14-mavzu. Korxona moliyasini tashkil etish asoslari


Korxonalar moliyasini tashkil etishning tamoyillari


Download 62.12 Kb.
bet2/4
Sana20.06.2023
Hajmi62.12 Kb.
#1634903
1   2   3   4
Bog'liq
14-мавзу (1)

14.2. Korxonalar moliyasini tashkil etishning tamoyillari
Korxonaning moliyaviy munosabatlari ularning xo’jalik yuritish faoliyati asosida ma’lum tamoyillarga asosan tashkil etiladi. Ushbu tamoyillar quyidagilardan iborat:
— xo’jalik yuritish faoliyatidagi mustaqillik;
— o’z-o’zini moliyalashtirish;
moddiy manfaatdorlik;
— moliyaviy zaxiralar bilan ta’minlanganlik.
Xo’jalik yuritish faoliyatidagi mustaqillik tamoyili korxonaning moliya sohasidagi mustaqilliksiz amalga oshirilishi mumkin emas. Ushbu tamoyil mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha xo’jalik yurituvchi subyektlar o’zlarining iqtisodiy faoliyat sohasini, uning moliyalashtirishni manbalarini, daromad olish maqsadida pul mablag’larini kapital qo’yilmalariga yo’naltirishni mustaqil tarzda belgilashlarida amalga oshiriladi. Ushbu faoliyatning asosiy maqsadi xo’jalik yurituvchi subyektlar ishchi-xodimlarining moddiy farovonligini yanada oshirishdan iborat bo’ladi.
Bozor munosabatlari korxonalardan iste’molchilarning talablariga asosan samarador va oqilona ishlab chiqarishni tashkil etishga, mahsulot va xizmatlarning sifatini oshirishga undaydi. Korxonalar o’z faoliyatida qo’shimcha daromad olish uchun asosiy faoliyatdan tashqari qimmatli qog’ozlar bozorida davlat, boshqa xo’jalik subyektlarining qimmatli qog’ozlariga qisqa va uzoq muddatli investitsiyalar qilishlari mumkin.
Shuni ta’kidlash lozimki, korxonalarning xo’jalik yuritish faoliyatidagi mutloq mustaqillik to’g’risida fikr yuritish mumkin emas, chunki vakolatli davlat organlari tomonidan ularning faoliyat yuritishlarining ayrim tomonlari qonun asosida tartibga solinib turiladi. Masalan, korxonalar va turli darajadagi byudjetlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar qonun asosida qat’iy belgilab qo’yiladi. Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha korxonalar o’z faoliyati asosida qonun asosida berilgan soliqlarni, o’rnatilgan stavkalarda to’lab borib turli darajadagi budjet- larni shakllantiradi. Davlat tomonidan korxonalar uchun amortizaciya siyosatini belgilaydi. Aksiyadorlik jamiyatlari uchun esa moliyaviy zaxiralarni tashkil etish va ularning miqdori qonunan belgilanadi.
O’z-o’zini moliyalashtirish tamoyilini amalga oshirish xo’jalik yurituvchi subyektlarning tadbirkorlik faoliyatining asosiy shartlaridan kelib chiqadi. O’z-o’zini moliyalashtirish tamoyili korxonalar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko’rsatish xarajatlarini to’liq qoplash, ishlab chiqarishni shaxsiy pul mablag’lari bilan ta’minlash hamda zarur bo’lganda tijorat banklari kreditlaridan foydalanishni anglatadi.
Iqtisodiyotni rivojlangan mamlakatlarida korxonaning o’z-o’zini moliyalashtirish sohasida ularni shaxsiy mablag’lari juda yuqori darajada ya’ni 70% dan ortig’ini tashkil etadi. Korxonalar faoliyatining moliyalashtirishni asosiy shaxsiy manbalariga foyda, amortizaciya ajratmalari va ta’mirlash jamg’armalari kiritiladi.
Moddiy manfaatdorlik tamoyilining obyektiv zarurligi mulkchilik shaklidan qatiy nazar barcha korxonalarning pirovard maqsadi bo’lib daromad topishligidan kelib chiqadi. Korxonalar tomonidan o’z faoliyatining ijobiy natijalariga erishishlikdagi manfaatdorlik nafaqat uni ishtirokchilari uchun emas, shu jumladan davlat ham manfaatdordir. Korxonalarning ishchi-xodimlari doirasida ushbu tamoyil yuqori darajadagi ish haqi miqdori bilan amalga oshiriladi.
Moddiy manfaatdorlik tamoyili korxonalar miqyosida davlat tomonidan oqilona soliq siyosatini olib borishi natijasida ularning faoliyatini qo’llab-quwatlash, ishlab chiqarishni kengaytirish uchun iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish va pirovard natijada daromadni ko’paytirish bilan amalga oshiriladi.
Korxonalar tomonidan ushbu tamoyilni amalga oshirilishi yangi yaratilgan qiymat, shaxsiy kapital o’rtasida oqilona taqsimotni olib borish va jamg’arma hamda iste’mol fondlarini shakllantirish asosida yuzaga chiqadi. Davlatning manfaatdorligi esa korxonalar faoliyatida rentabellikni ta’minlash, ishlab chiqarishni o’sishi va soliq intizomiga qatiy rioya etishliklari asosida yuzaga chiqadi. Ushbu tamoyilni amalga oshirishda korxonalar faoliyatida moliya-xo’jalik yuritish va uning pirovard natijalari hamda shaxsiy kapital saqlashlari uchun moddiy javobgarlikning mavjudligi bilan amalga oshiriladi. Moddiy javobgarlik uchun moliyaviy usullar Respublika qonunchiligi asosida tartibga solinib turiladi va amalga oshiriladi. Xo’jalik yuritish faoliyatida shartnoma majburiyatlarini, to’lov intizomini, soliq qonunchiligini buzgan korxonalar uchun turli moliyaviy choralar qo’llanishi mumkin. Rentabelsiz faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar uchun esa ular o’z majburiyatlariga javob bera olmaydigan holatlarda davlat organlari tomonidan bankrotlik jarayoni qo’llaniladi.
O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksiga asosan amaldagi soliq qonunchiligini buzgan korxonalarning rahbarlariga nisbatan ma’muriy javobgarlik ko’zda tutilgan korxonaning ishchi-xodimlari uchun mehnat intizomini buzgan, ishlab chiqarishda brakka yo’l qo’yilgan holatlarda mukofotdan mahrum qilish, ish haqidan ushlab qolish, zarur holatlarda ishdan bo’shatish ko’zda tutilgan. Ushbu yo’nalish juda ko’p korxonalarda amaliyotga kiritilgan.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalaming tadbirkorlik faoliyatida ma’lum qaltisliklar (risklar) tufayli biznes uchun qo’yilgan mablag’larni qaytmasligi holatlarining mavjudligi ular tomonidan moliyaviy zaxiralarni tashkil etishlarini talab etadi. Hozirgi sharoitda barcha qaltisliklar o’z nomidan va o’z hisobidan ixtiyoriy ravishda o’z faoliyatini olib borayotgan tadbirkorlar zimmasiga tushadi. Xaridorlar uchun iqtisodiy raqobat shart-sharoitlarida tadbirkorlar ba’zi holatlarda o’z mahsulotlarini, xizmatlarini oldindan to’lovsiz yetkazib beradilar.
Korxonalar tomonidan qimmatli qog’ozlarga qilgan kapital qo’yilmalari nafaqat daromad keltirishi balki kapitalni yo’qotish qaltisligi bilan bog’liq. Nihoyat, korxonalar tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiy dasturlarda samarasiz hisob-kitoblar ham mavjud. Bu salbiy holatlarning oldini olish, juda zarur holatlarda moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlash uchun moliyaviy zaxiralarni tashkil etish zaruriyati yuzaga chiqadi.
Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha korxonalar budjetga va budjetdan tashqari fondlarga barcha soliqlar, majburiy to’lovlarni to’lagandan qolgan sof foyda hisobidan moliyaviy zaxiralarni shakllantirishlari mumkin. Akciyadorlik jamiyatlari uchun esa imtiyozli akciyalarga dividend to’lashlari uchun moliyaviy zaxiralarni shakllantirish qonunda belgilab qo’yilgan.
Hozirgi vaqtda amaliyotda ko’plab korxonalar o’zlarining moliyaviy imkoniyatlarini cheklanganligi sababli barqaror moliyaviy holatni saqlab turishlari uchun kerakli miqdorda moliyaviy zaxiralarni tashkil eta olmayaptilar.
Yuqorida ta’kidlab o’tgan korxonalar moliyasining tashkil etuvchi tamoyillar doimiy ravishda va uzviy bog’liqlikda rivojlanishdadir. Ishlab chiqarishning rivojlanishi, ishchi kuchlarining holati, iqtisodiy shart-sharoitlarning o’zgarishiga asosan tamoyillarining turlarini amaliyotda qanday miqdorda, qaysi shakl hamda usullarda qo’llanishiga bevosita ta’sir ko’rsatadi.

Download 62.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling