14-mavzu. Korxona moliyasini tashkil etish asoslari


Korxona asosiy faoliyatining tahlili


Download 62.12 Kb.
bet4/4
Sana20.06.2023
Hajmi62.12 Kb.
#1634903
1   2   3   4
Bog'liq
14-мавзу (1)

14.4. Korxona asosiy faoliyatining tahlili
Hozirgi zamon korxonalari doimiy ravishda o’zgarib turuvchi bozor munosabatlari sharoitida va raqobat asosida o’z faoliyatini olib boradi.
Korxonalar asosiy faoliyatining pirovard maqsadi nafaqat daromad olish va shuning bilan bir qatorda shaxsiy kapitalni saqlab turish, uni ko’paytirish hamda tadbirkorlikning bir maromda ushlab turish hisoblanadi.
Tadbirkorlik faoliyatini olib borish jarayonida korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil etish, mahsulot sotish, ishlarni amalga oshirish, xizmatlar ko’rsatish, shaxsiy moliya resurslarini shakllantirish, tashqi manbalaridan mablag’lar jalb qilish, uni taqsimlash va sarflanishi bilan bevosita bog’liq moliyaviy munosabatlar yuzaga chiqadi. Bu ta’kidlab o’tilgan barcha moliyaviy munosabatlar O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2002-yil 27-dekabrdagi 140-sonli buyrug’iga va O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003-yil 24- yanvarda 1209-son bilan ro’yxatga olingan 1-sonli shakl «Buxgalteriya balansida» aks ettiriladi.
Korxonalarning buxgalteriya balansi o’z mohiyatiga ko’ra aniq bir muddatdagi korxonaning mulkiy va moliyaviy holatida aks ettirgan jadvaldan iborat. Buxgalteriya balansi asosan ikki aktiv va passiv qismdan tashkil topgan. Balansning aktiv qismida korxonaning mol-mulki, nomoddiy va joriy aktivlari, passiv qismida esa korxonaning o’z mablag’lari manbalari hamda majburiyatlari aks ettiriladi.
4.5. Korxonalarda moliya ishlarini tashkil etishning
xususiyatlari
Bozor munosabatlarining rivojlanishiga bevosita bog’liq holda korxonalarda moliya ishlari sifat jihatdan yangi mazmunga ega bo’lmoqda. Iqtisodiyotda bozor munosabatlarining takomillashib borishi bilan korxonalar moliya xizmatining muhim vazifasi bo’lib nafaqat davlat budjeti, tijorat banklari, xaridorlar, mol yetkazib beruvchilar, boshqa xo’jalik yurituvchi subyektlar va o’zlarining xodimlari oldidagi majburiyatlarini bajarishni amalga oshirish bilan bir qatorda o’zlarida moliyaviy menejmentni oqilona tashkil etish ham hisoblanadi. Moliya menejmenti o’z mohiyatiga asosan olinadigan foyda ko’paytirish maqsadida korxonaning moliya-xo’jalik faoliyati jarayonida yuzaga keladigan pul oqimlarini oqilona va samaradorlik bilan boshqarishni anglatadi.
Moliya menejmentida boshqaruvning obyekti boiib korxonalarning pul aylanmalari hisoblanadi. Moliya menejmenti moliyaviy hisobotlarni chuqur tahlil etish, xo’jalikning aktivlari va passivlari tarkibini o’zgarishiga asosan pul oqimlarining (tushumlar va to’lovlar) istiqbolini belgilash asosida korxonaning moliyaviy strategiya va taktikasini ishlab chiqadi.
Ushbu omillar ma’lum korxonaning umumiy boshqaruvi tizimida moliya xizmatining tarkibi va uning ahamiyati to’g’risidagi tushunchaga o’zgartirishlar kiritadi. Moliya xizmatining aniq tarkibiy tuzilmasi va bajaradigan vazifalari aniq olingan korxonaning xo’jalik yuritishdagi tashkiliy-huquqiy shakliga, korxonaning ishlab chiqarish hajmi, pul aylanmasining miqdori va ishchi xodimlarining soniga bevosita bog’liq.
Xalqaro amaliyotda korxonalarning moliya xizmati quyidagi asosiy vazifalarini bajaradi:
— korxona biznes-rejasini ishlab chiqish va uni bajarishda ishtirok etish;
— asosiy, moliya va investiciya faoliyati natijasida yuzaga keladigan pul oqimlarini boshqarish;
— korxonani rivojlantirishning moliyaviy dasturini ishlab chiqish;
— oqilona kredit siyosatini ishlab chiqish;
— moliyaviy rejalashtirish;
— mol yetkazib beruvchilar, xaridorlar, budjet, tijorat banklari va boshqa xo’jalik subyektlari hisob-kitoblarni amalga oshirish;
— moliyaviy va boshqa qaltisliklardan (risklar) sug’urtalashni ta’minlash;
— korxonaning moliya-xo’jalik faoliyatini doimiy ravishda chuqur tahlil etish,
— pul mablag’laridan maqsadli va samarador foydalanishni qat’iy nazorat qilish va boshqalar.
Korxonalarning miqdori, xodimlar soni, tarmoq sohasi, ishlab chiqarishda oldinga qo’yilgan maqsadlar asosida yuqorida ta’kidlab o’tgan vazifalari kengaytirilishi va yanada aniqlashtirilishi mumkin.
Korxonalarda moliyaviy qarorlarni qabul qilishda ko’plab xodimlar ishtirok etadilar. Eng muhim moliyaviy qarorlar faqatgina korxonaning yuqori boshqaruvi rahbarlari tomonidan qabul qilinadi.
Shuni ta’kidlash lozimki, korxonalarda muhim moliyaviy qarorlarni ishlab chiqish va ularni qabul qilishda eng faol xodimlar bo’lib moliya xizmati boshlig’i va bosh hisobchi hisoblanadi. Korxona moliya-xo’jalik faoliyatini yuritishda moliya xizmati boshlig’i va bosh hisobchi o’z vakolatlari doirasida vazifalarni o’zaro taqsimlab oladilar. Korxonalarda ular o’rtasidagi vazifalar taqsimotidan umumlashtirgan holda guruhlarga ajratish mumkin.
Amaliyotda ishlab chiqarish hajmi kichik, xodimlar soni kam bo’lgan kichik biznes subyektlarida moliya xizmati tashkil etilmaydi.
Moliya-xo’jalik faoliyatini yuritishdagi barcha moliyaviy vazifalarni bajarish bosh hisobchi zimmasiga yuklatilgan.
Qisqacha xulosalar
Korxona moliyasi o’z mohiyatiga ko’ra korxonaning tadbirkorlik faoliyati natijasida xususiy kapital, maqsadli markazlashgan va markazlashmagan pul fondlarini shakllanishi, ularni taqsimlanish hamda sarflanishi bilan bog’liq moliyaviy yoki pul munosabatlaridan iborat.
Korxonalar moliyasi taqsimlash va nazorat funkciyasini bajaradi. Korxonalar moliyasini tashkil etishning xo’jalik yuritish faoliyatidagi mustaqillik, o’z-o’zini moliyalashtirish, moddiy manfaatdorlik va moliyaviy zaxiralar bilan ta’minlanganlik tamoyillari mavjud.
Nazorat savollari
1. Korxonalar moliyasining mohiyati nima?
2. Korxonalar moliyasi qanday funkciyalarni bajaradi?
3. Korxonalar moliyasini tashkil etishning qanday tamoyillari mavjud?
4. Korxonalar moliyaviy resurslari tarkibi nimalardan iborat?
5. Korxonalarni moliyaviy ta’minlashning qanday shakllari mavjud?
6. Korxonada moliyaviy menejmentning mohiyati nima?
7. Korxonaning mahsulot sotishdan kelgan pul mablag’lari qanday taqsimlanadi?
Download 62.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling