14-mavzu: mehnat bozori va korxonalarda mehnat resurslaridan foydalanish. Reja


Download 161.6 Kb.
bet3/5
Sana18.12.2022
Hajmi161.6 Kb.
#1031155
1   2   3   4   5
Bog'liq
14-mavzu mehnat bozori va korxonalarda mehnat resurslaridan foy

Real foiz stavkasi nominal stavkadan (pulda ifodalangan stavkadan) inflyasiya darajasini ayrilganiga teng.
Tadbirkorlik daromadi - bu ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanganligi uchun tadbirkor oladigan daromad.
Daromadlarni notekis taqsimlanishi darajasini, chuqurligini aniqlashda Lorens egri chizig’idan foydalaniladi.


16.4-rasm. Lorens egri chizig’i.
15-MAVZU: KAPITAL QO’YILMALAR VA KAPITAL BOZORI.
Reja:



  1. Asosiy va aylanma kapital mablag’lar.

  2. Diskontirlangan qiymat.

  3. Firmalarning istiqboldagi daromadlarini baholash.

  4. 4 Diskontirlangan qiymat asosida loyihalarni baholash va unga inflyatsiyaning ta’siri.



Kapital - bu uzoq muddatli oraliqda ishlatiladigan ishlab chiqarish resursi bo’lib, uning yordamida uzoq vaqt davomida mahsulot ishlab chiqariladi.
Kapitalning ikki xil turi mavjud: asosiy kapital (uzoq muddatda foydalaniladigan uskuna, texnologik liniya, bino, qurilma); aylanma kapital (har bir ishlab chiqarish siklida o’z qiymatini tayyor mahsulot qiymatiga o’tkazadigan ishlab chiqarish resurslari, xom ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar va hokazolar).
Ssuda foizi - kapital egasiga uning kapitalidan ma’lum muddat oralig’ida foydalanganligi uchun to’lanadigan narxdir.
Xarajat va daromadlarni bir xil boshlang’ich vaqtga keltirish hisob-kitoblariga diskontirlash deyiladi. Bunday hisob-kitoblar investisiya loyihalarini baholashda keng qo’llaniladi.
Investisiya - daromad olish uchun qo’yiladigan kapital mablag’.
Investisiyalash - bu kapitalni yaratish yoki kapital zahirasini to’ldirish jarayonidir. Investisiyalash deganda, yalpi va sof investisiyalash tushuniladi.
Yalpi investisiyalash - kapital zahirasining umumiy o’sishidir.
Qoplash - asosiy kapitalning ishdan chiqqan qismini almashtirish.

Download 161.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling