14-mavzu: kognitiv psixologiyada xotira tadqiqotlari. Xotira jarayonlari


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana30.04.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1415056
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
14-Mavzu

Esga tushirish va uning turlari. 
O‘tmishda idrok qilingan narsalar, his-tuyg‘u, fikr va ish-harakatlarning 
ongimizda qaytadan tiklanishi esga tushirish deyiladi. Esga tushirishning nerv-
fiziologik asoslari bosh miya po‘stida ilgari hosil bo‘lgan nerv bog‘lanishlarning 
qo‘zg‘alishidir. Esga tushirishning tanish, eslash, bevosita eslash, oradan Ma’lum 
vaqt o‘tkazib eslash, ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlari mavjud. 
Tanish ilgari idrok qilingan narsa va hodisalarni takror idrok qilish 
natijasida u yoki bu hodisani esga tushirishdir. Tanish aniq va noaniq bo‘lishi 
mumkin. Noaniq tanishda biz bu narsani notanish emasligini his qilamiz, xolos. 
Masalan, bir odam ko‘zimizga issiq ko‘rinadi, lekin uni qaerda ko‘rganimizni eslay 
olmaymiz. To‘liq, aniq tanishda esa idrok qilinayotgan narsaning nomi katta rol 
o‘ynaydi. Masalan, biz bir kishini ko‘rib, uni taniy olmasak, uning familiyasini 
yoki ismini eshitsak, darrov kim ekanligini bilamiz. 
Eslash narsa va hodisalarni, uni ayni paytda idrok qilmay esga tushirishdir. 
Masalan, bo‘lib o‘tgan voqea va hodisalarni, bilib olgan ishlarimizni bemalol esga 


tushirishimiz mumkin. Eslash ham aniq va noaniq bo‘ladi. Masalan, biz she’rni 
yoddan aytib bersak ham uni qaerda va qachon o‘qiganimizni eslay olmaymiz. 
Esga tushirish avval tanishdan boshlanadi. Masalan, imtihonga kirganda biletni 
ko‘rib, uning savolini o‘qib taniymiz. Demak, bunda predmetning nomi muhim rol 
o‘ynar ekan. Bevosita esga tushirish materialni idrok qilish ketidanoq esga 
tushirishdan iborat. Masalan, she’rni yod olganimizda bir necha satrni o‘qigan 
kitobga qaramasdan takrorlaymiz, ya’ni bevosita esga tushiramiz. Bir karra 
ko‘zdan kechirilgan materialni bevosita esga tushirilgan miqdoriga qarab, 
xotiraning ko‘lami aniqlanadi. 
Materialning ko‘p qismini bevosita esga tushira oladigan kishining xotira 
ko‘lami keng hisoblanadi. Masalan, artistlarda so‘z va iboralarni esda tutib qolish 
xotirasining ko‘lami keng bo‘ladi. Hisob-kitob ishlarini yuritadigan xodimlarda 
sonlarni esda tushirish xotirasining ko‘lami keng bo‘ladi. 
Vaqt o‘tkazib esga tushirish esda olib qolingan narsani oradan bir qancha 
vaqt o‘tkazib esga tushirishdirki, bunda shu orada ongimizda boshqa jarayonlar 
o‘tgandek bo‘ladi. Masalan, yoshligimizdagi voqea va hodisalarni shu tariqa 
eslaymiz. 
Idrok qilingan narsalar miyamizda o‘rnashib qolishi, esimizda turishi 
tufayli turli usulda esimizga tuhishi mumkin. 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling