14-Mavzu. Metallar korroziyasi. Ularning turlari. Reja
KIMYOVIY KORROZIYA VA UNING TURLARI
Download 152.35 Kb. Pdf ko'rish
|
14-Maruza. (2)
KIMYOVIY KORROZIYA VA UNING TURLARI. Metallning tevarak atrofdagi
muhitda oksidlanib yemirilishida sistemada elektr oqimi paydo bo’lmasa, bunday yemirilish kimyoviy korroziyalanish deyiladi. Bu holda metall muhitning tarkibiy qismlari - gazlar va noelektrolitlar bilan reaktsiyaga kirishadi. Kimyoviy korroziyalanishning gazdan korroziyalanish deyiladigan turi, ya’ni metallarning havo kislorodi bilan birikishi katta zarar keltiradi. Harorat ko’tarilganda ko’pchilik metallarning oksidlanish tezligi juda ortib ketadi. Masalan, temir 250 - 3000 C dayoq oksidlarning ko’rinadigan pardasi hosil bo’ladi. 6000 C va undan yuqorida metallarning sirti temirning turli xil oksidlari: FeO, Fe3O4, Fe2O3 dan iborat kuyindi qatlami bilan qoplanadi. Quyidagi temirni keyingi oksidlanishdan muhofaza qila olmaydi, chunki unda darz ketgan joylar va g’ovaklar
bo’lib, ular metallarga kislorodning o’tishini osonlashtiradi. Shuning uchun temir 8000S dan yuqorida qizdirilganda uning oksidlanish tezligi juda ortib ketadi. Noelektrolitlardagi kimyoviy korroziyalanishga ichki yonuv dvigatellari tsilindrlarining yemirilishi misol bo’la oladi. Yoqilg’ida qo’shimchalar - oltingugurt va uning birikmalari bo’ladi, ular yonganida oltingugurt (IV) - va (VI) - oksidlarga - korroziyaviy - aktiv moddalarga aylanadi. Ular reaktiv dvigatellarning detallarini - sopol va boshqalarni yemiradi.
Download 152.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling