14-Mavzu. Metallar korroziyasi. Ularning turlari. Reja


ELEKTROKIMYOVIY  KORROZIYA  VA  UNING  TURLARI


Download 152.35 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana05.01.2022
Hajmi152.35 Kb.
#222170
1   2   3   4   5
Bog'liq
14-Maruza. (2)

ELEKTROKIMYOVIY  KORROZIYA  VA  UNING  TURLARI.  Elektrkimyoviy 

korroziya metall va qotishmalardan yasalgan buyumlarga juda katta zarar keltiradi. 

 

Metallning elektrolit muhitida yemirilishida sistema ichida elektr oqimi vujudga kelsa, 



bunday yemirilish elektrkimyoviy korroziyalanish deyiladi. 

 

Bu  holda  kimyoviy  jarayonlar  (elektronlar  berish)  bilan  birga  elektr  jarayonlar 



(elektronlarning  bir  qismidan  boshqa  qismiga  o’tishi)  ham  sodir  bo’ladi.  Elektrkimyoviy 

korroziyalanishga misol tariqasida elektrolit xlorid kislota eritmasida (ya’ni vodorod ionlari H+ 

ning  kontsentratsiyasi  yuqori  bo’lganda)  misga  tegib  turgan  temirning  korroziyalanishini 

keltirish mumkin. Metallar bir - biriga bunday tegib turganda galvanik element vujudga keladi.  

II. 

1 - rasm. Galvanik juftning ta’sir sxemasi. 



II.1 - rasmda ko’rsatilganidek, aktivroq metall - temir (anod) elektronlarini mis atomlariga berib, 

oksidlanadi  va  Fe2+  ionlari  holida  eritmaga  o’tib,  muhitning  xlorid  ionlari  bilan  temir  (II)  - 

xlorid FeCl2 hosil qiladi. 

Vodorod ionlari esa misga (katodga) borib, elektronlarni  biriktirib  oladi va zaryadsizlanadi.  Bu 

reaktsiyalarni ionli ko’rinishda ushbu umumiy tenglama bilan ifodalash mumkin: 

Fe - 2e- = Fe2+ 

2H+ + 2e- = H2 

Fe+2H+=Fe2++H2 

yoki 

Fe + 2HCl = FeCl2 + H2 



 

Katodda vodorod ionlari (yoki  suv  molekulalari) zaryadsizlanishi o’rniga elektrolitda 

erigan kislorodning qaytarilish jarayoni sodir bo’lishi ham mumkin: 

O2  + 2H2O + 4e- = 4OH-, 

ya’ni  katod  sirtida  kislorod  molekulalari  elektronlarni  bog’laydi.  Bu  katodning  kislorodli 

qutbsizlanishi deyiladi. Bunda qanday jarayon sodir bo’lishi sharoitga bog’liq: kislotali muhitda 

vodorod ajralib chiqadi (katodning vodorodli qutbsizlanishi sodir bo’ladi): 

2Н+ + 2е- = Н2 

neytral  va  ishqoriy  muhitlarda  (po’latning,  temirning  korroziyalanishida)  katodning  kislorodli 

qutbsizlanish  sodir  bo’ladi  va  vodorod  ajralib  chiqmaydi.  Bu  holda  hosil  bo’lgan  gidroksid  - 

ionlar ON- eritmaga utgan Fe2+ ionlari bilan birikadi: 

Fe2+ + 2OH- = Fe (OH)2 

  Temir  (II)  -  gidroksid  suv  va  havo  kislorodi  ishtirokida  temir  (III)  -  gidroksidga 

aylanadi. 




 

4Fe  (OH)2  +  2H2O  +  O2  =  4Fe  (OH)3  Temir  (III)  -  gidroksidni  2Fe2O3-  6H2O 

tarzida ifodalash mumkin. Qo’ng’ir zangning tarkibi noaniq: Fe2O2 • nH2O. 

Elektrkimyoviy  korroziyani  asosan  boshqa  metallarning  va  metallmas  moddalarning 

qushimchalari  yoki  sirtni  bir  jinsli  emasligi  keltirib  chiqaradi.  Elektrkimyoviy  korroziya 

nazariyasiga  muvofiq,  bunday  hollarda  metall  elektrolitga  tekkanida  (elektrolit  havodan 

adsorbilangan  namlik  bo’lishi  mumkin)  uning  sirtida  galvanik  mikroelementlar  vujudga  keladi. 

Bunda  potentsiali  manfiyroq  bqlgan  metall  yemiriladi  -  uning  ionlari  eritmaga,  elektronlar  esa 

aktivligi kamroq bo’lgan metallarga o’tadi va bu metallda vodorod ionlari qaytariladi yoki suvda 

erigan kislorod qaytariladi. 

 

SHunday  qilib,  elektrkimyoviy  korroziyalanishda  (har  xil  metallar  bir  -  biriga  tegib 



to’rganida  ham,  bitta  metallning  sirtida  mikrogalvanik  elementlar  hosil  bo’lganida  ham) 

elektronlar oqimi aktivroq metalldan aktivligi kamroq metallga (o’tkazgichga) yo’nalgan bo’ladi 

va  aktivroq  metall  korroziyalanadi.  Galvanik  elementni  hosil  qilgan  metallar  standart  elektrod 

potentsiallar  qatoriga  bir  -  biridan  qancha  uzoq  joylashgan  bo’lsa,  korroziyalanish  tezligi 

shuncha katta bo’ladi. 

 

Korroziyalanish  tezligiga  elektrolit  eritmasining  hususiyati  (muhiti)ham  ta’sir  qiladi. 



Uning kislotaliligi  qancha  yuqori (ya’ni  rNi  kichik) va tarkibida oksidlovchilar miqdori qancha 

ko’p  bo’lsa,  korroziya  shuncha  tez  ketadi.  Korroziyalanish  harorati  ko’tarilganda  ham  ancha 

kuchayadi. 

Ba’zi  metallarga  havo  kislorodi  tekkanida  yoki  agressiv  muhitda  passiv  holatga  o’tadi,  bunda 

korroziyalanish  keskin  kamayadi.  Masalan,  kontsentrlangan  nitrat  kislota  temirni  osonlik  bilan 

passiv  holatga  o’tkazadi  va  u  amalda  kontsentrlangan  nitrat  kislota  bilan  reaktsiyaga 

kirishmaydi.  Bunday hollarda metall sirtida zich himoya oksid pardasi  hosil bo’ladi, u metallni 

muhitga tegizmay kuyadi. 

 

Himoya  pardasi  alyuminiy  sirtida  doimo  bo’ladi.  Bunday  pardalar  quruq  havoda  Be, 



Cr, Ta, Ni, Cu va boshqa metallar sirtida ham hosil bo’ladi. Metallarning passiv holatiga o’tishi 

ko’pincha  uning  sirtida  kislorod  atomlarining  xemosorbilangan  qatlami  hosil  bo’lishi  bilan 

tushuntiriladi. Bunda kislorod atomlari metallning barcha sirtini yoki uning bir qismini qoplashi 

mumkin.  Zanglamaydigan po’lat va qotishmalarning korroziya bardoshligi  -  passivlanishi bilan 

tushuntiriladi. 


Download 152.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling