14-mavzu. Hozirgi zamon iqtisodiy qarashlar evolyustiyasi. Reja


Konvergenstiya konstepstiyasi


Download 154.66 Kb.
bet9/26
Sana05.01.2022
Hajmi154.66 Kb.
#231093
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26
Bog'liq
mcOPZ3Y-bkplWJU9SBaBrs7vooc1oulS

Konvergenstiya konstepstiyasi

Nobel mukofoti sohibi, gollandiyalik olim Yan Tinbergen XX asrning 60-yillari ilgari surgan konvergenstiya konstepstiyasi ko’pchilik iqtisodchilar tomonidan qo’llab-quvvatlandi. Ushbu konstepstiyaga ko’ra kapitalizm bilan sostializm rivojlana borgan sari har ikkalasida o’xshash belgilar yuzaga keladi (kapitalizmda rejali ish roli oshib boradi, sostializmda bozor munosabatlari rivojlanadi), tafovutlar asta-sekin yo’qolib boradi. Ishlab chiqarish sharoitlari, madaniyat va fan-texnikaning

rivojlanishi umumiy taraqqiyot natijasida har ikkalasida tobora bir xillashib boradi. Kapitalizm ham, sostializm ham ayni bir xil muammolarni hal qilishga, ularni hal etishning bir xil uslublarini qo’llashga intiladi.

Konvergenstiya texnikada, iqtisodiyotda, siyosatda, ijtimoiy sohada kuzatiladi. Ya.Tinbergan hozirgi paytda hech qaerda «sof kapitalizm» yo’q deb hisoblaydi. Bu borada fikr yuritgan J.K. Gelbreyt texnika taraqqiyotini kapitalizm va sostializmning yaqinlashuvi negizi sifatida ilgari suradi. U konvergenstiya moyilligini yirik ishlab chiqarishning o’sishida, jami talabning davlat tomonidan tartibga solinib turishi va hakozolarda ko’radi. «Biz, – deb xulosa qiladi Gelbreyt, – go’yo turlicha bo’lgan ikkita industrial tizimning konvergenstiyasi hamma eng muhim sohalarda sodir bo’layotganligini ko’rib turibmiz».

Iqtisodiyotni davlat yo’li bilan tartibga solib turishni birinchi o’ringa qo’ygan A.Bergson «har ikkala tizim unchalik xilma-xil emas va keyinchalik ular o’rtasidagi tafovut yanada ko’proq kamayib borishi mumkin», – deb yozadi.

Amerika sostiologi P.Sorokin barcha asosiy yo’nalishlar bo’yicha – tabiatshunoslik va texnika, ijtimoiy fanlar, maorif, san’at, din, nikoh va oila, iqtisodiy tizim, ijtimoiy munosabatlar, siyosiy tizim sohalarida kapitalizm bilan sostializmning yaqinlashuvini targ’ib qiladi. Uning fikricha, kapitalizm va sostializmning o’zaro konvergenstiyasi oqibatida ulardan farq qiladigan qandaydir oraliq jamiyat yuzaga keladi.




Download 154.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling