14-mavzu. Klod adrian gelvetsiy falsafasi (2-soat) reja
Gelvetsiyning falsafiy qarashlari va
Download 266,99 Kb. Pdf ko'rish
|
16-мавзу. Гельвеций (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gelvetsiy materializmining xususiyatlari
- Ong va bilish masalasi
Gelvetsiyning falsafiy qarashlari va
uni ijtimoiy masalalarga qaratilganligi Gelvetsiyning falsafiy faoliyati ijtimoiy-axloqiy masalalarga qaratilgan; Gelvetsiy bosh soliqchi lavozimida ishlab yurgan davrida Fransiyadagi ziddiyatlarni tushunib yetadi; bunday boshqaruv shaklini notо‘g‘ri hisoblaydi; dvoryan va ruhoniylarni qoralaydi, bu sinf qobiliyati bо‘lmasa ham, hamma boshqaruv lavozimlarini egallab olib, hammasini о‘z manfaatlariga xizmat qildiradi; Angliyadagi yangi kapitalistik ishlab chiqarish uslublari keltirib chiqarayotgan munosabatlarni qoralaydi; “yaxshi” boshqaruv shakllarini о‘ylab topish kerak, deydi Gelvetsiy. “Yaxshi” boshqaruv uslublari deganda – bu qonunlarning adolatliligini tushunadi. Gelvetsiy materializmining xususiyatlari Tabiatda faqat individlar bor, ular tanalar deb ataladi; Materiya – bu sо‘zdir, xususiyatlar yig‘indisidir; bu xususiyatlar turli- tumandir; ularga harakat xos. Harakat – bu turli-tuman о‘zgarishlar hamdir, u doimo bо‘ladi, abadiydir. Ikki xil “metafizika” borligini aytadi: 1) kuzatuvga asoslangan – Bekon va Demokritga borib taqaladi; 2) misr kohinlaridan Pifagor-Aflotun ilohiyotchilariga taqaladigan – bu ximera-sarob, yolg‘on metafizikadir. Ong va bilish masalasi Ong faoliyatini Gelvetsiy – materialistik sensualizm pozitsiyasidan hal qiladi. Inson fikrlari 2 passiv kuch, qobiliyat ta’sirida shakllanadi: a) turli taassurotlarni qabul qilish natijasida – bu tabiiy hissiyotlardir; b) taassurotlarni xotirlab qoladi, tashqi predmetlarning ta’sirida paydo bо‘ladi – u xotira deb ataladi – u kuchsiz hissiyotdir. Ta’sirchanlik tasavvurni tug‘diradi. Aql faol hissiyotga kelib taqaladi; Ana shu harakatlarning mohiyati qobiliyatimizning farqlash va о‘xshashlik xislatlarini ajratishdan iborat; Hissiy qabullash о‘xshashlik va farqlar haqida birinchi taassurotlarni beradi; Download 266,99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling