14-Mavzu. Metallar korroziyasi. Ularning turlari. Reja


Protektor  va  elektor  himoya


Download 152.35 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana05.01.2022
Hajmi152.35 Kb.
#222170
1   2   3   4   5
Bog'liq
14-Maruza. (2)

 

Protektor  va  elektor  himoya.  Protektor  himoya  elektrolit  muhitida  (dengiz  suvi, 

yerosti  suvlari,  tuproq  suvlari  va  h)  bo’ladigan  konstruktsiya  (er  osti  quvuri,  kema  korpusi) 

muhofaza  qilinadigan  hollarda  qo’llaniladi.  Bunday  himoyaning  mohiyati  shundan  iboratki, 

konstruktsiya  protektor  -  muhofaza  qilinadigan  konstruktsiya  metalliga  qaraganda  aktivrok 

metallga  ulanadi.  Po’lat  buyumlarni  muhofaza  qilishda  protektor  sifatida  odatda  magniy, 

alyuminiy,  rux  va  ularning  qotishmalaridan  foydalaniladi.  Korroziyalanish  jarayonida  protektor 

anod bo’lib hizmat qiladi va yemiriladi, bu bilan konstruktsiyani yemirilishidan saqlab qoladi. 

 

Protektorlar yemirilgan sari ularni yangisi bilan almashtirib boriladi. 



Elektr  himoya  ham  shu  printsipga  asoslangan.  Elektrolit  muhitida  turgan  konstruktsiya  bunda 

ham boshqa metallga (odatda temir bo’lagi, rels va shunga o’xshash), lekin tashqi elektr manbay 

orqali  ulanadi.  Bunda  himoyalanadigan  konstruktsiya  katodga,  metall  -  elektr  manbaining 

anodiga  ulanadi.  Elektr  manbay  anoddan  elektronlarni  oladi,  anod  (muhofaza  qiluvchi  metall) 

yemiriladi,  katodda  esa  oksidlovchining  qaytarilishi  sodir  bo’ladi.  Muhit  tarkibini  o’zgartirish. 

Metall  buyumlarning  korroziyalanishini  sekinlashtirish  uchun  elektrolitga  korroziyani 

sekinlatuvchi  moddalar  yoki  ingibitorlar  deyiladigan  moddalar  (ko’pincha  organik)  qushiladi. 

Ular metallni kislota yemirilishidan saqlash zarur bo’lgan hollarda qo’llaniladi. 

 

Keyinga  yillarda uchuvchan ingibitorlar (boshqacha aytganda atmosfera ingibitorlari) 



ishlab  chiqildi.  Ular  qog’ozga  shimdiriladi  va  metall  buyumlar  shu  qog’oz  bilan  o’raladi. 

Ingibitorlarning  bug’i  metall  sirtiga  adsorbilanadi  va  unda  himoya  pardasini  hosil  qiladi. 

Ingibitorlar  bug’  qozonlarini  kuykadan  kimyoviy  tozalashda,  ishlov  berilgan  buyumlar  sirtidan 

kuyindini  yo’qotishda,  shuningdek,  xlorid  kislotani  po’lat  idishda  saqlash  va  tashishda  ko’p 

ishlatiladi.  Anorganik  ingibitorlar  qatoriga  nitritlar,  xromatlar,  fosfatlar,  silikatlar  kiradi. 

Ingibitorlarning ta’sir etish mexanizmi kupchilik kimyogarlarning tadkikot mavzuidir. 

.

 

NAZORAT SAVOLLARI 



1. 

Korroziya nima va u qanday amalga oshadi? 

2. 

Korroziyaning qanday turlari madum? Ularga misollar keltiring. 



3. 

Korroziyaning oksidlanish - qaytarilish jarayoni sifatida tushuntiring. 

4. 

Qanday korroziyaga kimyoviy korroziya deyiladi? Unga misollar keltiring. 



5. 

Gazdan korroziyalanish qanday sodir bo’ladi? Uning sodir bo’lish mexanizmini tushuntiring. 

6. 

Noelektrolitlar ta’sirida korroziya qanday sodir bo’ladi? Unga misol keltirib tushuntiring. 



7. 

Elektrkimyoviy korroziya qanday sodir bo’ladi? Unga misollar keltiring. 

8. 

Korroziyadan himoyalanishning qanday usullari madum? Ularni nomlab bering. 




9. 

Metallarning ximoya sirt qoplamlari qanday amalga oshiriladi? 



10.Protektor va elektr qimoya qanday amalga oshiriladi? 

 

Download 152.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling