14-mavzu: kognitiv psixologiyada xotira tadqiqotlari. Xotira jarayonlari
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
14-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Psixologiya fanida esda olib qolishning quyidagi turlari mavjud
- A.A.Smirnov, P.I.Zinchenko
- A.N.Leontev, S.L.Rubinshteyn
Ixtiyoriy esda qoldirish ko‘zda tutilgan maqsadga muvofiq tanlangan
materialni esda qoldirishdir. Kishi ixtiyoriy esda qoldirish uchun esda saqlashning maxsus usullarini saqlagan holda materialni puxta esda qoldirish uchun o‘zining kerakli kuchini sarf qiladi. Ammo mexanik esda saqlanishni ma’noli esda saqlash bilan qo‘llanilishi foydalidir. Psixologiya fanida esda olib qolishning quyidagi turlari mavjud: o Ma’lumot, xabar, taassurot, axborot va materiallarni eshitish orqali idrok qilish hamda esda olib qolish. o Egallash yoki o‘zlashtirish zarur bo‘lgan materiallarni ko‘rib idrok qilish yordamida esda olib qolish. o Materiallarni harakat yordamida va eshitish orqali idrok qilish hamda esda olib qolish. o Aralash holatda esda olib qolish, eshitish, ko‘rish, harakat kabilar orqali idrok qilish va esda olib qolish yoki bir nechta ta’sir etuvchilar yordamida aks ettirish. Mana shu yo‘llar orqali eshitish, ko‘rish, eshitish harakat, kombinotorlashtirilgan (aralash) turlari yordamida xotiraning qaysi turi ustunroq yoki qaysi biri bo‘sh ekanligini aniqlash mumkin. Esda olib qolishda assosiasiyalarning ahamiyati muhimdir. Buning uchun esda olib qolish jarayonining bog‘lanishlari paydo bo‘lish sur’atini aniqlash maqsadida ular xususiyatlariga binoan quyidagi: Sabab oqibat bog‘lanish. Bo‘lak va yaxlit munosabati. Qarama-qarshilik munosabati. Inkor etish holati. Adekvat yoki aniqlik turlarga ajratiladi. Esda olib qolish inson faoliyatining xususiyatiga bevosita bog‘liqdir. A.A.Smirnov, P.I.Zinchenko tajribalari shuni ko‘rsatadiki, esda olib qolish u yoki bu faoliyatdagina samarali bo‘lishi mumkin. A.A.Smirnovning tajribalarida tekshirishlarga qaraganda ikki xil faoliyat taklif qilinsa, birinchi holda ular ma’noli matnni esda olib qolish nazarda tutiladi. Sinaluvchilar matnni yodlar ekanlar, materiallar ustida hech qanday faol ish olib bormaganlar. Ikkinchi holda esa esda olib qolish vazifasi qo‘yilmaydi-yu, lekin matn ustida muayyan ish olib borish unda uchraydigan ma’noviy xatolarni aniqlash taklif etiladi. Ikkinchi holda esda olib qolish ancha samarali bo‘lganligi aniqlangan. Maxsus vositalar va oqilona usullarni qo‘llash orqali esda olib qolish sohasidagi yondahishdan iborat tashkiliy faoliyat alohida ahamiyatga ega. A.A.Smirnov o‘tkazgan tajribasida shuni ko‘rsatadiki, matnni maxsus tuzib chiqilgan rejaga asoslangan holda yodlash rejasi, pala-partish esda olib qolishdan ikki barobar samaraliroq ekan, psixolog olimlarning tavsiyasiga binoan yodlash jarayonida materialni takrorlash bilan uni faol esga tushirishni o‘zaro almashtirib turish yuqori natijalar beradi. Kuzatishlar va tajribalar shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilar va talabalar bu usullarni mustaqil ravishda egallay olmaydilar, odatda ularni muallimning rahbarligida egallashadi. Aks holda o‘quv faoliyati ishtirokchilari materialni bevosita ixtiyorsiz esda olib qolish bos?ichida qotib qolishi mumkin, bu hol aqliy o‘sishga qarama-qarshidir. Shu narsani alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, o‘quv materiallarining ma’nosiga tushunib esda olib qolish yo‘li oqilona yo‘l bo‘lib qolmasdan, balki u mexanik esda olib qolish jarayonidan o‘zining samaradorligi bilan keskin darajada ajralib turadi. Esda olib qolish jarayoni deganda sezgi, idrok, tafakkur, ichki kechinmalarni xotirada saqlanish xususiyati tushuniladi. Kundalik hayotimizda kitob, jurnal, gazeta o‘qiyotganimizda materialni esda olib qolish uchun shu materialning ma’nosiga tushunib olishga harakat qilamiz. Jamiki narsa insonga yetarli darajada tushunarli bo‘lmasa, u taqdirda ularni esda olib qolish jarayoni juda qiyin kechadi. O‘rganilayotgan materialning mazmuni va ma’nosiga tushunib olish uchun odam uni tahlil qilishga, umumlashtirishga harakat qiladi. A.A.Smirnov ta’kidlaganidek, materialni o‘zlashtirib olish xuddi shu jarayonga yaqqol misoldir. Mualliflarning shaxsiy fikriga ko‘ra o‘zlashtirayotgan materiallarni esda olib qolish qiyinligi sababli ularni tushuna olmaslikdir. Tushunib olishning esda olib holishdagi ahamiyati xuddi shu bilan tavsiflanadi. Jahon psixologiya fani to‘plagan Ma’lumotlarga qaraganda o‘zlashtirilayotgan materialni mexanik tarzda egallashga nisbatan uning ma’nosini tushunib o‘zlashtirish bir necha marta mahsuldordir. Esda olib qolish jarayonida o‘zlashtirilayotgan materialning ma’noga ega bo‘lishi yoki bo‘lmasligi muhimdir. Assosiativ psixologiya maktabining vakili, taniqli psixolog G.Ebbingauz jahon psixologiyasida birinchi bo‘lib 1885 yilda oliy ruhiy jarayon bo‘lgan xotirani, 1888 yilda intellektni ilmiy tajriba metodi negizida tekshirdi va keng ko‘lamda turmushga tatbiq etdi. U xotira jarayonini tajriba orqali tekshirishning asosiy yo‘nalishini ishlab chiqdi. Xotirani "sof" ko‘rinishda o‘rganishga harakat qilib ma’no kasb etmaydigan bo‘g‘inlardan foydalandi. Uning bu tadqiqoti kishining mantiqiy xotirasi emas, balki mexanik xotirasiga nisbatan qo‘llanishiga xos to‘g‘ri yo‘nalishdir. G.Ebbingauzning bu tadqiqoti psixologiyada introspektiv (o‘z-o‘zini kuzatish yoki ichki kuzatish) metodiga qarama-qarshi qo‘yilgan ilmiy tajribaviy metod yutuqi sifatida ilmiy-amaliy ahamiyatga egadir. U xotira jarayonini tekshirishda o‘z oldiga 38 ta ma’no anglatmaydigan bo‘g‘inlardan tuzilgan materialni esda olib qolishni maqsad qilib qo‘ygan. Bu materialni o‘zlashtirish o‘rtacha 55 marta takrorlashni talab qiladi. Esda olib qolish uchun 38-40 so‘zdan, 11 ta so‘z o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan so‘zlardan foydalangan. Bu materialni o‘zlashtirish 6-7 marotaba takrorlashni talab etgan, umumiy hisob esa 9 1 nisbatga to‘g‘ri keladi. Rus psixologlari tadqiqotlarining natijalari ma’noga ega bo‘lgan materialni o‘zlashtirishda esda olib qolish uchun turli xil yo‘nalish, ko‘rsatma berish muhim ahamiyat kasb etadi, degan fikrni tasdiqlaydi. A.N.Leontev, S.L.Rubinshteyn, P.A.Ribnikov va boshqalar bolalarning xotira faoliyatini o‘rganganlar. Shuningdek, ular o‘qish faoliyatiga asoslangan holda maktab o‘quvchilarida tekshirish ishlarini olib borganlar. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling