari keynschilikdan farqli ravishda iqtisodiyotni davlat tartiblashiga bo’lgan muammolarga mustaqil qarash tizimi sifatida kelib chiqdi. Neoliberalizm erkin raqobat, shaxsiy manfaatlardan kelib chiqqan yakka faoliyat ustunligi g’oyasiga asoslangan nazariya. Yakka iqtisodiy faoliyatga bo’lgan davlat aralashuvi cheklangan bo’lishi kerak. Agar keynschilik davlatning iqtisodiyotga faol aralashuv chora-tadbirlarini qo’llab-quvvatlasa, neoliberalizm esa davlatning passiv tartiblashi tarafdori hisoblanadi. Iqtisodiy fandagi zamonaviy oqimlarning biri sifatida neoliberalizmning kelib chiqishi A.Smit va D.Rikardo asarlarida shakllangan liberalizm iqtisodiy siyosatidan boshlanadi. Liberalizmning asosiy belgilari erkin raqobat davridagi tovarli iqtisodiyotning o’ziga xosligini aks ettirgan. Liberalizm, iqtisodiy siyosat sifatida, erkin tadbirkorlik tizimini xo’jalikni tashkil etishning ancha qulay shakli deb qaragan. Erkin bozor mexanizmi iqtisodiy resurslarni optimal taqsimlash va foydalanishni ta’minlaydigan yagona tartiblovchi mexanizm hisoblangan, davlat esa, ba’zi bir ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib turuvchi kuch sifatida amal qilgan (A.Smit bo’yicha “tungi qaraul”). XX asrning 30-yillarining o’rtalariga kelib keyinschilikning rivojlanishi bilan iqtisodiy nazariyada va amaliyotda liberal yo’nalish inqirozi namoyon bo’la boshladi. Uning natijasida: bir guruh iqtisodchilar o’zlarining qarashlaridan voz kechgan holda keynschilikka qo’shilib ketdi va bu yangi ta’limotni ancha to’g’ri deb hisobladi; ikkinchi guruh iqtisodchilar bozor munosabatlarida davlatning xarakteri, o’rni va roli to’g’risidagi o’zlarining ko’z qarashlarini himoya qildi va ularni qayta o’zgartirgan holda neoliberalizm guruhini tashkil etdi. Keyinchalik iqtisodiy fanda neoliberal konstepstiyasining asosiy tamoyillari ishlab chiqildi va ularning amaliyotda amal qilishi ko’rsatib berildi, neoliberalizm oqimi va maktabi shakllantirildi, shuningdek, mazkur konstepstiyaning mohiyati va mazmuni to’g’risida bir butun tushunchalar yaratildi. Shunday qilib, neoliberalizm – bu erkin raqobat mexanizmi bilan davlatning iqtisodiyotni tartiblab turishini birga qo’shib olib borish zarurligini asoslab berishga qaratilgan iqtisodiy nazariya va xo’jalik amaliyotidagi zamonaviy yo’nalishlardan biri hisoblanadi. Neoliberalizm: xususiyati va asosiy belgilari. Neoliberalizm, bozor munosabatlari tizimi xo’jalik yuritishning ancha samarali shakli ekanligi, u iqtisodiy rivojlanish va o’sish uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratib berishi to’g’risidagi qoidaga asoslanadi. Neoliberallar iqtisodiyotni erkinlashtirish, bahoning erkin shakllanish tamoyillaridan, iqtisodiyotda xususiy mulkning va nodavlat xo’jalik tuzilmalarining etakchilik rolidan foydalanish tarafdori hisoblanadi. Bunda ular davlatning iqtisodiyotni tartiblashdagi rolini futbolni boshqarib boradigan, lekin o’yinda ishtirok etishga haqqi bo’lmagan hakamga o’xshatadi. Iqtisodiyotni davlat tartiblashining neoliberal konstepstiyasi vakillari L.Erxardning – “mumkin bo’lgan barcha joyda – raqobat, qaerda zarur bo’lsa o’sha erda - tartiblash” qoidasiga amal qilgan holda, iqtisodiy jarayonlarda davlat ishtirokini kamaytirish va iqtisodiyotdagi nomuvozanatlikni bartaraf etishning sharti sifatida tadbirkorlarning erkin va barqaror amal qilishga ko’maklash zarurligini isbotlab berdi. Neoliberalizmning asosiy belgilari:
bozor mexanizmi va erkin raqobat ustunligini e’tirof etgach, neoliberallar raqobat muhitini shakllantirish va unga amal qilishni nazorat qilish bo’yicha davlatning iqtisodiyotga aralashuvini mumkin deb hisoblaydi; zamonaviy iqtisodiyotning samaradorligini ta’minlashda iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining erkin amal qilishini qo’llab-quvvatlaydi; monopoliyani milliy xo’jalikning har tomonlama rivojlanish yo’lidagi to’siq deb e’lon qiladi va iqtisodiyotdagi monopol moyillik bilan kurashning zarurligini asoslab beradi; o’zini keynschilikka va xo’jalik hayotiga faol aralashuv tamoyiliga asoslangan totalitarizmga qarshi raqib deb hisoblaydi. XX asrning 30-yillaridayoq erkin raqobat tizimini cheklovchi iqtisodiyotni davlat tartiblashining keynschilik g’oyalariga qarshi, davlatning iqtisodiyotga aralashuvining muqobil neoliberal chora- tadbirlari turli mamlakatlarda ishlab chiqarila boshladi. Hozirgi zamon sharoitida “neoliberallar” nomi bilan ataluvchi bir qancha maktablar amal qiladi. Unga Chikago (M.Fridman), London (F.Xayek), Frayburg (V.Oyken, L.Erxard) maktablarini kiritish mumkin. “Ordoliberalizm” nima? Ikkinchi Jahon urushidan keyin neoliberalizm g’oyalari, eng avvalo G’arbiy Germaniya amaliyotida muvaffaqiyatli qo’llanila boshladi. Bu erda 1948 yildan neoliberalizm Bonning rasmiy doktrinasiga aylandi. O’sha yili V.Oykenning muharrirligi ostida xo’jalik va ijtimoiy tuzum to’g’risidagi neoliberallarning yillik jurnalining birinchi soni “Ordo” nomi bilan chop etildi. V.Oyken ishlatgan “Ordo” so’zi “Tabiiy tuzum ... erkin bozor xo’jaligi” tushunchasini bildiradi. Germaniyada neoliberalizm doktrinasi “Oyken maktabi” ta’sirida hatto “ordoliberalizm” deb atala boshladi. Ordoliberal konstepstiyasi asosida “ijtimoiy bozor xo’jaligi” konstepstiyasi ishlab chiqildi. Uni ishlab chiqqan iqtisodchi professorlar Alfred Myuller-Armak, Aleksandr Ryustov, Vilgelm Repke va Lyudvig Erxardlar hisoblanadi.
Download 154.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling