14-mavzu: kognitiv psixologiyada xotira tadqiqotlari. Xotira jarayonlari


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana30.04.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1415056
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
14-Mavzu

Esda saqlash deganda ilgari tug‘ilgan taassurot, fikr, his-tuyg‘u va ish-
harakatlarning takrorlanishiga moyillik paydo qilishi va mustahkamlanishi 
tushuniladi. Bunga sabab asab tizimining egiluvchanligidir. Shuning uchun asab 
tizimi ilgari bo‘lib o‘tgan taassurotlarni takrorlashga tayyor turadi. Faqat esga 
tushirish uchun qulay haroit bo‘lsagina esga tushadi. Bunday haroit bo‘lmaganda 
zarur materialni ixtiyoriy eslash jarayoni qiyinlashadi. 
Shunday qilib, esga tushirishda ana shu tariqa qiynalib qolib, zarur bo‘lgan 
narsani shu onda esga tushira olmaymiz. 
Unutilgan narsalarni yana xotirada qaytadan tiklanishi reminissensiya 
hodisasi (xira esga keltirish) deyiladi. Bu hodisaning sababi shuki, uzoq vaqt bir 
ish bilan mashg‘ul bo‘lganda miya charchashi yuz beradi. Charchash haddan 
tashqari ohishi natijasida nerv xujayralarida tormozlanish yuz beradi. Materialni 
esda qoldirilgandan keyin 12 soat ichida esga tushirilsa, materialning ko‘p qismi 
unutiladi. Materialni o‘qib o‘rganib olingandan keyinoq uni yaxshi xotirlay olmay, 
ammo oradan bir necha vaqt o‘tgandan keyin uni to‘la xotirlay olishlikning sababi 
materialni o‘qib, o‘rganib olishda ro‘y beradigan charchashdir. 


Materialni eslash uchun bo‘lgan kuchli xohish natijasida tormozlanish 
yuzaga keladi, bu esa materialni qayta esga tushirishdagi qiyinchilikni kuchaytirib 
yuborishi mumkin. Vaqt o‘tishi bilan ishga chalqib ketgan insonlarda tormozlanish 
tarqab ketadi. Shunda esga tushirish lozim bo‘lgan narsa xotiraga kiradi. Materialni 
mustahkamlashga bo‘lgan qiziqishning bo‘lishi materialni uzoqroq esda saqlashga 
olib keladi. Unutish vaqtga bog‘liq bo‘ladi. Bu G.Ebbingauz tomonidan aniqlangan 
bo‘lib, unutish materialni yod olingandan keyin darhol ayniqsa tez ro‘y beradi, 
undan keyin esa unutish ancha sekinlashadi. 
G.Ebbingauz unutishning vaqtga bog‘liqligini tajriba orqali aniqlagan. 
To‘plangan natijalarning ko‘rsatishicha, materialni yod olgandan so‘ng unutish 
sur’ati tez keyinchalik esa u birmuncha sekinlashadi. Bu qonuniyat ma’nosiz ayrim 
bo‘g‘inlarni unutish ustida olib borilgan ishlarida tasdiqlangan. Tajribalarning 
ko‘rsatishiga qaraganda, o‘rganilgan narsalar bir soatdan keyin unutiladi. 
Materialni o‘zlashtirish jarayoni maboynida xotirlash natijasida unutish sekinlashib 
boradi. Muvaqqat asab bog‘lanishlari susayishi natijasida qachonlardir sodir 
bo‘lgan narsa va hodisalarning o‘zaro aloqalari xotirada asta-sekin yo‘qolib boradi. 
Vaqtning o‘tishi bilan birmuncha unutilib ketilayotgan vaqtli bog‘lanishlarni, 
ya’ni assosiasiyalarni qaytadan tiklash jarayoni kuch-quvvat, xatti-harakatlarni 
talab qiladi.G.Ebbingauzning izdoshlari va shogirdlari tomonidan o‘tkazilgan juda 
ko‘p tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, unutish sur’ati materialning ma’noli yoki 
ma’nosizligiga, uning qanchalik anglanilganligiga bog‘liqdir. Material qanchalik 
mazmundor anglanilgan tushunib olingan bo‘lsa, u holda unutish ham shunchalik 
sekin kechadi. Lekin ma’noli materialga nisbatan ham unutish avval tez sur’atda 
bo‘lib, keyinchalik esa u sekinlashadi. Biron-bir materialni o‘zlashtirish yoki esda 
olib qolish insonning ehtiyojlari, qiziqishi, faoliyatning maqsadi bilan bog‘liq 
bo‘lsa, bu material sekin unutiladi. 
Unutishning tezligi esda olib qolingan materialning mustahkamligiga 
teskari
proporsional xususiyat kasb etadi. Demak, esda olib qolishning 
mustahkamligiga o‘zlashtirilayotgan materialning ma’noga ega yoki ega 
emasligiga bog‘liqlikdan tashqari yana bir nechta omillar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi va 
uning faoliyat mazmuniga aylanishiga ham bog‘liq. Shuningdek, ular shaxsning 
shaxsiy, individual xususiyatlariga ham bevosita bog‘liqdir. 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling