14-mavzu. Hozirgi zamon iqtisodiy qarashlar evolyustiyasi. Reja
Download 154.66 Kb.
|
mcOPZ3Y-bkplWJU9SBaBrs7vooc1oulS
«Xalq kapitalizmi»Ikkinchi Jahon urushidan keyin institustionistlar o’zlari oldin taklif qilgan «boshqaruvchilar inqilobi» va «jamoa kapitalizmi» konstepstiyalarini davom ettirdilar. Mazkur konstepstiyaga binoan hozirgi zamon g’arb mamlakatlarida hokimiyat ayrim shaxslar qo’lida emas, balki jamoalar, eng avvalo, texnokratlar va menejerlar qo’lida bo’ladi. Bu mulkning juda ko’p mayda akstionerlar o’rtasida bo’linib ketishi bilan va ishlab chiqarish jarayonining qiyinlashi bilan bog’liq. Institustionalistlar tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiy fandagi boshqa yo’nalish – iqtisodiy rivojlanish nazariyasidir. Bunda asosiy e’tibor iqtisodiy o’sishning texnikaviy-xo’jalik omillariga (texnikaning rivojlanishi darajasi, ijtimoiy mahsulotdagi investistiyalar ulushi va b.) qaratilgan. XX asrning 40-yillari «xalq kapitalizmi» konstepstiyasi shakllandi, unda XIX asr oxiridan boshlab kapitalistik tizimda yuz bergan o’zgarishlar qayd etiladi. Yirik korporastiyalar va davlat tomonidan bozorning tartibga solinib turilishi bozordagi beqarorlikni va ortiqcha ishlab chiqarish inqirozini bartaraf etishga imkon beradi. Akstiyalarning keng tarzda tarqalishi yollanma ishchilarni kapital egalariga aylantiradi, bu hol asta- sekin kapitalistlar bilan yollanma ishchilar o’rtasidagi qarama-qarshilikka barham beradi. Davlatning faol qayta taqsimlash siyosati, keng aholi qatlamining mulkchilikda va kichik biznesda qatnashishi, yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlari tufayli umumiy farovonlik darajasining oshishi – bular hammasi ijtimoiy guruhlar o’rtasidagi tafovutni yo’qotadi, sinfiy ixtilof asosini bartaraf etadi. Mazkur o’zgarishlar jamiyatning ijtimoiy-psixologik holatiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi va iqtisodiy rivojlanishga imkoniyat yaratib berdi. Bu xususida R.Xeylbruner tasdiqlaganidek: «kapitalizm yangi tizim tufayli ancha diqqatga sazovor va hech qachon boshidan kechirmagan uzoq muddatli iqtisodiy o’sish yo’liga o’tdi… Ushbu tizim tufayli sanoati rivojlangan mamlakatlarda aholining keng qatlamini o’z ichiga olgan mislsiz gullab yashnash qo’lga kiritildi».
Download 154.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling