14-mavzu. Hozirgi zamon iqtisodiy qarashlar evolyustiyasi. Reja


V.Oyken “iqtisodiy tizim” tiplari to’g’risida


Download 154.66 Kb.
bet17/26
Sana05.01.2022
Hajmi154.66 Kb.
#231093
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26
Bog'liq
mcOPZ3Y-bkplWJU9SBaBrs7vooc1oulS

V.Oyken “iqtisodiy tizim” tiplari to’g’risida



Valter Oyken (1891–1950) o’zining “Milliy iqtisodiyot asoslari” (1947) kitobida xo’jalikni tashkil etish shakllarining asosiy tiplarini (turlarini) ko’rsatib beradi. Mazkur kitobning “Iqtisodiy tizimlar” bobida “xo’jalikning ideal tiplari” to’g’risidagi g’oya ilgari suriladi. Uning mohiyati V.Oykenning quyidagi mulohazalarida ochib beriladi: har qanday mamlakatning iqtisodiyoti juda ko’p bir xil elementlardan tashkil topgan, ya’ni pul, baho, foyda, kapital, foiz, mehnat, ish haqi va shu kabilar. Nega bo’lmasa turli mamlakatlarning iqtisodiyoti turlicha? V.Oyken bo’yicha, buning sababi bosh elementlarda yashiringan. Bunday elementlar, bir tomondan – bu erkin bozor xo’jaligi, ikkinchi tomondan - markaziy boshqaruv xo’jaligi hisoblanadi. Bu bosh elementlar ideal yoki sof xo’jalik tiplari hisoblanadi va boshqaruv uslublari bo’yicha bir-biridan farq qiladi. Birinchi xo’jalik tipida buyruq berishga, o’z hukmini o’tkazishga hech kimning haqi yo’q. Ikkinchisida – barcha qarorlar yuqoridan qabul qilinadi. Demak, o’z-o’zidan yuzaga kelish holatlari bo’lmaydi.

V.Oykenning keyinchalik qayd qilishicha, real voqelikda bunday ideal xo’jalik tiplari amal qilmaydi. Shuning uchun “xo’jalikning ideal tipi” tushunchasi bilan birga, u iqtisodiy hayotda doimo amal qiladigan “xo’jalikning real tipi” tushunchasini kiritadi.

Lekin har xil iqtisodiy tizim xo’jalikning ideal tipiga intiladi. Bu erda xo’jalik tiplari nima bilan aniqlanadi degan savol tug’iladi? Buning sababi, V.Oykenning fikricha, mamlakatning milliy-mintaqaviy xususiyatlariga, ya’ni an’ana, urf-odat, ahloq, din, madaniyat darajasi, odamlar ongining shakllanishi va shu kabilardan kelib chiqadi. Boshqacha aytganda, xo’jalik tiplari xalqning o’z tanloviga bog’liq. V.Oykenning fikriga ko’ra, ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodal er egaligi, totalitar davlatlar, shu jumladan, sostialistik iqtisodiyot markazdan boshqariladigan xo’jalikka intiladi. Xalq qancha madaniylashgan bo’lsa, u shuncha markazlashmagan iqtisodiyotni tanlaydi.

Bunday vaziyatda davlat o’zini qanday tutishi kerak? Neoklassiklar nuqtai nazariga ko’ra, bozorni tanlash – tabiiy jarayon, chunki ular iqtisodiyotning faqat bir tipini - erkin bozor xo’jaligini tan oladi. V.Oyken bo’yicha esa, insoniyat uchun iqtisodiyotning ikki tipi tabiiy; markaziy-boshqaruv xo’jaligi o’zining amal qilishida hatto ancha uzoq tarixiga ega. Shuning uchun, xalqning xo’jalik tipini tanlashida davlat uning istagiga quloq solishi, ijtimoiy institutlarni tashkil etishda yordam berishi kerak. Masalan, agar bozor bo’lmasa, bozorni tashkil etish. Keyin davlat bir chetga chiqib turishi va bozor ishtirokchilarining o’yin qoidalarini kuzatib borishi kerak. Bu erda neoliberallar futbol komandasini misol tariqasida ko’rsatadi. Ularning nuqtai nazariga ko’ra, davlat – bu futbol hakami, neoklassiklar esa davlatni hakamsiz ko’cha futbol komandasiga o’xshatadi.

Neoliberal yo’nalishning keynschilik va neoklassik yo’nalish bilan o’xshashlik tomoni bo’lsada, ulardan farq qiladi. Neoliberalizm – iqtisodiyotni tartiblash variantlaridan biri, ammo keynschilikka nisbatan tabiiy bozor mexanizmini ko’proq qo’llab-quvvatlaydi.

Neoliberallar fikriga ko’ra, ular iqtisodiy tizimni tanlash to’g’risidagi ta’limotni shakllantirdi. Agar neoklassiklar sostialistik tizimni ko’zi bog’langan, ertami-kechmi o’raga qo’lab tushadigan tizim sifatida tarixning qisqa muddatli xatosi deb hisoblangan bo’lsalar, neoliberallar esa, markaziy-boshqaruv xo’jaligini iqtisodiyotning tabiiy varianti deb hisoblaydi. U (iqtisodiyot) istibdod tartibotidan kelib chiqqanku (Rossiyada – podshoh, Sharq xalqlarida – xon v b.). Shuning uchun neoliberallar fikriga ko’ra, markaziy-boshqaruv xo’jaligi tarixning xatosi hisoblanmaydi, balki uzoq tarixga ega, o’zida erkin tadbirkorlik unsurlarini, albatta, mujassamlashtiruvchi qonuniyatli jarayon hisoblanadi.




Download 154.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling