14-mavzu. Korxona moliyasini tashkil etish asoslari


Korxonaning moliya resurslari


Download 62.12 Kb.
bet3/4
Sana20.06.2023
Hajmi62.12 Kb.
#1634903
1   2   3   4
Bog'liq
14-мавзу (1)

14.3. Korxonaning moliya resurslari
Korxonaning moliya resurslari bu — korxonalar ixtiyorida bo’lgan pul tushumlari va pul daromadlaridan iboratdir. Ularning qo’llanilishining maqsadi bo’lib davlat budjeti, tijorat banklari, sug’urta va boshqa korxonalar oldidagi moliyaviy majburiyatlarini pul mablag’lari bilan ta’minlash hisoblanadi.
Moliya resurslari ishlab chiqarishning barqarorligini saqlab turish, uni kengaytirish va korxona ishchi-xodimlarining moddiy rag’batlantirish uchun asosiy manba bo’lib xizmat qiladi. Korxonalaming moliya resurslarini manbayi bo’lib ularning xususiy mablag’lari va turli manbalardan jalb etilgan mablag’larni tashkil etadi.
Mohya resurslarini birlamchi resurslarini shakllantirilishi korxonaning tashkil etish jarayonida uning ustav fondini shakllantirishda amalga oshadi. Bunda korxona tomonidan muomalaga oddiy va imtiyozli akciyalar chiqarib ular aksiyadorlar orasida joylashtiriladi.
Ustav fondining miqdori tashkil etilayotgan korxonaning mol-mulki, asosiy va aylanma fondlarning miqdoriga bevosita bogliqdir.
Korxona moliya resurslarining shakllanishining keyingi jarayonni foyda va amortizaciyadan ajratmalar hisobiga amalga oshiriladi. Amaliyotda ushbu ajratmalardan tashqari korxonalar moliya resurslarining manbalari bo’lib quyidagilar xizmat qiladi:
— ishlab chiqarishga yaroqsiz mol-mulkni sotishdan kelgan tushum;
— qurilishda ichki resurslarni jalb qilish;
— xorijiy valuta kurs o’zgarishidan keladigan tushum;
— boshqa tushumlar.
Yangi tashkil etilayotgan korxonalar moliya resurslari tarkibida moliya bozorida muomalaga turli qimmatli qog’ozlar chiqarish yordamida (obligaciyalar) mablag’ jalb qilish ham alohida o’rin egallashi mumkin. Korxona moliya resurslarini shakllantirishda jalb etilgan mablag’lar, ya’ni tijorat banklaridan olingan kreditlardan ham foydla nishlari mumkin.
Biz yuqorida ta’kidlab o’tgan moliya resurslaridan tashqari korxonalar o’zlari kiradigan associaciyalar, konsernlar, xoldinglar o’rtasida foydani qayta taqsimlanishi, sug’urta kompaniyalar tomonidan zararni qoplash uchun to’lovlarni to’lash orqali ham qo’shimcha mablag’larni olishlari mumkin.
Biz korxonalar moliyasining resurslari va manbalarini 1-rasm yordamida yoritishga harakat qilamiz. Rasmda xalqaro amaliyotda korxonalar moliya resurslar va ularni tashkil etishning barcha manbalari keltiriladi.

Korxonaning moliya resurslari

1-rasm. Korxonalar moliya resurslarining tartibi va uning manbalari


Korxonalar turli manbalari hisobiga jalb etilgan moliya resurslaridan ishlab chiqarishni kengaytirish, uni texnikaviy qayta jihozlash ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda foydalanadilar.
Korxonalar ishlab chiqarish xarajatlarini moliyaviy ta’minlash quyidagi uch shaklda amalga oshirilishi mumkin:
1. O’z-o’zini moliyalashtirish;
2. Kreditlash;
3. Davlat tomonidan moliyalashtirish.
O’z –o’zini moliyalashtirish korxonalar o’z faoliyatini xususiy resurslaridan foydalanishga asoslanadi. Ushbu holatda korxonalar mablag’lar yetishmay qolganda moliya bozorida qimmatli qog’ozlarni muomalaga chiqarish orqali qo’shimcha mablag’lar jalb etishlari mumkin.
Kreditlash shaklida korxonalar o’zlarining ishlab chiqarishda yuzaga chiqqan vaqtinchalik moliya resurslariga bo’lgan ehtiyojlarini tijorat banklaridan maqsadlilik, ta’minlanganlik, to’lovli!ik, qaytarib berishlik va muddatlilik tamoyillari asosida kredit olish natijasidan qondirishlari inurnkin.
Davlat tomonidan moliyalashtirishda korxonalar ishlab chiqarish faoliyatini davlat budjeti va budjetdan tashqari fondlar hisobidan qaytarib bermaslik asosida pul mablag’lari bilan ta’minlanishi amalga oshiriladi. Moliyalashtirishning ushbu shakli yordamida davlat maqsadli ravishda iqtisodiyotning moddiy va nomoddiy sohalari, tarmoqlar, hududlar, xo’jalik subyektlari va aholining ayrim toifalari o’rtasida moliya resurslarini qayta taqsimlanishini amalga oshiradi. Amaliyotda korxonalar moliya resurslarini tashkil etishda moliyalashtirishning uch shaklidan birdaniga foydalanish mumkin. Bundan asosiy maqsad ular o’rtasidagi oqilona muvozanatni saqlash hisoblanadi.
Bunday oqilona muvozanatga erishish korxona moliya xizmatining faol moliya siyosatini olib borishga bevosita bog’liqdir.
Korxonalar moliya resurslarining sarflanishi turli yo’nalishlarda amalga oshirilishi mumkin. Ushbu yo’nalishlarning asosiylari quyidagilardan iborat:
— kapital qo’yilmalar, ishlab chiqarishni kengaytirish, texnikaviy qayta jihozlash xarajatlari;
— moliya va bank tizimidagi tashkilotlar oldidagi moliya majburiyatlarini bajarish (davlat budjetiga va budjetdan tashqari fondlariga soliqlar to’lash, kreditdan foydalanganlik uchun to’lovlarni amalga oshirish);
— moliya bozorida qimmatli qog’ozlarga investitsiya qilish xarajatlari;
— korxona ishchi-xodimlariga ish haqi, mukofotlar to’lash;
— moliya resurslaridan homiylik uchun mablag’lar ajratish va boshqalar.
Korxonalar ishlab chiqarish faoliyatini uzluksizligini ta’minlashda moliyalashtirishni amalga oshirishda ular tomonidan moliyaviy zaxiralarni tashkil etishlari muhim ahamiyatga egadir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mohyaviy zaxiralarning ahamiyati yanada oshadi. Korxonalar faoliyatida ko’zda tutilgan omillar natijasida yirik miqdorda zarar ko’rish holati yuzaga chiqqanda ishlab chiqarishning uzluksizligini zarur moliya resurslari bilan ta’minlashda moliyaviy zaxiralar katta ahamiyatga egadir.
Moliya zaxiralari korxonalar tomonidan foydadan ajratmalar hisobiga, yuqori tashkilotlariga normativ ajratmalar hisobiga, sug’urta tashkilotlariga badallar to’lash hisobiga va davlat tomonidan zaxira fondlari tashkil etish yordamida shakllantirilishi mumkin.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar faoliyatini moliya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash va ularni oqilona boshqarishda moliya xizmati faoliyati qanday saviyada tashkil etilishi juda muhim ahamiyatga egadir.
O’zlik va jalb etilgan moliya resurslaridan moliya xizmati tomonidan faoliyati xalqaro amaliyotda «moliyaviy menejment» deb nomlanadi. Korxonaning moliyaviy barqarorligi aynan moliyaviy menejmentning qanday yo’lga qo’yilganligiga bevosita bog’liqdir.

Download 62.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling