14-Mavzu. Metallar korroziyasi. Ularning turlari. Reja


Download 152.35 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana05.01.2022
Hajmi152.35 Kb.
#222170
  1   2   3   4   5
Bog'liq
14-Maruza. (2)



14-Mavzu. Metallar korroziyasi.Ularning turlari. 

                                            Reja: 

1. Korroziyani asosiy turlari. Kimyoviy korroziya va uning turlari.  

2.    Elektrokimyoviy  korroziya  va  uning  turlari,adashgan  toklar  ta’sirida    boradigan 

korroziya.  

3.   Korroziyadan muhitni xossasini o’zgartirish. Korroziya ingibitorlari.                

 

Tayanch  iboralar  va  tushunchalar:  Kimyoviy  korroziya,  elektrkimyoviy 

korroziya, metallarning himoya pardasi, protektor, elektr himoya, korroziyani sekinlashtiruvchi 

moddalar. 

 

 



 

KORROZIYANING ASOSIY TURLARI. 

 

Metallar  korroziyaga  uchraydi.  Metallar  korroziyasi  ham  oksidlanish  -  qaytarilish 



jarayonidir.  Korroziyalanish  deganda  metallarning  tevarak  atrofdagi  muhit  ta’sirida  yemirilishi 

tushuniladi.  Bu  o’z  -  o’zidan  boradigan  oksidlanish  qaytarilish  jarayonidir.  Tabiatda  ko’p 

kuzatiladigan  temir  buyumlarning  korroziyasi  odatda  havo  kislorodi  yoki  kimyoviy  jihatdan 

temir  bilan  oson  reaktsiyaga  kirishadigan  (  ya’ni  aktiv  metallmaslar,  kislotalar  va  boshqalar) 

moddalar va havo nami ishtirokida yuzaga keladi: 

Oksidlanish jarayoni  Fe  (к) ® Fe 2 + + 2e  -, E0 = - 0,44 B Qaytarilish jarayoni 0,50 2 (2) + 

Н2О (с) -2е- 2НО -, Е0 = 0,80 В Metall yuza qatlamida Fe (OH)2 hosil bo’ladi, lekin u oson 

H2O va kislorod ishtirokida oksidlanib: 

4Fe (OH)2 + 2H2O + O2 ® 4 Fe (OH)3 hosil qiladi, u esa oson degidratlanadi: 

Fe (OH)3 ® FeO (OH)2 + H2O 

 

Hosil  bo’lgan  oksidlangan  qatlamni  temirning  ichki  korroziyaga  hali  uchramagan 



qatlami  bilan  yopishqoqligi  juda  yomon  bo’ladi.  Temir  zangining  bu  xususiyati  tufayli,  ichki 

qatlamlar  korroziyasi  davom  etaveradi.  Rux,  alyuminiy,  xrom,  nikel  va  boshqa  metallarning 

oksid  qavatlari  metall  yuzasi  bilan  yopishqoqligi  mustahkam  bo’lishi  shu  metallarning  ichki 

qatlamlarini  homiya  qiladi.Yemirilishning  sodir  bo’lish  mexanizmiga  ko’ra  korroziya  ikki  xil  - 

kimyoviy va elektrkimyoviy bo’ladi. 

 


Download 152.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling