14-mavzu: mehnat bozori va korxonalarda mehnat resurslaridan foydalanish. Reja
Download 161.6 Kb.
|
14-mavzu mehnat bozori va korxonalarda mehnat resurslaridan foy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Investisiyani hisoblashdagi diskontirlangan qiymat.
- Investisiyaga talab.
- 1 7.1-rasm. Investisiyaga talab funksiyasi grafigi. Nominal foiz stavkasi
Sof investisiya - yalpi investisiyadan qoplash uchun sarflanadigan mablag’ni ajratgandan keyingi qolgan qismi.
Sof investisiya q Yalpi investisiya - Qoplash. Uzoq muddatli oraliqdagi investisiya. Asosiy kapitalga qo’yilgan investisiyalar asosan uzoq muddatli bo’ladi. Asosiy kapitalning xizmat qilish, ya’ni undan foydalanish muddati mavjud bo’lib, u chegaralangan bo’ladi. Asosiy kapital xizmat ko’rsatish muddati davomida firma uchun daromad keltiradi. Investisiyani hisoblashdagi diskontirlangan qiymat. Investisiya qo’yishdan maqsad, kelajakda olinadigan daromadlarni va qilinadigan xarajatlarni solishtirish orqali loyihaning qiymatini baholash mumkin bo’ladi. Investisiyani baholashda sof keltirilgan qiymat mezoni ishlatiladi. Bu mezonga ko’ra, agar olinadigan daromad investisiyaga sarflanadigan xarajatdan yuqori bo’lsa, investisiya amalga oshiriladi. Faraz qilaylik, investisiya hajmi boshlang’ich ishlab chiqarish yili uchun ga teng; - kutiladigan -yildagi daromadlar va xarajatlar. U holda sof keltirilgan qiymat quyidagiga teng: bu yerda - diskont normasi (xarajatlarni bir vaqtga keltirish normasi). Diskont normasi foiz stavkasi yoki boshqa bir stavka bo’lishi mumkin. - loyihani faoliyat ko’rsatish muddati. Investisiyaga talab. Sof keltirilgan qiymat mezoniga ko’ra, investisiya o’zini oqlaydi, agar bo’lsa. Bu yerda Demak, investisiyaga talab funksiyasi. Ushbu funksiyaning grafigi kamayuvchi bo’lib, investisiya "narxi" bilan, ya’ni foiz stavkasi bilan investisiyaga qilinadigan xarajatlar o’rtasidagi teskari aloqani ifodalaydi (17.1-rasm). 17.1-rasm. Investisiyaga talab funksiyasi grafigi. Nominal foiz stavkasi - bu joriy pul birliklarida ifodalangan jamg’armaga yoki ssudaga bo’lgan daromad normasi. Real foiz stavkasi - bu o’zgarmas (ya’ni, inflyasiya darajasiga ko’ra o’zgartirilgan) pul birliklarida ifodalangan jamg’arma yoki ssudaga bo’lgan daromad normasi. Faraz qilaylik, nominal, - real foiz stavkasi bo’lsin. - inflyasiya darajasi sur’ati, ya’ni bu yerda - joriy narx darajasi; - ma’lum vaqt o’tgandan keyingi (bir yildan keyingi) narx darajasi. Faraz qilaylik, qandaydir joriy qiymat berilgan bo’lib, u bir yildan keyin bo’lsin. U holda . Pulning sotib olish kuchini aniqlaymiz. Bu yerda hozirgi sotib olish kuchi; - kelajakda sotib olish kuchi. U holda Bundan real foiz stavkasi quyidagiga teng: ya’ni, yoki Inflyasiya darajasi (sur’ati) kichik bo’lganda real foiz stavkasi quyidagicha hisoblanishi mumkin: Umuman olganda, firmalarning talabi moddiy kapital ne’matga (uskuna, texnologik liniya) emas, balki vaqtincha bo’sh bo’lgan pul mablag’igadir. Ushbu pul mablag’ini moddiy kapitalga sarflab, ulardan foydalanish natijasida kelajakda oladigan foydaning bir qismini pul egasiga qaytarish kerak bo’ladi. Shuning uchun ham investisiyaga talab, bu pul jamg’armasiga bo’lgan talab, foiz to’lovi esa qarzga olingan pulning narxidir. Download 161.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling