14-mavzu. Hozirgi zamon iqtisodiy qarashlar evolyustiyasi. Reja


«Industrial jamiyatdan keyingi jamiyat»


Download 154.66 Kb.
bet11/26
Sana05.01.2022
Hajmi154.66 Kb.
#231093
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
Bog'liq
mcOPZ3Y-bkplWJU9SBaBrs7vooc1oulS

«Industrial jamiyatdan keyingi jamiyat»

XX asr 60-yillarning oxiriga kelib aholi turmush darajasining o’sishi, xizmat ko’rsatish sohasining va iqtisodiyotda axborot sektorining roli kuchayib borishi bilan jahon iqtisodiy adabiyotlarida «Industrial jamiyatdan keyingi jamiyat» konstepstiyasi keng tarqala boshladi.

Amerika sostiologi Deniel Bell (1919) hozirgi zamon ijtimoiy tizimini asosiy xarakatlantiruvchi va qayta tashkil etuvchi kuch fan-texnika inqilobi deb hisoblaydi. Fan-texnika inqilobi ta’sirida iqtisodiy jarayonlarda, mulkchilik munosabatlarida, hokimiyatning tuzilishida, madaniyat, ma’naviyat va mafkura sohasida juda katta o’zgarishlar amalga oshiriladi. «Industrial jamiyatdan keyingi jamiyat» tizimining o’ziga xosligi shundan iboratki, u, eng avvalo – xizmat ko’rsatish jamiyati bo’lib, aholining ko’pchiligi shu sohada ish bilan band bo’ladi. Bu jamiyat yana shu bilan ifodalanadiki, iqtisodiyot «uyg’unlashgan xarakter» kasb etadi, uning rivojlanish sur’ati oshadi, umumiy farovonlik, aholi jon boshiga to’g’ri keladigan daromadlarning yuksak darajasi ta’minlandi, axborot hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Axborot umumxalq boyligi hisoblanadi, uni monopollashtirish juda qiyin. Agar industrial jamiyatning asosiy muammosi sanoat korporastiyalarining ishini tashkil qilish hisoblansa, unda industrial jamiyatdan keyingi jamiyatning asosiy xo’jalik muammosi “axborot iqtisodiyoti” uchun mahsulot yaratuvchi – universitetlar va ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatini tashkil qilish hisoblanadi. Insonning jamiyatdagi o’rni, mavqei va nufuzi endi uning mulkiy boyligidan ko’ra, uning malakasi va bilim darajasiga ko’proq bog’liq bo’ladi.

Haqiqatan ham jamiyatda xizmat ko’rsatish va axborot sohasining yuksak darajada rivojlanishi bunday jamiyatda sifat o’zgarishlar yuz berganligidan dalolat beradi.


Download 154.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling