14-Mavzu. Metallar korroziyasi. Ularning turlari. Reja
KORROZIYADAN HIMOYALANISH USULLARI
Download 152.35 Kb. Pdf ko'rish
|
14-Maruza. (2)
KORROZIYADAN HIMOYALANISH USULLARI.
Metallarning korroziyalanishi uzluksiz davom etadi va katta zarara yetkazadi. Temirning korroziyalanishi tufayli bevosita isroflari yiliga suyuqlantirib olinadigan temirning 10% ga yakinini tashkil etishi hisoblab chiqilgan. Korroziyalanish natijasida metall buyumlar o’zining qimmatli texnikaviy xossalarini yo’qotadi.
Shuning uchun metall va qotishmalarni korroziyalanishdan muhofaza qilish usullari katta ahamiyatga ega. Ular nihoyatda turli tumandir. Ularning ba’zilari quyidagalardir.
Metallarning himoya sirti qoplamalari. Ular metalldan (rux, qalay, xrom va boshqa metallar bilan qoplash) va metallmasdan (lak, buyoq, emal va boshqa moddalar bilan qoplash) qilinishi mumkin. Bu qoplamalar metallni tashqi muhitdan ajratib turadi. Masalan, tomga yopiladigan tunuka rux bilan qoplanadi: ruxlangan tunukadan turmushda va sanoatda ishlatiladigan ko’pgina bo’yumlar tayyorlanadi.
Rux qatlami temirni korroziyalashdan saqlaydi, rux temirga qaraganda ana aktiv metall bo’lsa ham, u oksid parda bilan qoplangandir. Himoya qatlam buzilganda (tirnalganda, tom teshilganda va h) namlik ishtirokida galvanik juft Zn/ Fe vujudga keladi. Unda temir katod (musbat qutb), rux - anod (manfiy qutb) bo’ladi. Elektronlar ruxdan temirga o’tadi va kislorod molekulalari bilan bog’lanadi (kislorodli qutbsizlanish), rux esa eriydi; rux qatlamining hammasi yemirilib bo’lguncha temir himoyalanganicha qoladi, bu esa ancha uzoq vaqtda sodir bo’ladi.
Temir bo’yumlar sirtini nikel, xrom bilan qoplash korroziyalanishdan muhofa qilishdan tashqari buyumlarning tashqi ko’rinishini chiroyli qiladi. Antikorrozion xossalarga ega bo’lgan qotishmalar yaratish. Po’lat tarkibiga 12% gacha xrom kiritish yo’li bilan korroziyaga chidamli zanglamaydigan po’lat olinadi. Nikel, kobalt va mis qushish po’latning antikorrozion xossalarini kuchaytiradi, chunki qotishmaning passivlanishga moyilligi ko’payadi. Antikorrozion xossali qotishmalar yaratish - korroziya tufayli bo’ladigan isroflarga qarshi kurashning muhim yo’nalishlaridan biridir. Download 152.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling